{"id":111864,"date":"2023-10-21T10:33:57","date_gmt":"2023-10-21T07:33:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111864"},"modified":"2023-10-21T10:34:00","modified_gmt":"2023-10-21T07:34:00","slug":"quva","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/quva\/","title":{"rendered":"Quva"},"content":{"rendered":"\n<p>Quva \u2014 Farg&#8217;ona viloyati Quva tumanidagi shahar (1974 yildan), tuman markazi. Farg&#8217;ona shahridan 40 kilometr shimoli-Sharqda. Yaqin temir yo\u2019l stantsiyasi Quva (4 kilometr). Aholisi 40 ming kishi (2005). Quva \u2014 Farg&#8217;ona vodiysidagi eng qadimgi shaharlardan biri. Shaharning vujudga kelishi va nomi xaqida turli rivoyatlar mavjud. &#171;Farg&#8217;ona tarixi&#187;ning muallifi Ibratning yozishicha, Quva Qubod (yoki Qubo) deb atalib, keyinchalik &#171;Quva&#187; shaklini olgan. Quva va Davan davlati to&#8217;grisida dastlabki ma&#8217;lumotlar miloddan avvalgi 2-asrga mansub Xitoy manbalarida keltirilgan. O&#8217;sha davrda Quva kengayib qo&#8217;handiz, Shahriston va rabod kabi uch qismdan iborat bo&#8217;lgan. Shahar tevaragi ikki qator qalin va baland mudofaa devori bilan o&#8217;ralgan. Rabodda baland (3,6 metr) yaxlit tagkursi ustida budda ibodatxonasi qad ko&#8217;targan. Ibodatxona 8-asr boshlarida arablar tomonidan vayron qilingan. 9-12-asrlarda Quva Farg&#8217;onaning yirik, ko&#8217;rkam va obod shahriga aylangan. Istaxriyning ta&#8217;kidlashicha, Quva kattaligi jihatidan Farg&#8217;onada Axsikatdan keyin ikkinchi shahar hisoblangan. Ibn Havqalning yozishicha, Quva Sayxun (Sirdaryo)gacha yetib boradigan nahr sohilida qad ko&#8217;targan. Uning markazida Registon maydoni, ko&#8217;handizda jome masjidi, rabodida esa saroy, qamoqxona va bozorlari joylashgan. Quva mo&#8217;g&#8217;ullar istilosi oqibatida vayron etilib, 14-16-asrlarda qasaba shaklidagi maskanga aylangan. Yoqut Hamaviy Quvani katta shahar deb ataydi. Shahar Mahmud Qoshg&#8217;ariyning &#171;Devonu lug&#8217;otit turk&#187; asariga ilova qilingan xaritasida ko&#8217;rsatilgan. Quvada hunarmandchilik rivojlangan. Temirchilik va shishasozlik yuksak darajaga yetgan, shaharning o&#8217;z tangasi zarb qilingan. &#171;Boburnoma&#187;da Quva Andijondan 4 og&#8217;och (farsax) narida joylashgan qishloq deb aytiladi. Tarixchi A.Muhammadjonovning fikricha, shahar nomi &#171;Qaviybod&#187;, &#171;qavobod&#187; yoki &#171;Qaybod&#187; shakllarida talaffuz etilgan va qaviylarning qarorgohi, tojdor hukmdorning Kayoniy taxti o&#8217;rnatilgan qasr va mamlakatning bosh shahri \u2014 poytaxt ma&#8217;nosini anglatgan. Keyinchalik o&#8217;zgarib Quva shaklini olgan. Quvada 1956-60 yillarda Ya.G&#8217;ulomov boshchiligida (V.D.Jukov, I.Ahrorov, V.A.Bulatova, A.Muhammadjonov, H.Muhamedov, M.Aminjonova) arxeologik qazishma ishlari olib borildi. Arxeologik ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra, o&#8217;rta asrlarda Quvaning umumiy maydoni 100-120 gektarni tashkil etgan. Shundan Shahriston 12 gektar va uning shimoliy-Sharqiy burchagidagi arki a&#8217;lo 1 ga maydonni egallagan (Shahriston va Ark qoldiqlari hozirgacha saqtangan). 1998 yil Ahmad Al- Farg&#8217;oniyning 1200 yillik yubileyiga tayyorgarlik ko&#8217;rish vaqtida Quvada arxeologik qazishmalar olib borildi. Buning natijasida shahristonning Janubiy mudofaa devori ostidan 8 metrdan ziyod chuqurlikdan miloddan avvalgi 2\u2014 1-asrlarga oid moddiy madaniyat buyumlari topildi. 1998 yildagi qazishma ishlari natijasida shaharning uch darvozasi o&#8217;rni aniqlandi, shahar xarobasi hududidan turar joy binolari majmuasi va uning shimolda 7-8-asrlarga oid budda ibodatxonasi hamda u yerdagi budda ilohlari haykallari topildi. Quvadan bir qancha mashhur kishilar. xususan, Ahmad al-Farg&#8217;oniy, Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad al-Quboviy. Rukniddin Quboviy, Muhammad ibn Muhammad al-Quboviy, Abduqa-yum Vaxmiy, Shokirxon Hakimiy va boshqalar yetishib chiqqan. Shaharda paxta tozalash, g&#8217;isht zavodlari, mebel, tikuvchplik, qandolatchilik fabrikalari. don mahsulotlari kombinati. Aholiga maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari, qurilish tashkilotlari, yo&#8217;llarni ta&#8217;mirlash tashkiloti, ta&#8217;mirlash- qurilish boshqarmasi, &#171;Issiqnon&#187;, to&#8217;qimachilik korxonalari. dehqon bozori. savdo markazi, anor sharbati ishlab chiqaruvchi tsex. Avtokorxona bor. O&#8217;zbekiston \u2014 Turkiya &#171;Ahror&#187; qushma korxonasi faoliyat ko&#8217;rsatadi. 5 umumiy ta&#8217;lim, bolalar musiqa maktablari, litsey. klub muassasalari. Tuman markaziy, bolalar kutubxonalari, madaniyat va istirohat bog&#8217;i, baynalminal jangchilar, 2-jahon urushi qatnashchilari xiyobonlari, Ahmad al-Farg&#8217;oniy yodgorlik majmui, o&#8217;lkashunoslik muzeyi, stadion mavjud. Tuman Markaziy kasalxonasi, shahar kasalxonasi, tish davolash poliklinikasi, maxsus dispanser, &#171;ona va bola&#187; reabilitasiya markazi, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi. Quvadan Farg&#8217;ona, Qo&#8217;qon, Marg&#8217;ilon, Andijon, Asaka, Shahrixon, O&#8217;sh, Aravon va boshqa shaharlarga avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. Ad.: Abduxoliq Abdurasul o&#8217;gli, Qadimgi Farg&#8217;ona tarixidan [Xitoy manbalarida Farg&#8217;ona haqida ilk ma&#8217;lumotlar]. T., 2002.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Quva \u2014 Farg&#8217;ona viloyati Quva tumanidagi shahar (1974 yildan), tuman markazi. Farg&#8217;ona shahridan 40 kilometr shimoli-Sharqda. Yaqin temir yo\u2019l stantsiyasi Quva (4 kilometr). Aholisi 40 ming kishi (2005). Quva \u2014 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/quva\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-111864","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111864","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111864"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111864\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111865,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111864\/revisions\/111865"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111864"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111864"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111864"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}