{"id":11217,"date":"2021-11-23T07:23:49","date_gmt":"2021-11-23T04:23:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=11217"},"modified":"2025-10-28T14:31:17","modified_gmt":"2025-10-28T11:31:17","slug":"atmosfera-yoginlari-haqida-nimani-bilasiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/atmosfera-yoginlari-haqida-nimani-bilasiz\/","title":{"rendered":"ATMOSFERA YOG&#8217;INLARI haqida nimani bilasiz?"},"content":{"rendered":"\n<p>ATMOSFERA YOG&#8217;INLARI &#8212; bulutlardan yog&#8217;adigan yoki havoda suv bug\u2019larining kondensatlanishi natijasida yer yuzasiga va o&#8217;simliklar sirtiga tushadigan tomchi yoki muz holatidagi suv. Bulutlardan yomg&#8217;ir, qor, ho&#8217;l qor va muz donachalari, do&#8217;l va hokazolar yog&#8217;adi. Havodagi suv bug&#8217;laridan shudring, qirov, bulduruq va boshqalar hosil bo&#8217;ladi. O&#8217;ta sovigan yomg\u2019ir, tuman yer yuzasida va narsalar ustida muz qatlamlari hosil qiladi. Atmosfera yog&#8217;inlari davomli va o&#8217;rtacha tezlikda, jala shaklida va mayda shivalab yog&#8217;uvchi yog&#8217;inlarga ajratiladi. Davomli va o&#8217;rtacha tezlikda yog&#8217;uvchi Atmosfera yog&#8217;inlari qatlamli yomg&#8217;ir beruvchi va yuqori qatlam bulutlardan yog&#8217;adi. Jala bo&#8217;lib yog\u2019adigan Atmosfera yog&#8217;inlari yomg&#8217;irlito&#8217;p bulutlardan yirik tomchi yoki pag&#8217;a-pag&#8217;a qor, mayda muz donachalari, yozda esa do&#8217;l shaklida yog&#8217;adi, tusatdan katta tezlik bilan boshlanib, tezda to\u2019xtaydi, issiq davrda esa momaqaldiroq bilan birgalikda o&#8217;tadi. Mayda shivalab yog&#8217;uvchi Atmosfera yog&#8217;inlari qatlamli bulutlardan (ba&#8217;zan tumanlardan) mayda tomchi va tez eriydigan qor shaklida yog&#8217;adi. Atmosfera yog&#8217;inlari meteorologik stansiyalarda yomg&#8217;ir o&#8217;lchagich, yogin o\u2019lchagich va plyuviograflar, katta maydonlarda esa radiolokatorlar yordamida o\u2019lchanadi. Yerga tushgan Atmosfera yog&#8217;inlari miqdori suv balansini ko&#8217;rsatadigan millimetr bilan, jadalligi esa vaqt birligi (min., soat, sutka) dagi miqdori (millimetr) bilan o\u2019lchanadi. Atmosfera yog&#8217;inlari miqdori O&#8217;rta Osiyo hududi bo&#8217;ylab g&#8217;oyat notekis taqsimlanadi. Ularning yillik miqdori tekisliklarda o&#8217;rtacha 100 \u2014 200 millimetr, tog&#8217; oldi va tog&#8217;li rayonlarda 500 \u2014 1000 millimetr, ba&#8217;zan 1500 millimetr va undan ko&#8217;proq. Yog&#8217;inlar tekisliklarning katta qismida, tog&#8217;oldi va ba&#8217;zi tomi rayonlarda yoz oylarida eng kam, bahor (mart \u2014 aprel) yoki kuz (oktabr \u2014 noyabr) da eng ko&#8217;p yog&#8217;adi. Shimol va baland tog\u2019li rayonlarda esa eng ko&#8217;p yog&#8217;ingarchilik aprel \u2014 may oylarida kuzatiladi. Yozda faqat tog\u2019li rayonlardagina yog&#8217;ingarchilik bo&#8217;ladi. O&#8217;rta Osiyoning yog&#8217;inlari kam tushadigan rayonlarida yog\u2019inlarning sutkalik maksimum ekstremal miqdori 30 \u2014 50 millimetr, yog&#8217;ingarchilik ko&#8217;p bo&#8217;ladigan rayonlarda esa sutkalik maksimum miqdor 100 millimetr va undan ko&#8217;proq. Atmosfera yog&#8217;inlari kuzatiladigan kunlar soni bir yilda 40 \u2014 200 o&#8217;rtasida o&#8217;zgarib turadi. Atmosfera yog&#8217;inlari qish \u2014 bahor davrida erda tuproq nam zaxirasini hosil qiladi, bu esa qishloq xo\u2019ajligida kata ahamiyatga ega. Atmosfera yog&#8217;inlari yetarli (yiliga 200 millimetr va undan ko&#8217;proq) bo&#8217;lgan sharoitlarda ekilgan ekin tabiiy nam hisobiga unib chiqadi, natijada birinchi sug\u2019orishni keyinroqqa surish mumkin bo&#8217;ladi. Hamid Abdullayev, Olga Subbotina.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ATMOSFERA YOG&#8217;INLARI &#8212; bulutlardan yog&#8217;adigan yoki havoda suv bug\u2019larining kondensatlanishi natijasida yer yuzasiga va o&#8217;simliklar sirtiga tushadigan tomchi yoki muz holatidagi suv. Bulutlardan yomg&#8217;ir, qor, ho&#8217;l qor va muz donachalari, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/atmosfera-yoginlari-haqida-nimani-bilasiz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-11217","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11217","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11217"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11217\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":162404,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11217\/revisions\/162404"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11217"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11217"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11217"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}