{"id":112011,"date":"2023-10-27T08:25:05","date_gmt":"2023-10-27T05:25:05","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112011"},"modified":"2023-10-27T08:25:08","modified_gmt":"2023-10-27T05:25:08","slug":"qofiya-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qofiya-2\/","title":{"rendered":"Qofiya"},"content":{"rendered":"\n<p>Qofiya (Arabcha \u2014 ergashish, izidan borish) \u2014 she&#8217;riy misralarning muayyan o&#8217;rnida ohangdosh so&#8217;z yoki so&#8217;z birikmalarining izchil takrorlanib kelishi. Qofiya she&#8217;rning mazmuni, janri, shakli va kompozitsiyasida muhim o&#8217;rin egallaydi. Qofiya hosil qiluvchi so&#8217;zlarning ohangdoshligi o&#8217;zak bilan o&#8217;zak yoki qo&#8217;shimcha bilan qo&#8217;shimcha o&#8217;rtasidagi uyg&#8217;unlik tufayli yuzaga keladi. Qofiya she&#8217;r ritmi va musiqiyligini ta&#8217;minlaydi. U ritmiklik va ohangdoshlikdan tashqari, yana bir nechta vazifani bajaradi. Ana shu vazifalardan biri Qofiyaning she&#8217;r g&#8217;oyaviy mazmuni bilan bog&#8217;liqligidir. Shu bois u she&#8217;r mazmunini go&#8217;zal va ta&#8217;sirchan ifodalashga xizmat qiladi. Qofiyada odatda she&#8217;r g&#8217;oyasini tashuvchi so&#8217;zlarni misraning she&#8217;rxon diqqatini o&#8217;ziga tortadigan o&#8217;rniga (ko&#8217;pincha oxiriga) joylashtirish taqozo etiladi. Shu bilan birga Qofiya badiiy takt vazifasini ham bajaradi. Badiiy takt esa she&#8217;r g&#8217;oyasining ta&#8217;sirchan va jozibali ifodalanishiga ko&#8217;mak beradi. Qofiyaning yana bir vazifasi she&#8217;r qurilishida kompozitsion uyushtiruvchilikdan iborat, chunki u misralarni uyg&#8217;unlik, ohangdorlik bilan bir-biriga ulaydi, bog&#8217;laydi, bayt yoki band kabi she&#8217;riy birliklarni tashkil etadi. Qofiyaning vazifalaridan yana biri shundaki, u she&#8217;r intonasiyasini (ohangdorligini) yuzaga keltiradi. She&#8217;rning poetik mazmuni, undagi so&#8217;zlar ohangdorligi, ritmi, vazni, band tuzilishi bilan uzviy bog&#8217;liqlikda o&#8217;zining intonatsion vazifasini bajaradi. Qofiya ritmik vazifa ham bajaradi. Bunday Qofiyalar she&#8217;rda radif bo&#8217;lmagan hollarda misralar so&#8217;ngi (chegarasi)ni ta&#8217;kidlab, izchil ritmik qatorlarni tashkil etishda etakchi vazifani ado etadi. Turkiy xalqlar og&#8217;zaki ijodida Qofiyaning oddiy so&#8217;z takroridan tortib mukammal mustaqil turlarigacha bo&#8217;lgan shakllari uchraydi. Umuman, o&#8217;zbek og&#8217;zaki va yozma adabiyotida Qofiyaning vujudga kelishida saj&#8217;muhim o&#8217;rin tutadi. Bunga turkiy xalqlarning ko&#8217;plab og&#8217;zaki ijod turlarida, Urxun-Yenisey yodnomalarida, 11-asrda Mahmud Koshg&#8217;ariy tomonidan yaratilgan &#171;Devonu lug&#8217;otit turk&#187; asarida uchrovchi she&#8217;riy parchalardagi Qofiyalar misol bo&#8217;la oladi. Arablar istilosidan keyin turkiy xalqlar she&#8217;riyatiga ham aruz she&#8217;riy tizimi kirib keladi. 9-10-asrlarda esa Arab, fors va boshqa xalqlar she&#8217;riyatida mumtoz Qofiya nazariyasi yaratiladi. Bu nazariya monorim (frantsuzcha topopte \u2014 Yagona qofiya) Qofiya yoki tovushlar uyg&#8217;unligiga asoslanadi. Ushbu nazariyaga ko&#8217;ra, Qofiya Yagona tovush (harf) takroriga asoslanadi va bu harf raviy (Arabcha \u2014 qofiyadagi undosh tovush) deb ataladi. Raviy so&#8217;z o&#8217;zagi, yasama so&#8217;zlarda negiz oxiridagi undosh, cho&#8217;ziq unli, ba&#8217;zan esa qisqa unlilarning aynan takrorlanishi tufayli yuzaga keladi. Masalan, &#171;gul-bul-bul&#187; so&#8217;zlaridagi &#171;l&#187;, &#171;tortar-ortar&#187; so&#8217;zlaridagi oxirgi &#171;r&#187;, &#171;vafo-jafo&#187; so&#8217;zlaridagi &#171;o&#187;, &#171;bahona-zamona&#187; so&#8217;zlaridagi oxirgi &#171;a&#187; tovush-harflari raviy hisoblanadi. Mazkur nazariya talablariga ko&#8217;ra, raviysiz Qofiya vujudga kelmaydi. Mumtoz Qofiya nazariyasida Qofiyalanuvchi so&#8217;zlar tarkibiga qarab raviydan oldin va raviydan keyin 4 tadan Qofiya unsuri ishtirok etishi mumkin. Raviydan oddin keluvchi unsurlar: qayd \u2014 raviydan oldin kelgan harakatsiz undosh tovush (&#171;balandqand&#187; so&#8217;zlaridagi &#171;n&#187; tovushi); ridf \u2014 undosh raviydan oldin kelgan cho&#8217;ziq unli (&#171;shahar-sahar&#187; so&#8217;zlarida &#171;r&#187; raviydan oldingi &#171;a&#187; unlisi); ta&#8217;sis \u2014 raviydan oldin kelgan bir harakatli undoshdan ilgari keluvchi cho&#8217;ziq unli (&#171;homil-qotil&#187; so&#8217;zlaridagi &#171;o&#187; tovushi); daxil \u2014 raviy bilan ta&#8217;sis orasida keluvchi harakatli undosh (&#171;zoyil-qoyil&#187; so&#8217;zlaridagi &#171;y&#187; undoshi). Raviydan keyin keluvchi Qofiya unsurlari ham 4 ta: vasl \u2014 raviyga vositali yoki vositasiz tirkalgan tovushlar (&#171;ulfatim-suhbatim&#187; so&#8217;zlaridagi &#171;m&#187; undoshi va &#171;bulog&#8217;i-qulog&#8217;i&#187; so&#8217;zlaridagi &#171;i&#187; unlisi); xuruj \u2014 vasldan so&#8217;ng takrorlanuvchi harakatsiz undosh yoki cho&#8217;ziq unli; Mazid \u2014 xurujdan keyin keluvchi undosh yoki cho&#8217;ziq unli; Noira \u2014maziddan so&#8217;ng kelgan undosh va cho&#8217;ziq unlilar. 20-asr boshlaridan o&#8217;zbek she&#8217;riyatida barmoq tizimi yetakchilik qila boshladi. Natijada Qofiya tarkibini nozik hamda asosli tahlil qilishga imkon beruvchi mumtoz Qofiya nazariyasiga murojaat etish asta-sekin kamaydi. Bu holat Qofiya haqida yangi \u2014 polirifma nazariyasini keltirib chiqardi. Ushbu nazariyaga ko&#8217;ra, Qofiya tirgak tovushga asoslanadi. Tirgak tovush esa raviy singari injiq emas. Qofiyalanuvchi so&#8217;zlar tarkibidagi talaffuz usuli va o&#8217;rni jihatdan bir-biriga yaqin barcha tovushlar tirgak tovush bo&#8217;la oladi. Polirifma nazariyasiga ko&#8217;ra, Qofiyaning to&#8217;liq (to&#8217;q), noto&#8217;liq (och), sodda, murakkab, ochiq, yopiq, taxminiy kabi shakllari mavjud. Qofiyalanuvchi so&#8217;zlarning uyg&#8217;unligi, miqdori, mazmuni, o&#8217;rni va fonetik tarkibiga qarab, Qofiyaning zulqofiyatayn (qo&#8217;sh Qofiyalilik), tarse&#8217;li (baytning har 2 misrasidagi barcha so&#8217;zlarning o&#8217;zaro ohangdosh, vazndosh bo&#8217;lib kelishi), tasviriy, kinoyaviy, kontrast, metaforik, tajnisln kabi turlari farqlanadi va ularning har biri o&#8217;zbek she&#8217;riyatida ham muhim evfonik, semantik vazifa bajaradi. She&#8217;riy misraning boshlanishi yoki o&#8217;rtasida, oxirida kelishiga qarab esa Qofiyaning anaforik, ichki va epiforik turlari farqlanadi. Umuman, Qofiya odatda she&#8217;riy mis-ralar oxirida kelib, ularni ohangdoshlik, uyg&#8217;unlik va mazmuniy yaxlitlik asosida birlashtiradi. Bugungi kunda o&#8217;zbek she&#8217;riyatida sarbast tizimining ham ko&#8217;proq mavqe egallab borayotganligi bu xildagi poetik asarlarda Qofiyaning tutgan o&#8217;rni, tabiati va g&#8217;oyaviy-badiiy vazifalarini alohida o&#8217;rganishni taqozo etmoqda. As..Izzat Sulton, adabiyot nazariyasi, T., 1939 (so&#8217;nggi nashri \u2014 2005); samoylov D.S., Kniga o russkoy rifme, M., 1973; adabiyot nazariyasi [2 j.li], 2-j., T., 1979. Bahodir Sarimsoqov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qofiya (Arabcha \u2014 ergashish, izidan borish) \u2014 she&#8217;riy misralarning muayyan o&#8217;rnida ohangdosh so&#8217;z yoki so&#8217;z birikmalarining izchil takrorlanib kelishi. Qofiya she&#8217;rning mazmuni, janri, shakli va kompozitsiyasida muhim o&#8217;rin egallaydi. Qofiya &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qofiya-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112011","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112011","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112011"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112011\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112015,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112011\/revisions\/112015"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112011"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112011"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112011"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}