{"id":112484,"date":"2024-01-02T18:31:24","date_gmt":"2024-01-02T15:31:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112484"},"modified":"2024-01-02T18:31:25","modified_gmt":"2024-01-02T15:31:25","slug":"tatillar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tatillar\/","title":{"rendered":"Ta&#8217;tillar"},"content":{"rendered":"\n<p>Ta&#8217;tillar (O&#8217;zbekiston Respublikasida) \u2014 xodimlarga ish joyi (lavozimi) va ish haqi saqlangan holda har yili dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun beriladigan vaqt. O&#8217;zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida yillik mehnat ta&#8217;tilining muddati kamida 15 ish kunidan iborat etib belgilangan. Ayrim toifadagi xodimlarga ularning yoshi, sog&#8217;lig&#8217;ini hisobga olib, yillik uzaytirilgan Ta&#8217;tillar beriladi. Chunonchi, 18 yoshga to&#8217;lmagan shaxslarga, ishlayotgan 1 va 2-guruh nogironlariga Ta&#8217;tillar 30 kalendar kun, o&#8217;qituvchilarga 48 ish kuni, ilmiy tadqiqot muassasalari kichik va katta ilmiy xodimlariga 24-48 ish kuni, sudyalarga 36 ish kuni qilib belgilangan. Ayrim toifadagi xodimlar mehnat vazifalarining o&#8217;ziga xos jihatlari va xususiyatlari hamda boshqa holatlarni e&#8217;tiborga olib, ularning ham Ta&#8217;tillari muddati uzaytirilgan. Amaldagi qonunchilikda uzaytirilgan Ta&#8217;tillarning umumiy va eng kam muddati belgilangan. Bundan tashqari mehnat shartnomasining shartlarida ham uzaytirilgan yillik Ta&#8217;tillar berish nazarda tutilishi mumkin. Mehnat krnunchiligida ayrim toifa xodimlar uchun qo&#8217;shimcha Ta&#8217;tillar berish nazarda tutilgan va tegishli qonun hujjatlarida kafolatlangan. Qo&#8217;shimcha Ta&#8217;tillar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sog&#8217;liqni saklash vazirligi tomonidan tasdiklangan mehnat sharoitlarini baxrlash uslubiyati asosida belgilanadi. Ishning alohida tusda ekani, shuningdek, o&#8217;ta zararli va o&#8217;ta og&#8217;ir mehnat sharoiti uchun qo&#8217;shimcha ta&#8217;tilning eng kam muddati, uni berish shartlari va tartibi O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining &#171;O&#8217;zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo&#8217;lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash to&#8217;g&#8217;risida&#187; 1997 yil 11 martdagi 133-sonli qaroriga muvofiq belgilangan. Ta&#8217;til davriga bayram kunlari to&#8217;g&#8217;ri kelib qolsa, ta&#8217;til muddatini hisoblashda bu kunlar hisobga olinmaydi. Yillik asosiy ta&#8217;tilni olish huquqini beradigan ish stajini hisoblab chiqarish tartibi mehnat kodeksining 142-moddasida ko&#8217;rsatilgan. Qoidaga ko&#8217;ra, yillik asosiy ta&#8217;til 1-ish yili uchun 6 oy ishlagandan keyin beriladi. Ta&#8217;til berish vaqti haqida xodim ta&#8217;til boshlanishidan kamida 15 kun oldin xabardor kilinishi kerak. Ayrim toifa xodimlarga ta&#8217;til ularning xohishiga ko&#8217;ra, yozgi yoki ular uchun qulay bo&#8217;lgan boshqa vaqtda berilishi mumkin (Mehnat kodeksi, 250-modda). Qonunda ko&#8217;rsatilgan hollarda xodim ta&#8217;tilni uzaytirish yoki boshqa muddatga ko&#8217;chirish huquqiga ega. Qonunchilikda xodimning xohishiga ko&#8217;ra, uning yozma arizasiga asosan ta&#8217;tilni qismlarga bo&#8217;lishga yo&#8217;l qo&#8217;yiladi. Bunda ta&#8217;tilning foydalaniladigan bir qismi 12 ish kunidan kam bo&#8217;lmasligi lozim. Ayrim toifa xodimlarga ish haqi saklanmagan holda mehnat ta&#8217;tili berish nazarda tutilgan. Ta&#8217;tildan chaqirib olishga faqat xodimning roziligi bilan yo&#8217;l qo&#8217;yiladi. Yillik Ta&#8217;tillar davri uchun xodimga o&#8217;rtacha ish haqidan kam bo&#8217;lmagan miqdorda haq to&#8217;lash kafolatlanadi. Ta&#8217;til haqi jamoa shartnomasida belgilangan muddatlarda, lekin ta&#8217;til boshlanmasdan oldingi oxirgi ish kunidan kechiktirmay to&#8217;lanadi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida ijtimoiy Ta&#8217;tillar ham berish nazarda tutilgan. Jumladan, xodim quyidagi ijtimoiy Ta&#8217;tillar olish huquqidan foydalanadi: homiladorlik va tug\u2019ish Ta&#8217;tillari (233-modda); bolalarni parvarishlash Ta&#8217;tillari (232, 234, 235-moddalar); o&#8217;qish bilan bog&#8217;liqt. (252-256-moddalar); ijodiy Ta&#8217;tillar (258-modda). Bunday Ta&#8217;tillarni berish tartibi va mikdori O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-sonli karorida ko&#8217;rsatilgan. Anvar Inoyatov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ta&#8217;tillar (O&#8217;zbekiston Respublikasida) \u2014 xodimlarga ish joyi (lavozimi) va ish haqi saqlangan holda har yili dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun beriladigan vaqt. O&#8217;zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida yillik mehnat &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/tatillar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-112484","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112484","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112484"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112484\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112485,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112484\/revisions\/112485"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112484"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112484"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112484"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}