{"id":112146,"date":"2023-10-27T15:10:56","date_gmt":"2023-10-27T12:10:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112146"},"modified":"2023-10-27T15:10:59","modified_gmt":"2023-10-27T12:10:59","slug":"qoraqalpoq-teatri","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qoraqalpoq-teatri\/","title":{"rendered":"Qoraqalpoq teatri"},"content":{"rendered":"\n<p>Qoraqalpoq teatri, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri \u2014 qora-qalpog&#8217;istonning ko&#8217;hna teatrlaridan. 1926 yil &#171;Tong nuri&#187; truppasi asosida tashkil bo&#8217;lgan. Tashkilotchilari Zarip Qosimov, Abdiramon O&#8217;tepov, Qosim Avezov va Asan Begimovlar. Birinchi badiiy rahbari \u2014 Zarip Qosimov. A. O&#8217;tepov, J.Oymurzaev, G.Ubaydullaev, M.Matjonov, B.Seitov, J.Seitova, T.Seytmamutovlar teatrning dastlabki ijodkorlaridir. Teatr &#171;Tilak yo&#8217;lida&#187; (Q.Avezov) spektakli bilan ochilgan. Teatr faoliyatini &#171;Odekolon&#187;, &#171;Ana xolos&#187;, &#171;tengini topgan qiz&#187;, &#171;saidmurod yalqov&#187;, &#171;ko&#8217;z bo&#8217;yamachi vakil&#187;, &#171;Bu kim&#187; kabi spektakllar bilan boshladi. 1930 yil &#171;Qoraqalpoq davlat teatri&#187; maqomi beriladi. 1934 yil Moskva davlat teatr san&#8217;ati instituti qoshida Qoraqalpoq studiyasi ochiladi. 1939 yil teatrga shu institutni tugatib kelgan 27 aktyor va rejissyorlar kelib qo&#8217;shiladi. Bularning orasida O&#8217;zbekiston va Qoraqalpog&#8217;iston xalq artistlari Yo&#8217;ldosh Sharipov. Turesh Ollanazarov, Xolmurod Saparov, Yo&#8217;ldosh Mamutov, Sabirbay O&#8217;tepbergenov, Madraim Matjonov, Yoqut Ollamurodovalar bor edi. Teatr hayotida yangi davr boshlanadi. 1939 yil teatrga K.S.Stanislavskiy nomi berildi va teatr &#171;Stanislavskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali drama va komediya teatri&#187; deb yuritila boshladi. &#171;Vassa Jeleznova&#187; (M.Gorkiy), &#171;Maysaraning ishi&#187; (Hamza), &#171;kambag&#8217;allik ayb emas&#187; (A. Ostrovskiy), &#171;Skapenning nayranglari&#187; (Moler), &#171;Alpomish&#187; (N.Dovqorayev), &#171;rus kishilari&#187; (K.Simonov) va boshqa spektakllar milliy rejissura va aktyorlik san&#8217;ati balog&#8217;atga etganligini namoyon qildi. 1941-45 yillar teatr jamoasi o&#8217;z repertuarini milliy va qardosh xalqlar dramaturgiyasi namunalari bilan boyitdi. &#171;Leytenant Elmurotov&#187; (J.Oymurzaev), &#171;Qurbon Umarov&#187; (S.Abdulla, Chustiy), &#171;Oftobxon&#187; (K. Yashin), &#171;Tohir va Zuhra&#187; (S.Abdulla; T.Jalilov musiqasi), &#171;besh so&#8217;mlik kelin&#187; (Urdubodu) kabi musiqali drama va publitsistik yo&#8217;nalishdagi sahna asarlari shular jumlasidan. 1950 yil teatr Toshkent teatr va rassomlik san&#8217;ati institutini tugatib kelgan yosh mutaxassislar bilan to&#8217;ldirildi. Rejissyorlik bo&#8217;limini tugatib kelgan T.Ollanazarov birinchi qoraqalpoq professional rejissyori bo&#8217;ldi. Urushdan keyingi yillarda teatrda O.Shomurotova, Japas baxshi Shomurotov, B.Kamenev, A.Hashimov, G. Sherozieva, T.Rahmonova, R. Seitov, S.Xo&#8217;janiyozov, G.Doshumov, Z.Zaripov. S.O&#8217;tepbergenov, T.Jo-limbetova, S.Yusupova, S.Qoraboeva, Ya.Ollamurotova, X.Saparov, S.Ollamurotova, S. Avezova, O.Davletova, O.Umitqulov va boshqalar faoliyat ko&#8217;rsatishgan. Teatrning keyingi repertuari mavzu va janr jihatidan boyidi. Zamonaviy, tarixiy mavzularda, milliy dramaturgiya, o&#8217;zbek va qozoq dramaturgiyasi namunalari hamda G&#8217;arbiy Yevropa dramaturgiyasining mumtoz asarlari sahnalashtirildi: &#171;Oygul va obot&#187; (J.Oymurzaev), &#171;Suymaganga suykanma&#187; (S.Xo&#8217;janiyozov), &#171;Oltin ko&#8217;l&#187; (uyg&#8217;un; M.Leviev musiqasi), &#171;shohi so&#8217;zana&#187; (A.Qahhor), &#171;Oshiq G&#8217;arib&#187; (Begimov, T.Ollanazarov), &#171;Tartyuf&#187; (J. Moler), &#171;O&#8217;g&#8217;irlangan baxt&#187; (I.Franko), &#171;Yurak sirlari&#187; (B.Rahmonov), &#171;Ko&#8217;z Ko&#8217;rpesh Bayan sulu&#187; (g.Musrepov) va boshqalar. &#171;Berdaq&#187;, &#171;Qadrdon doktor&#187;, &#171;Sheberxonning chirmovig&#8217;i&#187; (J. Oymurzaev), &#171;Taluas&#187;, &#171;Ziyoda&#187;. &#171;Baxt&#187; (S.Xo&#8217;janiyozov), &#171;Toshbolta oshiq&#187; (H.G&#8217;ulom), &#171;tog&#8217;a-jiyanlar&#187; (R.Bobo-jon), &#171;shubha&#187; (uyg&#8217;un), &#171;Prokuror&#187; (Yo. Shukurov) kabilar 50-60-yillarning eng yaxshi spektakllari bo&#8217;ldi. 60-yillarning oxirrog&#8217;iga kelib teatrda avlodlar almashuvi natijasida turg&#8217;unlik davri boshlandi. 70-yillar yoshlar hisobiga teatr yana o&#8217;z mavqeini tiklab oldi. Teatrga kelgan Quatbay Abdreimov, Najimatdin Ansatboev, Dosbergen Ranov, Rayhon Saparova, Jolgas Sultaboyev, bayram Matjonov va boshqa qoraqalpoq teatr san&#8217;atini yangi g&#8217;oyalar va yechimlar, obraz va mavzular bilan boyitdilar. &#171;Otello&#187; (U.Shekspir), &#171;Tartyuf&#187; (J.Moler), &#171;ikki boyga bir malay&#187; (K.Goldoni), &#171;ona yer, ona&#187; (Chaytmatov), &#171;Revizor&#187; (N.Gogol), &#171;Oy tutilgan tunda&#187; (M. Karim), &#171;O&#8217;n uchinchi rais&#187; (A.Abdullin), &#171;Tobutdan tovush&#187; (A.Qahhor), &#171;arizasiga ko&#8217;ra&#187; (O&#8217;.Umarbekov), &#171;Andermushlik Atmandar&#187; (T.Minullin), &#171;Xonuma&#187; (Tsagareli) kabi spektakllar qo&#8217;yildi. 1987 yil teatr jamoasi I.Yusupov librettosiga N. Muhameddinov musiqasi bilan birinchi qoraqalpoq operasi (&#171;ajiniyoz&#187;)ni sahnalashtirdi. 1991 yil teatrga Berdaq nomi berildi. Keyinchalik &#171;Maysaraning ishi&#187;, &#171;Aleko&#187; operalari, 1996 y. birinchi qoraqalpoq baleti (&#171;Oyjamol&#187;) sahnaga qo&#8217;yildi. Mustaqillik g&#8217;oyalari bilan sug&#8217;orilgan, yangi zamon qahramoni, tarixiy shaxslarimiz siymosi gavdalangan, mehr-muruvvat mavzusi, Vatanga muhabbat va boshqa mavzular aks etgan asarlar keyingi yillar teatr sahnasidan mustahkam o&#8217;rin oldi: &#171;Sohibqiron&#187; (A. Oripov), &#171;adolatga xiyonat&#187; (S. Xo&#8217;janiyozov), &#171;Ernazar Olako&#8217;z&#187; (A. Utaliyev). &#171;Injiqning muhabbati&#187;, &#171;yovvoyi gullar&#187; (K.Rahmonov), &#171;Sharyar&#187;, &#171;Kechikkan muhabbat&#187; (K.Matmurotov), &#171;Tirsek&#187; va boshqalar. Sh.Utemuratov, M.Sapaeva, Z.Piyozov, T.Qayipnazarova, O.Qosimbetov, B.Uzoqberganov, M.Xalmuratova, Z.Sayipova, J.Sultaboev, B.Nazarimbetov, J. Sag&#8217;indiqova, R.Kutekeyeva, E.Aytniyozova, M. Ismaylova, S. Davletova, Qqalandarov va boshqa teatrning yetakchi aktyorlaridir. Teatrning badiiy rahbari va direktori Najimatdin Ansatboev, bosh rejissyori \u2014 Quatbay Abdreimov. Teshaboy Bayandiev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qoraqalpoq teatri, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri \u2014 qora-qalpog&#8217;istonning ko&#8217;hna teatrlaridan. 1926 yil &#171;Tong nuri&#187; truppasi asosida tashkil bo&#8217;lgan. Tashkilotchilari Zarip Qosimov, Abdiramon O&#8217;tepov, Qosim Avezov va Asan Begimovlar. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qoraqalpoq-teatri\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112146","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112146","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112146"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112146\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112154,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112146\/revisions\/112154"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112146"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112146"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112146"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}