{"id":111986,"date":"2023-10-26T14:31:14","date_gmt":"2023-10-26T11:31:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111986"},"modified":"2023-10-26T14:31:18","modified_gmt":"2023-10-26T11:31:18","slug":"qashqar-qoshgar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qashqar-qoshgar\/","title":{"rendered":"Qashqar, Qoshg&#8217;ar"},"content":{"rendered":"\n<p>Qashqar, Qoshg&#8217;ar (Xitoy manbalarida Kashi, Kashiger) \u2014 XXRning g&#8217;arbiy qismidagi shahar. Sintszyan-Uyg&#8217;ur muxtor rayoni (Sharqiy Turkiston)da, Tarim vohasining shimoli g&#8217;arbida Qizilsuv daryosi sohilida joylashgan. Mazkur toponim &#171;qosh toshi (nefrit) koni&#187; degan ma&#8217;noni anglatadi. Aholisi 400 ming kishidan ziyod (2005). Qashqar qadimdan Buyuk ipak yo&#8217;lidagi chorraha va yirik savdo markazi bo&#8217;lib kelgan. Movarounnahr, Xitoy, Hindiston kabi mamlakatlarga qatnovchi karvonlar Qashqar orqali o&#8217;tgan. Qashqar ko&#8217;hna va yangi shahar qismlariga bo&#8217;linadi. Me&#8217;moriy obidalari va turar joy binolari Toshkentning eski va yangi qismlariga o&#8217;xshash. Shahar to&#8217;g&#8217;risidagi dastlabki yozma ma&#8217;lumot miloddan avvalgi 2-1-asrlarga oid Xitoy manbalarida suli (suvlik, Sulek) nomi bilan uchraydi va o&#8217;sha davrlarda 1500 oilaga ega xonlik poytaxti bo&#8217;lgan (bu davlat 7-asrning o&#8217;rtalarigacha mavjud edi). &#171;Suli&#187; atamasi Qashqar chekkasidagi bir tumanning nomi sifatida hozirgacha saqlanib qolgan. Qashqar keyinroq hunlar, Kushonlar, eftalitlar davlatlari, Turk xoqonligi (5-7-asrlar), Uyg&#8217;ur xoqonligi (7-9-asrlar) tarkibiga kirgan. 10-12-asrlarda Qashqar Qoraxoniylar xoqonligi poytaxti bo&#8217;ldi. Shu davrda shahar madaniy jihatdan yuksaldi. Qashqarda yirik olimlar, jumladan, Mahmud Koshg&#8217;ariy, Yusuf xos Hojib va boshqalar faoliyat ko&#8217;rsatdi. Mo&#8217;g&#8217;ullar davrida ham Qashqar yirik madaniy markaz sifatida saqlandi. Mo&#8217;g&#8217;ul noibi mas&#8217;ud Yalavoch davrida yirik kutubxonaga ega bo&#8217;lgan madrasa qurilgan. Keyinroq Qashqarni dug&#8217;lot amirlari boshqardi. Abu Bakr davrida (1480-1514) Tumin va Qizilsuv daryolari oralig&#8217;ida yangi Qashqar shahri qurildi. Yorkend xonligi (1465\u2014 1759) va jung&#8217;orlar hukmronligi davrida poytaxt Qashqardan Yorkend shahriga ko&#8217;chirilgandan keyin ham Qashqarning mavqei Sharqiy Turkistondagi eng yirik savdo va Islom dini markazi sifatida saqdandi. Qashqarda Mahdumi A&#8217;zam (1461 \u2014 1541) va uning Qoraxoniylar avlodidan bo&#8217;lgan xotini Bibicha Qoshg&#8217;ariydan tug&#8217;ilgan o&#8217;g&#8217;li Isoq Vali va uning avlodlari, jumladan, Ofoqxo&#8217;ja yashadi. 1755-1759 yillarda Xitoyda tashkil topgan manchjurlar xoqonligi (Tsin) Sharqiy Turkistonni istilo qilganidan so&#8217;ng Qashqar mazkur o&#8217;lkadagi ikkinchi darajali ma&#8217;muriy markaz bo&#8217;lib qoldi. Qashqarda qo&#8217;rg&#8217;oshinrux va volfram rudalari, qimmatbaho toshlar qazib olinadi. Qishloq xo\u2019jaligi mashinalari, ximikatlar, teriga ishlov berish, to&#8217;qimachilik mahsulotlari, zargarlik va misgarlik buyumlari, gilamlar, qurilish materiallari, musiqa asboblari, pichoqlar ishlab chiqariladi. Qashqar qadimdan hunarmandchilik buyumlari bilan mashhur. Qashqartemir yo&#8217;l orqali XXRning barcha yirik shaharlari bilan bog&#8217;langan. Shaharda 1979 yilda qurilgan &#171;Osiyo bozori&#187; xalqaro savdoda muhim o&#8217;rin tutmoqda. Ayni zamonda Qashqar yirik xalqaro turistik shaharga aylantirilgan. Shaharda Yusuf xos Hojib maqbarasi, Ofoqxo&#8217;ja maqbarasi va madrasasi, Hayitgoh (Namozgoh) jome masjidi va madrasasi mavjud. Shahar maydoniga Mao Szedunning balandligi qariyb 40 metrli haykali o&#8217;rnatilgan. Shahar yaqinida Mahmud Koshg&#8217;ariy va Sotuq Bug&#8217;roxon maqbaralari mavjud. Qashqardan 18 kilometr shimolda Beshkerem daryosining Janub sohilidagi tepalikda 3 ta g&#8217;or bor. G&#8217;orda saqlanib qolgan 70 dan ortiq haykal va devoriy rasmlar Qashqar bundan ikki ming yil muqaddam budda dini markazlaridan biri bo&#8217;lganligidan dalolat beradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qashqar, Qoshg&#8217;ar (Xitoy manbalarida Kashi, Kashiger) \u2014 XXRning g&#8217;arbiy qismidagi shahar. Sintszyan-Uyg&#8217;ur muxtor rayoni (Sharqiy Turkiston)da, Tarim vohasining shimoli g&#8217;arbida Qizilsuv daryosi sohilida joylashgan. Mazkur toponim &#171;qosh toshi (nefrit) koni&#187; &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qashqar-qoshgar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-111986","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111986","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111986"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111986\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111990,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111986\/revisions\/111990"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111986"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111986"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111986"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}