{"id":111989,"date":"2023-10-26T14:31:17","date_gmt":"2023-10-26T11:31:17","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111989"},"modified":"2023-10-26T14:31:21","modified_gmt":"2023-10-26T11:31:21","slug":"qatar-qatar-davlati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qatar-qatar-davlati\/","title":{"rendered":"Qatar, Qatar davlati"},"content":{"rendered":"\n<p>Qatar, Qatar davlati (davlatu Qatar) \u2014 Janubiy G&#8217;arbiy Osiyodagi davlat. Qatar yarim orolida joylashgan. Maydoni 11,4 ming km2. Aholisi 793,3 ming kishi (2002). Poytaxti \u2014 Do&#8217;ha shahri Davlat tuzumi. Qatar \u2014 mutlaq monarxiya. Amaldagi Konstitutsiyasi 2003 yil apreldagi referendumda ma&#8217;qullangan va 2005 yildan kuchga kirgan. Davlat boshlig&#8217;i \u2014 Amir (1995 yildan Shayx Hamad bin Xalifa ol Soniy); u qurolli kuchlar bosh qo&#8217;mondoni hamdir. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Tabiati. Sohil qismi past, marjon riflari bilan o&#8217;ralgan. Yer yuzasi cho&#8217;l landshaftli tekislikdan iborat (eng baland joyi 56 metr), voha kam, ayrim joylari botqoqlashgan tekislik. Neft va tabiiy gaz konlari bor. Iqlimi tropik, quruq iqlim. Yanv. ning o&#8217;rtacha temperaturasi 16\u00b0, iyulniki 32\u00b0, eng yuqori temperatura 45&#8243;. Yillik yog&#8217;in 125 mm chamasida. Qatarda muntazam oqib turadigan daryolar yo&#8217;q. Cho&#8217;l o&#8217;simliklari o&#8217;sadi. Aholisi, asosan, mahaliy arablar; qolganlari boshqa Arab mamlakatlari, Eron, Pokiston, Hindiston hamda Afrikadan kelganlar. Rasmiy til \u2014 Arab tili. Davlat dini Islom. Shahar aholisi 91%. Asosiy shaharlari: Do&#8217;ha, Ummsaid, Do&#8217;han. Tarixi. Qatar yarim orolida aholi miloddan avvalgi 3-2-ming yillikdan yashab kelgan. Qatarni bir necha marta Sosoniylar egallagan. 7-10-asrlarda Arab xalifaligi tarkibida bo&#8217;lgan. 10-asrdan qarmatlar davlatiga kirdi. 13-14-asrlarda Bahrayn amirligi hukmronligi ostida bo&#8217;ldi. 16-asr boshlarida portugallar, keyinroq Usmonli turklar bosib oldi. 18-asrning 2-yarmida Qatar hududida Soniy sulolasi boshchiligidagi kichik sultonlik tashkil etildi. Bu sulola 19-asrning oxirida Qatarni birlashtirdi. 1871 \u2014 1914 yillarda Qatar yana Usmonli turk imperiyasi hukmronligi ostida bo&#8217;ldi. 1916-71 yillarda Buyuk Britaniya protektorati. 1971 yil 1 sentyabrda mustaqil davlat deb e&#8217;lon qilindi. Qatar \u2014 1971 yildan BMT a&#8217;zosi. Milliy bayrami \u2014 3 sentyabr \u2014 Mustaqillik kuni (1971). O&#8217;zbekiston Respublikasi suverenitetini 1991 yil 30 dekabrda tan olgan va 1997 yil 27 noyabrdan diplomatiya munosabatlarini o&#8217;rnatgan. Qatarda siyosiy partiya va kasaba uyushmalari yo&#8217;q. Xo&#8217;jaligi. Qatar iqtisodiyotining asosi \u2014 neft qazib chiqarish va uni qayta ishlash; asosiy neft konlari Do&#8217;han rayonida joylashgan. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo\u2019jaligining ulushi 1%, sanoatniki 49%, xizmat ko&#8217;rsatish tarmog&#8217;iniki 50% ni tashkil etadi. Sanoatida neftdan tashqari, tabiiy gaz ham qazib chiqariladi. Shuningdek, o&#8217;g&#8217;it, neft kimyosi sanoati mahsulotlari, tsement ishlab chiqariladi, gaz suyultiriladi. UmmSaid shahrida metallurgiya zavodi ishlaydi. Avtomobillarni ta&#8217;mirlash ustaxonalari, alkogolsiz ichimliklar zavodlari bor. Yiliga o&#8217;rtacha 5,9 milliard kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Qishloq xo&#8217;jaligi sust rivojlangan. U ichki ehtiyojning 10% ni qondiradi. Vohalarda xurmo (finik palmasi) o&#8217;stiriladi; bug&#8217;doy, makkajo&#8217;xori, tariq, jo&#8217;xori, sabzavotlar ekiladi, bog&#8217;dorchilik bilan shug&#8217;ullaniladi. Ko&#8217;chmanchi va yarim ko&#8217;chmanchi chorvachilik (qo&#8217;y, echki, tuya boqiladi) mavjud. Sohilga yaqin suvlardan baliq, krevetka ovlanadi, marvarid olinadi. Qatarda temir yo&#8217;l yo&#8217;q. Avtomobil yo&#8217;llari uzunligi 1,2 ming kilometr (90% qattiq qoplamali). Gaz va neft quvurlari uzunligi 550 kilometrdan ziyod. Dengiz savdo flotining tonnaji \u2014 636 ming tonna dedveyt. Dengiz portlari: Do&#8217;ha va UmmSaid. Qatar chetga neft va neft mahsulotlari, o&#8217;g&#8217;it, tsement, suyultirilgan gaz, dengiz mahsulotlari chiqaradi. Chetdan oziq-ovqat, sanoat jihozlari, keng iste&#8217;mol mollari oladi. Tashqi savdoda Yaponiya, AQSh, Buyuk Britaniya, BAA, Germaniya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi \u2014 Qatar riali. Tibbiy xizmati, maorifi va madaniy-ma&#8217;rifiy muassasalari. Aholi uchun tibbiy xizmat bepul. Vrachlar chet elda tayyorlanadi. O&#8217;rta maktablarda o&#8217;qish bepul. O&#8217;rta umumiy ta&#8217;lim va hunartexnika o&#8217;quv yurtlari, universitet bor. Milliy muzey, Akvarium, etnografiya muzeyi, milliy kutubxona faoliyat yuritadi. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. Qatarda bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: &#171;alarab&#187; (&#171;Arabcha&#187;, Arab tilidagi kundalik gazeta, 1957 yildan), &#171;Asuak alxolij&#187; (&#171;Ko&#8217;rfaz bozorlari&#187;, Arab tilidagi oylik jurnal, 1980 yildan), &#171;alvatan&#187; (&#171;vatan&#187;, Arab tilidagi kundalik gazeta, 1995 yildan), &#171;Galf Tayms&#187; (&#171;Ko&#8217;rfaz vaqti&#187;, ingliz tilidagi kundalik va haftalik gazeta, 1978 yildan), &#171;arrayya&#187; (&#171;bayroq&#187;, Arab tilidagi kundalik gazeta, 1978 yildan), &#171;ashsharq&#187; (&#171;Sharq&#187;, Arab tilidagi kundalik gazeta, 1985 yildan). Qatar axborot agentligi hukumat agentligi bo&#8217;lib, 1975 yil tuzilgan. &#171;Katar brodkasting servis&#187; hukumat xizmati 1968 yil, &#171;Katar Televiji servis&#187; teleko&#8217;rsatuv xizmati 1970 yil tashkil etilgan. Qatarda &#171;Aljazira&#187; mustaqil Arab yo&#8217;ldosh telekanali (1996 yil asos solingan) qarorgohi joylashgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qatar, Qatar davlati (davlatu Qatar) \u2014 Janubiy G&#8217;arbiy Osiyodagi davlat. Qatar yarim orolida joylashgan. Maydoni 11,4 ming km2. Aholisi 793,3 ming kishi (2002). Poytaxti \u2014 Do&#8217;ha shahri Davlat tuzumi. Qatar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qatar-qatar-davlati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-111989","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111989","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111989"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111989\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111993,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111989\/revisions\/111993"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111989"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111989"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111989"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}