{"id":111995,"date":"2023-10-26T14:33:24","date_gmt":"2023-10-26T11:33:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=111995"},"modified":"2023-10-26T14:33:27","modified_gmt":"2023-10-26T11:33:27","slug":"qarshi-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qarshi-tumani\/","title":{"rendered":"Qarshi tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Qarshi tumani \u2014 Qashqadaryo viloyatidagi tuman, 1931 yil 1 oktyabrda tashkil etilgan. Shimoldan Koson, shimoli sharqdan Chiroqchi, sharqdan Qamashi, G&#8217;uzor, Janubdan Nishon, g&#8217;arbdan Kasbi tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,9 ming km2. Aholisi 177 ming kishi (2005). Tumanda 1 shahar (Beshkent), 15 ta qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Bog&#8217;obod, Dasht, Ertepa, Kat, Kojar, Nuqrobod, Paxtakor, Poshton, Talliqo&#8217;rg&#8217;on, Xonobod, Charog&#8217;il, Cho&#8217;libo&#8217;ston, Qovchin, Qoratepa, Hilol) bor. Markazi \u2014 Beshkent shahri. Tabiati. Tuman hududi Qashqadaryoning eng quyi oqimidagi tekislikda joylashgan (eng baland joyi 387 metr). O&#8217;rqir joylar (Mullaquvvat qirlari, balandligi 424 metr, Qo&#8217;ng&#8217;irtog&#8217;, balandligi 571 metr), botiqlar (Charog&#8217;il botig&#8217;i) va sho&#8217;rxoklar bor. Tuman hududi orqali Qashqadaryo va uning irmoqlari, Fayziobod, Patron\u2014Beshkent va boshqalar kanallar oqib o&#8217;tadi. Gazneft, qo&#8217;ng&#8217;irtosh, shag&#8217;al qazib olinadigan konlar bor. Iqlimi kontinental. Qishi iliq. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi 0\u00b0, 2\u00b0. Ba&#8217;zan, -22\u00b0, -27\u00b0 gacha sovuq bo&#8217;lishi mumkin. Yozi issiq. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 28,8\u00b0, eng yuqori temperatura 47\u00b0. Temperatura 5\u00b0 dan yuqori bo&#8217;lgan kunlar soni 284 -298 kunni tashkil etadi. Yillik yog&#8217;in 190 \u2014 220 mm. Tuproqlari unumdor bo&#8217;z tuproqlardan iborat. Daryo vodiysida o&#8217;tloq, Allyuvial, Charog&#8217;il botig&#8217;ida sho&#8217;rxok tuproqlar tarqalgan. Yovvoyi o&#8217;simliklardan sho&#8217;ra, shuvoq, yantoq, oqquray, kovrak, qarg&#8217;aoyoq, qamish, sho&#8217;rajriq, yulg&#8217;un va boshqalar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan bo&#8217;ri, tulki, chiyabo&#8217;ri, qo&#8217;shoyoq, jayra, yumronqoziq, echket; Mar, qum bo&#8217;g&#8217;ma iloni uchraydi. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar (97,3%), shuningdek, tojik, qozoq, rus, qirg&#8217;iz, turkman va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2 ga 196,6 kishi. Shahar aholisi 16,5 ming kishi, qishloq aholisi 160,5 ming kishi (2005). Xo&#8217;jaligi. Tuman qarshi shahri atrofida joylashganligi uchun paxtachilik bilan birga g&#8217;allachilik, sabzavot va polizchilik, bog&#8217;dorchilik, chorvachilikka ixtisoslashgan. Pillachilik bilan ham shug&#8217;ullaniladi. Tumanda qarshi shahri attorlik va to&#8217;quvchilik fabrikasining gilam to&#8217;qish tsexi, MTP, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalari, paxta tozalash, g&#8217;isht zavodlari, bozorlar, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari bor. Kichik, o&#8217;rta biznes va yirik korxonalar, mikrofirmalar faoliyat ko&#8217;rsatadi. 5 qo&#8217;shma korxona ishlab turibdi. Qarshi tumanida dehqon, fermer xo&#8217;jaliklari faoliyat ko&#8217;rsatadi. 16,5 ming gektar yerga paxta, 15,2 ming gektar yerga don, shuningdek, kartoshka, sabzavot va poliz, ozuqa ekinlari ham ekiladi. Tutzor, tokzor, mevazorlar bor. Ko&#8217;pyillik daraxtzorlar, ko&#8217;chatzorlar, ihota daraxtzorlar, yaylovlar mavjud. Tumandagi jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 50,5 ming qoramol, 82 ming qo&#8217;y va echki, 53,5 ming parranda, 435 yilqi boqiladi. 60 umumiy ta&#8217;lim maktabi (43 mingdan ziyod o&#8217;quvchi), litsey, bolalar musiqa maktabi, 3 kasb-hunar kolleji (1,6 ming o&#8217;quvchi), 36 kutubxona (290 ming nusxa asar), 3 madaniyat uyi, 13 klub muassasasi faoliyat ko&#8217;rsatadi. Madaniyat va istirohat bog&#8217;i, ashula va raqs ansambllari mavjud. Stadion, tennis korti va boshqalar sport inshootlari bor. Beshkent shahrining Mustaqillik maydonida &#171;Xumo qushi&#187; monumenti o&#8217;rnatilgan. Tuman Markaziy kasalxonasi (315 o&#8217;rin), tug&#8217;ruqxona, 3 poliklinika, 14 qishloq vrachlik punkti, qishloq uchastka kasalxonasi, 9 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 36 feldsher-akusherlik punktida 216 vrach, 1456 o&#8217;rta tibbiy xodim aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi. Qarshi tumanida tarixiy va me&#8217;moriy yodgorliklardan Hazrati Sulton maqbarasi (12-16 asrlar), Toshmasjid (16-18-asrlar), xalfa Eshon masjidi (16-17-asrlar), Chorgumbaz masjidi (16\u2014 17-asrlar) va boshqalar saqlangan. Beshkent \u2014 Qarshi yo&#8217;nalishida avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi. 1991 yildan &#171;Naxshab&#187; gazeta nashr etiladi (adadi 600 nusxa).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qarshi tumani \u2014 Qashqadaryo viloyatidagi tuman, 1931 yil 1 oktyabrda tashkil etilgan. Shimoldan Koson, shimoli sharqdan Chiroqchi, sharqdan Qamashi, G&#8217;uzor, Janubdan Nishon, g&#8217;arbdan Kasbi tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,9 ming &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qarshi-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-111995","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111995","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=111995"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111995\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":111999,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/111995\/revisions\/111999"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=111995"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=111995"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=111995"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}