{"id":111955,"date":"2023-10-25T15:46:31","date_gmt":"2023-10-25T12:46:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111955"},"modified":"2023-10-25T15:46:34","modified_gmt":"2023-10-25T12:46:34","slug":"qarilik-keksalik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qarilik-keksalik\/","title":{"rendered":"Qarilik, keksalik"},"content":{"rendered":"\n<p>Qarilik, keksalik (qarish) \u2014 organizm hayotining yoshga bog&#8217;liq muayyan bir davri, muqarrar ravishda yuz beradigan jarayon. A&#8217;zo va sistemalarda o&#8217;ziga xos o&#8217;zgarishlar ro&#8217;y berib boradi, bu esa asta-sekin organizmning hayotga moslashuv imkoniyatlari susayishiga olib keladi. Odamlarning Qarilik davri 75 yoshdan keyin boshlanadi (90 yoshdan oshgan kishilar uzoq umr ko&#8217;ruvchilardir), bu fiziologik Qarilikdir, bunda aqliy va jismoniy quvvat, ma&#8217;lum ish qobiliyati, xushchaqchaqlik va atrofga qiziqish saqlanadi. Turli noxush tashqi va ichki ta&#8217;sirotlar barvaqt yoki patologik Qarilikga olib keladi. Odatda, Qarilikning dastlabki belgilari odamda yetuklik davridan (shartli ravishda 60 yoshdan) so&#8217;ng boshlanadi. Lekin aslini olganda, Qarilik organizmning o&#8217;sishi va rivojlanishi to&#8217;xtagandan keyin sezila boshlaydi. Masalan, 30-35 yoshlarda biologik jarayonlarning faollik darajasi pasaya boshlaydi. Qarish turli to&#8217;qima va a&#8217;zolarda bir vaqtda boshlanmaydi va turli darajada kechadi, u organizm hujayralari yashash xususiyatlarining asta-sekin susaya borishidan iborat. Dastlab Qarilik tufayli boshlangan o&#8217;zgarishlar amalda organizmning hayot sharoitlarining keskin o&#8217;zgarishlariga moslashuvchanlik jarayonini buzmasada, ammo borabora yosh ulg&#8217;ayib, o&#8217;zgarishlar kuchayganda organizm bunga endi ancha qiynalib moslashadi. Xususan, bu kasallik davrida, jismoniy va ruhiy zo&#8217;riqishlarda bilinadi. Qarish jarayoni, birinchi navbatda, yurak-tomir va nerv sistemasiga ta&#8217;sir qiladi; bunda bir faoliyatdan ikkinchisiga o&#8217;tish qobiliyati qiyinlashadi. Tormozlanish jarayonining yetarli bo&#8217;lmasligi nerv sistemasi qo&#8217;zg&#8217;aluvchanligining oshishiga olib keladi, shu tufayli atrofdagi narsalarga moslanish va javob reaktsiyalari sust ishlanib, sekin yo&#8217;qoladi; emotsional beqarorlik kuchayadi. Qarilik qo&#8217;pincha turli xil surunkali kasalliklar bilan kechadi, bu barvaqt qarib qolishga olib kelishi mumkin. Umuman yoshga xos o&#8217;zgarishlar bilan kasallanish o&#8217;rtasida ma&#8217;lum darajada bog&#8217;liklik bor. Qarilikda organizmning moslanuvchanlik va tiklanish imkoniyatlari susayadi, bu \u2014 kasalliklarning avj olishiga va ularning ancha og&#8217;ir o&#8217;tishiga sabab bo&#8217;ladi. Shuning uchun kasallikning oldini olish barvaqt qarishga yo&#8217;l qo&#8217;ymaslikka yordam beradi. Hozirgacha Qarilik sabablari to&#8217;g&#8217;risida aniq fikr yo&#8217;q, lekin u bir qadar irsiyatga ham bog&#8217;liq. Ba&#8217;zi oilalarda uzoq umr ko&#8217;ruvchilarning nasldan-naslga o&#8217;tganligi ma&#8217;lum. Ayollarda Qarilikning erkaklarga nisbatan kechroq kuzatilishi genetik apparatning xususiyatlariga va boshqalar omillarga (masalan, ayollarda chekish, spirtli ichimliklar ichish kam) ham bog&#8217;liq bo&#8217;lishi mumkin. Ma&#8217;lumki, Qarilik sur&#8217;ati turlicha bo&#8217;ladi: ba&#8217;zilarda 75-80 yoshda, hatto ancha keyin ham turli ishlar bilan shug&#8217;ullanish uchun kuch-quvvat va imkoniyat bo&#8217;ladi. Biroq yosh o&#8217;tishi bilan barcha odamlarda mehnat qobiliyati pasayadi, salga toliqadi. Shu sababli, yosh o&#8217;tganda kishining ahvoli yaxshi bo&#8217;lsa ham og&#8217;ir ish qilmaslik kerak. Qarilik davrida ovqatlanish, mehnat va dam olish rejimiga qat&#8217;iy rioya etish, uxlashdan oldin ozroq sayr qilish, chiniqish muolajalari va boshqalar katta ahamiyatga ega. Biroq chiniqish muolajalari turini va muddatini, albatta, vrach bilan maslahatlashib olgan ma&#8217;qul. Aytib o&#8217;tilganlarga amal qilish barvaqt Qarilikning oldini oladi va uning maromida kechishiga, shuningdek, odamning jismoniy va ma&#8217;naviy imkoniyatlarini iloji boricha saqlab qolishga olib keladi. Qarilik sabablari va sirasrorlarini gerontologiya, ularda kechadigan kasalliklarni esa geriatriya fani o&#8217;rganadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qarilik, keksalik (qarish) \u2014 organizm hayotining yoshga bog&#8217;liq muayyan bir davri, muqarrar ravishda yuz beradigan jarayon. A&#8217;zo va sistemalarda o&#8217;ziga xos o&#8217;zgarishlar ro&#8217;y berib boradi, bu esa asta-sekin organizmning hayotga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qarilik-keksalik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-111955","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111955","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111955"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111955\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111959,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111955\/revisions\/111959"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111955"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111955"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111955"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}