{"id":111878,"date":"2023-10-21T11:17:42","date_gmt":"2023-10-21T08:17:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111878"},"modified":"2023-10-21T11:17:45","modified_gmt":"2023-10-21T08:17:45","slug":"quyosh-4","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/quyosh-4\/","title":{"rendered":"Quyosh"},"content":{"rendered":"\n<p>Quyosh &#8212; Yer bog&#8217;liqligi &#8212; Quyosh faolligining erdagi jarayonlarga ta&#8217;siri. Quyosh tarqatayotgan energiya (3,9-10<sup>38<\/sup> erg\/sek)ning atigi 5-10<sup>-10<\/sup> qismi yerga yetib keladi va u yerdagi deyarli barcha jarayonlarning energiya manbai hisoblanadi. Quyoshning rentgen, ultrabinafsha to&#8217;lqinlarda nurlanishi yer ionosferasini vujudga keltiradi, korpuskulyar (zarra) nurlanishi, ya&#8217;ni Quyosh shamoli Yer magnitosferasi dinamikasini belgilaydi. Quyoshning umumiy nurlanishi o&#8217;zgarishlari 1% dan oshmaydi. Bu esa Yerning issiqlik muvozanati turg&#8217;unligini ta&#8217;minlaydi. Lekin yerdagi barcha hodisalarga Quyoshdan doimiy keladigan energiyadan tashqari, Quyosh faolligi bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan elektro-magnit va korpuskulyar o&#8217;zgarishlar ham ta&#8217;sir etadi. Bu o&#8217;zgarishlar, asosan, rentgen, ultrabinafsha va radioto&#8217;lqinlarda kuzatilib, Quyosh faolligining 11 yillik davri va Quyoshning o&#8217;z o&#8217;qi atrofida aylanish davri bo&#8217;lgan 27 kunlik davriyliklarda seziladi. Quyosh chaqnashlari vaqtida sokin quyosh nurlanishiga nisbatan rentgen to&#8217;lqinlarda nurlanishi 100 marta, ultrabinafsha to&#8217;lqinlarda 50% dan kuchliroq bo&#8217;ladi, radioto&#8217;lqinlarda nurlanishi esa turli chayqalishlardan iborat. Quyosh chaqnashlari Quyosh kosmik nurlari manbai bo&#8217;lib, unda chiqarib tashlangan zarralar oqimlari quyosh shamolida uzilishlar va zarba to&#8217;lqinlarini vujudga keltiradi. Quyosh chaqnashlarining rentgen, ultrabinafsha to&#8217;lqinlarda nurlanish va kosmik nurlari yerga 8-30 minuyda yetib keladi va ionosferani qo&#8217;shimcha ionlashtiradi, natijada yer atmosferasida radioto&#8217;lqinlarining tarqalish sharoiti o&#8217;zgaradi. Masalan, shu paytlarda radioto&#8217;lqinlarning yutilishi yuz beradi, quyosh chaqnashlari chiqarib tashlangan zarralar oqimi yerga 1-2 kunda yetib kelib, magnit bo&#8217;ronlari va qutb yog&#8217;dulari hosil qiladi. Quyosh faolligi yer atmosferasining pastki qatlamlari (ob-havo va iqlim) va biosferaga bevosita emas, balki juda murakkab yo&#8217;llar orqali ta&#8217;sir qiladi, chunki quyosh elektromagnit va korpuskulyar nurlanishida u bilan bog&#8217;langan chekinishlar yer atmosferasining yuqori qatlamlarida yutilib, pastki qatlamgacha to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri yetib kelmaydi. Keyingi ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra, yer atmosferasining yuqori va pastki qatlamlaridagi sharoit bir-biriga bog&#8217;liq bo&#8217;lib, Quyosh faolligining troposferaga ta&#8217;siri to&#8217;g&#8217;risida tegishli ma&#8217;lumotlar olinyapti. Masalan, qutblari atroflarida troposfera holatining Quyosh faolligi bilan bog&#8217;liqligi isbotlangan. Quyosh faolligining biosferaga ta&#8217;sirini geliobiologiya fani, fizik jarayonlarga ta&#8217;sirini esa geliogeofizika fani o&#8217;rganadi. Shuningdek, daraxtlardagi yillik halqalarning ortishi, qon (yig&#8217;ilishi, leykoiitlar soni va boshqalarlar) xususiyatlari, yurak-qon tomirlari kasalliklari va ularning oqibatlari quyosh aktivligiga bog&#8217;liqligi aniqlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Quyosh &#8212; Yer bog&#8217;liqligi &#8212; Quyosh faolligining erdagi jarayonlarga ta&#8217;siri. Quyosh tarqatayotgan energiya (3,9-1038 erg\/sek)ning atigi 5-10-10 qismi yerga yetib keladi va u yerdagi deyarli barcha jarayonlarning energiya manbai hisoblanadi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/quyosh-4\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-111878","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111878","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111878"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111878\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111883,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111878\/revisions\/111883"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111878"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111878"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111878"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}