{"id":112025,"date":"2023-10-27T14:28:13","date_gmt":"2023-10-27T11:28:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112025"},"modified":"2023-10-27T14:28:18","modified_gmt":"2023-10-27T11:28:18","slug":"qozi-5","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qozi-5\/","title":{"rendered":"Qozi"},"content":{"rendered":"\n<p>Qozi (Arabcha \u2014 ijro etuvchi, hukm chiqaruvchi) \u2014 musulmon davlatlarida hukmdor tomonidan tayinlanib, shariat asosida sud vazifasini bajaruvchi, sudya, shar&#8217;iy mahkama raisi. Dastlab Qozilarni Muhammad payg&#8217;ambar, undan keyin xalifa Umar tayinlagan. Xulofoi roshidin davrida Qozilar faqat fuqarolik ishlarini ko&#8217;rib chiqardi, jinoiy ishlarni hal qilish xalifa yoki viloyat hokimlarining vakolatiga kirardi. Javobgar yuksak maqom egasi va iqtidorli kishi bo&#8217;lganda unga tegishli ish mazolim Qozisi (mazolim volisi)ga topshirilardi. Shikoyatlar bilan shug&#8217;ullanuvchi bu idoraga davlat rahbari yoki u tayinlagan baobro&#8217;kishi boshchilik qilardi. Mazolim sudida da&#8217;vogar va javobgardan tashqari Qozilar, muftiylar, salohiyatli kotib, ichki ishlar rahbarlari, xavfsizlik xodimlari ishtirok etardi. Mazolim Qozisi hokimlar, davlat mulozimlari, soliqchilardan shikoyatlar bo&#8217;yicha ishlarni, zo&#8217;ravonlik bilan tortib olingan shaxsiy mulk yoki vaqf mulklariga oid ishlarni, Qozilar chiqargan qarorlarning bajarilmasligi hollari, ko&#8217;pchilik manfaatiga qarshi qilingan tajovuzlarga doir ishlarni ko&#8217;rib chiqardi. Qozi Musulmon bo&#8217;lmagan fuqarolarning ishlarini ularning diniy kitoblari (Tavrot, injil) asosida hal qilardi. Qozining hukmi ustidan xalifaga shikoyat qilish mumkin bo&#8217;lgan. 8-asrning 2-yarmida abbosiylar davlatida oliy Qozi \u2014 qoziul-quzzot lavozimi joriy qilingan. Amalda Qozi lavozimini o&#8217;z obro&#8217;siga dog&#8217; tushirmagan, ilmu idrokli va shariat qonunlarini yetarlicha biladigan, yaqqol ko&#8217;rinib turgan jismoniy nuqsoni bo&#8217;lmagan sog&#8217;lom va Odil har bir erkin (qul bo&#8217;lmagan) musulmon egallashi mumkin edi. Qozi davlat g&#8217;aznasidan ta&#8217;minlab turilgan. Ba&#8217;zan Qozi umumiy vakolatga ega bo&#8217;lib, butun mamlakat bo&#8217;yicha hukm chiqara olgan, ba&#8217;zan uning vakolati bir viloyat yoki shahar hududi bilan cheklangan. Qozi o&#8217;z shahri yoki viloyatidagi barcha fuqarolik va jinoiy ishlarni olib borish, jamoatchilik axloqi saqlanishini nazorat qilish, zarur bo&#8217;lgan taqdirda odamlar va mulkka vasiylikni tayinlash, vaqf mulklarini nazorat qilish, jamoat binolari va inshootlar, yo&#8217;llar, ko&#8217;chalar va maydonlarning holatini kuzatib turish, meros bo&#8217;linishini va vasiyatga rioya qilinishini, Qozi hukmlari to&#8217;g&#8217;ri bajarilishi va to&#8217;g&#8217;ri jazo belgilanishini kuzatish, huquqni muhofaza qilish idoralari va turma nozirlarini nazorat qilish, zakot, sadaqa va boshqa jamoat mablag&#8217;lari to&#8217;g&#8217;ri yig&#8217;ilishi hamda taqsimlanishini kuzatib borish, zarbxona, baytulmol (dashsht xazinasi)ni nazorat qilish kabi ishlarni bajarardi. Qo&#8217;shinlar Qozisi qo&#8217;lga kiritilgan harbiy o&#8217;ljani baholashi va uning to&#8217;g&#8217;ri taqsimlanishini kuzatishi kerak bo&#8217;lgan. Buning uchun u harbiy huquqni yaxshi bilishi lozim edi. Ayrim hollarni hisobga olmaganda Qozilar asosan faqihlar orasidan chiqqan. O&#8217;zbekiston hududida, xususan Toshkent shahrida 20-asrning 30-yillari boshigacha qozilar sudi mavjud bo&#8217;lib, shariatga tegishli muammolarni ko&#8217;rib, hal qilib kelgan. Abdulhakim Juzjoniy.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qozi (Arabcha \u2014 ijro etuvchi, hukm chiqaruvchi) \u2014 musulmon davlatlarida hukmdor tomonidan tayinlanib, shariat asosida sud vazifasini bajaruvchi, sudya, shar&#8217;iy mahkama raisi. Dastlab Qozilarni Muhammad payg&#8217;ambar, undan keyin xalifa Umar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qozi-5\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112025","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112025","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112025"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112025\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112035,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112025\/revisions\/112035"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112025"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112025"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112025"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}