{"id":111842,"date":"2023-10-20T15:22:56","date_gmt":"2023-10-20T12:22:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111842"},"modified":"2023-10-20T15:22:59","modified_gmt":"2023-10-20T12:22:59","slug":"qurolli-kuchlar-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qurolli-kuchlar-2\/","title":{"rendered":"Qurolli kuchlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Qurolli kuchlar &#8212; harbiy harakatlar (hujum yoki mudofaa) olib borish hamda davlat xavfsizligini ta&#8217;minlash maqsadida davlat tomonidan ta&#8217;minlanuvchi qurollangan kishilarning uyushgan birlashmasi; siyosiy hokimiyatning muhim tarmog&#8217;i. Qurolli kuchlarning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga ajralishi va davlat paydo bo&#8217;lishi bilan bog&#8217;liq. Quldorlik davlatlarining qo&#8217;shinlari, asosan, harbiy yo&#8217;lboshchilar yoki shohlarning drujinalaridan, erkin xalq lashkarlaridan iborat bo&#8217;lgan. Misr, Yunoniston, Rim va boshqa davlatlarda harbiy-dengiz floti tuzilgan. Mulkchilik munosabatlari rivojlana borgan sari vassalliklar lashkarlari Qurolli kuchlarning asosini tashkil etgan. Har bir mulkdor mohir jangchi bo&#8217;lib, o&#8217;z qurolli otryadiga ega bo&#8217;lgan. G&#8217;arbiy Yevropada piyoda askarlar ahamiyatini yo&#8217;qotib, og&#8217;ir qurollangan otliq risarlar asosiy kuchga aylangan. Sharqda arablar, turklar, mo&#8217;g&#8217;ullar va boshqalarning davlatlarida Qurolli kuchlar, asosan, og&#8217;ir va yengil qurollangan otliq askarlardan iborat bo&#8217;lgan. 18-asr oxirida Yevropa davlatlari (Frantsiya va boshqalar)da umumiy harbiy xizmat majburiyati joriy etildi. 19-asr oxirlariga kelib rivojlangan davlatlar Qurolli kuchlari soni keskin ko&#8217;paydi. 20-asr boshlarida yangi jangovar texnika paydo bo&#8217;ldi, transportning rivojlanishi kadr printsipi asosida tuzilgan armiya va harbiy-dengiz floti yaratilishiga olib keldi. Keyinchalik qurollanish poygasi avj oldi va yirik davlatlar qurolli kuchlari jadal ko&#8217;paya boshladi. Fan va texnikaning eng yangi yutuqlaridan harbiy maqsadlarda foydalanish keng yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. Yangicha qo&#8217;shin turlari vujudga keldi. Ikkinchi jahon urushi davrida Qurolli kuchlar ham miqdor, ham sifat jihatdan o&#8217;sdi. Qo&#8217;shinlar mexanizatsiyalashtirildi va motorlashtirildi, artilleriya va tanklar soni ortdi, reaktiv artilleriya va ballistik hamda qanotli raketalarning dastlabki namunalari paydo bo&#8217;ldi. Harbiy-havo kuchlari va harbiy-dengiz floti rivojlandi. Operativ birlashmalar (quruqlikdagi qo&#8217;shinlarda \u2014 front yoki armiyalar guruhi, harbiy-dengiz flotida \u2014 flot) vujudga keldi. 1945 yil AQShda, 1949 yil sobiq SSSRda, keyinroq Buyuk Britaniya, Frantsiya va Xitoyda atom quroli paydo bo&#8217;ldi. Qurolli kuchlar turlariga quyidagilar kiradi: quruqlikdagi qo&#8217;shinlar, strategik maqsaddagi raketa qo&#8217;shinlari, mamlakatni havo hujumidan mudofaa qilish qo&#8217;shinlari, harbiy-havo kuchlari, harbiy-dengiz floti. Qurolli kuchlar turlari bo&#8217;linma, qism, qo&#8217;shilma, shuningdek, birlashma (asosan, urush davrida)larga uyushgan qo&#8217;shin turlari va maxsus qo&#8217;shinlardan tashkil topadi. Qurolli kuchlarda yagona tashkiliy tizim, shaxsiy tarkibni o&#8217;qitish va tarbiyalashning, komandir kadrlarni tayyorlashning, xizmatni o&#8217;tashning umumiy tartibi mavjud. Taraqqiy etgan davlatlarning zamonaviy Qurolli kuchlari eng yangi Jangovar texnika, shuningdek, raketa-yadro quroli bilan ta&#8217;minlangan bo&#8217;lib, yuksak tayyorgarlikka, keng jangovar imkoniyatlarga ega.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qurolli kuchlar &#8212; harbiy harakatlar (hujum yoki mudofaa) olib borish hamda davlat xavfsizligini ta&#8217;minlash maqsadida davlat tomonidan ta&#8217;minlanuvchi qurollangan kishilarning uyushgan birlashmasi; siyosiy hokimiyatning muhim tarmog&#8217;i. Qurolli kuchlarning vujudga kelishi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qurolli-kuchlar-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-111842","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111842","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111842"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111842\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111850,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111842\/revisions\/111850"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111842"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111842"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111842"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}