{"id":111944,"date":"2023-10-25T14:13:43","date_gmt":"2023-10-25T11:13:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111944"},"modified":"2023-10-25T14:13:47","modified_gmt":"2023-10-25T11:13:47","slug":"qandalalar-asl-yarim-qattiqqanotlilar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qandalalar-asl-yarim-qattiqqanotlilar\/","title":{"rendered":"Qandalalar, asl yarim qattiqqanotlilar"},"content":{"rendered":"\n<p>Qandalalar, asl yarim qattiqqanotlilar \u2014 chala o&#8217;zgarish (metamorfoz) bilan rivojlanadigan hasharotlar turkumi. 40 mingga yaqin turi ma&#8217;lum; quruqlikda, shuningdek, tropik va subtropiklardagi suv havzalarida yashaydi. Tanasining uzunligi 1 millimetrdan 12 santimetrgacha. Boshining ikki yonida murakkab (ba&#8217;zan tepa qismida yana oddiy) ko&#8217;zlari bor; 4, kamdan-kam 3-5 bo&#8217;g&#8217;imli mo&#8217;ylovi ipsimon, to&#8217;g&#8217;nog&#8217;ichsimon yoki dumaloq. Sanchib-so&#8217;ruvchi og&#8217;iz apparati bo&#8217;g&#8217;imli xartumcha ko&#8217;rinishida. Qanotlari 2 juft. Old qanotlarining uchi pardasymon, tiniq, qolgan qismi kuchli xitiilashgan. Orqa qanotlari pardasimon, tiniq. 3 juft oyoqlari yurish, yugurish, shuningdek, hayot tarziga bog&#8217;liq holda kavlash, suvda suzish, tutib olish va boshqalarga moslashgan. Ko&#8217;pchilik Qandalalarning orqa ko&#8217;kragining ikki yoni bilan 2 va 3-juft oyoqlarining toslari oralig&#8217;iga hid chiqaruvchi bez teshiklari ochilgan. Tuxumi, asosan, bochkasimon, noksimon, tuxumsimon bo&#8217;lib, uchki qismida qopqog&#8217;i bor. Lichinkasining tashqi ko&#8217;rinishi va hayot tarzi yetuk Qandalalarnikiga o&#8217;xshash. Ko&#8217;pincha Qandalalar yilda bir avlod beradi. Urg&#8217;ochisi tuxumini o&#8217;simlik yoki boshqa narsalar sirtiga, o&#8217;simlik to&#8217;qimasi ichiga, ba&#8217;zilari (ayrim zararkunanda Qandalalar) erkagining orqasiga (tuxumdan lichinka chiqqunga qadar erkagi ko&#8217;tarib yuradi) qo&#8217;yadi. Odatda, yetuk Qandalalar (so&#8217;qir q.ning faqat tuxumi) qishlaydi. Qandalalar issiq va quruq iqlimli sharoitda yashashga juda yaxshi moslashgan. O&#8217;zbekistonning sug&#8217;oriladigan dehqonchilik mintaqasida Qandalalarning 13 zararkunanda turi, ayniqsa, beda kandalasi, dala qandalasi katta zarar keltiradi. Beda o&#8217;rilgandan keyin Qandalalar yoppasiga g&#8217;o&#8217;zaga o&#8217;tadi. Yetuk Qandalalar va lichinkasi barg, poyaning mayin to&#8217;qima uchi va hosil organlaridagi shirani so&#8217;radi. Shikastlangan g&#8217;uncha va gullar to&#8217;kiladi. Shakllangan ko&#8217;saklarda qo&#8217;ng&#8217;ir dog&#8217;lar (1-2,5 millimetr kattalikda) paydo bo&#8217;ladi, ularning rivojlanishi hamda pishishi sustlashadi. Quruqlik Qandalalari, asosan, o&#8217;simlikxo&#8217;r, turli o&#8217;simliklar bargi, mevasi va ildizidan shirasini so&#8217;radi. Qalqovdor Qandalalar oilasiga mansub xasva, beda qandalasi, o&#8217;tloq qandalasi va boshqalar qishloq xo&#8217;jaligi ekinlari uchun xavfli. Ba&#8217;zi Qandalalar o&#8217;simliklarning virusli kasalliklari, masalan, barg bujmayishi, lavlagi mozaika kasalligi kabilarni tarqatadi. Ba&#8217;zi quruqlik Qandalalari odam va issiq qonli hayvonlarning (ko&#8217;rshapalaklar, qushlar va boshqalar) tashqi paraziti bo&#8217;lib, ularning qoni bilan oziqlanadi. Halqondorlar oilasiga mansub yirtqich Qandalalar foyda keltiradi. Kurash choralari: o&#8217;simlikxo&#8217;r q.ga qarshi bedapoyalarga ishlov berish; erta bahorda begona o&#8217;tlarga qarshi nitrafen purkash; poyadagi tuxumlarni yo&#8217;q qilish uchun bedani 5 santimetr poya qoldirib o&#8217;rish, dalada ang&#8217;izni yo&#8217;qotish. Zararlangan ekinlarga fosfororganik insektisidlardan: fosfamid (rogor)ning 40% li emulgirlanuvchi kukunini sepish (1,5\u2014 2,5 kg\/ga). Ad.: Murodov S.A., Umumiy entomologiya kursi, T.. 1986. Sulton Alimuhamedov<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qandalalar, asl yarim qattiqqanotlilar \u2014 chala o&#8217;zgarish (metamorfoz) bilan rivojlanadigan hasharotlar turkumi. 40 mingga yaqin turi ma&#8217;lum; quruqlikda, shuningdek, tropik va subtropiklardagi suv havzalarida yashaydi. Tanasining uzunligi 1 millimetrdan 12 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qandalalar-asl-yarim-qattiqqanotlilar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-111944","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111944","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111944"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111944\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111951,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111944\/revisions\/111951"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111944"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111944"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111944"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}