{"id":111887,"date":"2023-10-21T11:19:19","date_gmt":"2023-10-21T08:19:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111887"},"modified":"2023-10-21T11:19:22","modified_gmt":"2023-10-21T08:19:22","slug":"qurilish-mashinalari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qurilish-mashinalari\/","title":{"rendered":"Qurilish mashinalari"},"content":{"rendered":"\n<p>Qurilish mashinalari &#8212; qurilish va ta&#8217;mirlash ishlarini bajarish uchun mo&#8217;ljallangan mexanizatsiya vositalari. Quriladigan bino va inshootlar o&#8217;rnini tayyorlash, yer tekislash va qazish ishlarini bajarish, yo&#8217;l qurilishi, yig&#8217;ma konstruktsiyalarni montaj qilish, burg&#8217;ilash, ustun-qoziq qoqish, armaturalar tayyorlash va ularni payvandlash, beton qorishmasini quyish, tom yopish, pardozlash va boshqa ishlarni bajarish uchun mo&#8217;ljallangan texnologik guruhlarga bo&#8217;linadi. Bino va inshootlar o&#8217;rnini tayyorlash ishlari (gruntni yumshatish, qurilish maydonchasini butalar, daraxtlar, toshlardan tozalash) almashinadigan ish jihozlari o&#8217;rnatilgan zanjirli traktorlar negizidagi mashinalar bilan; yer tekislash va qazish ishlari bir va ko&#8217;p cho&#8217;michli ekskavatorlar, zovur qazigichlar, buldozerlar, skreperlar, avtogreyderlar, bir cho&#8217;michli yuklagichlar va boshqalar bilan; yo&#8217;l qurilishi ishlari yer qazish mashinalari, maxsus yo&#8217;l qurilishi mashinalari bilan; temir yo&#8217;l qurilishidagi ishlar relsshpal yotqizish, ballast yoyish, izlarni to&#8217;g&#8217;rilash mashinalari bilan bajariladi. Qoya gruntlari tayyorlashdagi burg&#8217;ilash, ruda bo&#8217;lmagan qurilish ashyolarini qazib olish, ustun- qoziq o&#8217;rnatish uchun quduq qazish va boshqa ishlar turli burg&#8217;ilash mashinalari yordamida qilinadi. Zamin tayyorlash ishlari ustun-qoziq qoqish jihozlari, dizel-bolg&#8217;a, bug&#8217;-havo bolg&#8217;alari, vibrobotirgich bilan bajariladi. Beton va temir-beton ishlari domkratlar, armatura-payvandlash qurilmalari, beton qorgichlar, Avto-betontashigichlar, avtobetonnasoslar, zichlagich (vibrator)lar, beton yotqizgichlar; tom qoplama yopish ishlari tom yopish mashinalari, mastika tashish va uzatish mashinalari; pardozlash ishlari qorishma qorgich, qorishma uzatish nasosi, suvash-silliqlash, koshinlash-silliqlash, parketlash-silliqlash mashinalari, mexanizatsiyalashgan ko&#8217;chma bo&#8217;yoqchilik stansiyalari, shpaklyovka qurilmalari bilan qilinadi. Qurilishda yuk ko&#8217;tarish kranlari, ko&#8217;tarish-tashish, ortish-tushirish mashinalari, uzluksiz tashish va boshqa mashinalardan ham foydalaniladi. Qurilish mashinalaridan foydalanish ishlarini kompyuterlashgan robotlar yordamida boshqarish asta-sekin rasm bo&#8217;lmoqda. Ad.: Bozorboev N., Xushnazarov B., Qurilish mashinalari, T., 2001.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qurilish mashinalari &#8212; qurilish va ta&#8217;mirlash ishlarini bajarish uchun mo&#8217;ljallangan mexanizatsiya vositalari. Quriladigan bino va inshootlar o&#8217;rnini tayyorlash, yer tekislash va qazish ishlarini bajarish, yo&#8217;l qurilishi, yig&#8217;ma konstruktsiyalarni montaj qilish, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qurilish-mashinalari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-111887","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111887","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111887"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111887\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111893,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111887\/revisions\/111893"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111887"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111887"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111887"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}