{"id":11252,"date":"2021-11-23T13:58:40","date_gmt":"2021-11-23T10:58:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=11252"},"modified":"2025-10-28T14:17:13","modified_gmt":"2025-10-28T11:17:13","slug":"atoiy-shoiri-haqida-nimani-bilasiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/atoiy-shoiri-haqida-nimani-bilasiz\/","title":{"rendered":"ATOIY shoiri haqida nimani bilasiz?"},"content":{"rendered":"\n<p>ATOIY (15 &#8212; asr, Balx) \u2014 shoir. Yassaviy avlodidan. Samarqand, Buxoro va Balxda yashagan. Turkiy, fors va Arab adabiyotlarini chuqur o&#8217;rgangan. Turkiy va fors tillarida ijod qilgan. Navoiy (&#171;Majolis un-nafois&#187;) Atoiy hayoti va ijodi haqida to&#8217;xtalib, &#171;Mavlono Atoiy Balxda bo&#8217;lur erdi. Ismoil ota farzandlaridindur, darveshvash va xushxulq, munbasit (ochiq chehrali) kishi erdi. O&#8217;z zamonida she&#8217;ri atrok (turkiy tilda so&#8217;zlovchilar) orasida ko&#8217;p Shuhrat tutti. Bu matla&#8217;aningdurkim: Ul sanamkim suv yaqrsinda paritek o&#8217;lturur, G&#8217;oyati nozuklukindin suv bila yutsa bo&#8217;lur. &#8230;Mavlono ko&#8217;p turkona (sodda, ravon) aytur erdi&#8230;&#187;, deydi. Navoiy &#171;Nasoim ul-mahabba min shamoim ilfutuvva&#187; (&#171;Muhabbat shabadalari&#187;) asarida Ismoil ota Ahmad Yassaviyning inisi Ibrohim otaning o&#8217;g&#8217;li ekanini aytadi. Atoiy devonining muqovasida va qo&#8217;lyozmaning oxirida &#171;Devoni Shayxzoda Atoyi&#187; deb qayd etilishi ham Atoiyni shayxlar oilasidan kelib chiqqan deyishga asos beradi. Navoiyning xabar berishicha, Atoiy Ulug&#8217;bek saroyi shoirlari orasida ham bo&#8217;lgan. Atoiy g&#8217;azalnavis \u2014 lirik shoirdir. Uning g&#8217;azallarida muhabbat mavzui bilan bir qatorda may ham kuylanadi. Mayda hayot zavqi, uning barcha go&#8217;zalliklari va lazzatlari vasf etiladi. May Atoiyda Umar Xayyom ruboiylari va Hofiz g&#8217;azallaridagi kabi hayot timsolidir. Atoiy lirikasida xalq iboralari, ta&#8217;birlar, maqol va matallar, ertak mavzulariga oid so&#8217;zlar ko&#8217;p. G&#8217;azallarini asosan aruzning ramal bahrida yozgan; vazni yengil, misralari qisqa, so&#8217;zlari oddiy, uslubi sodda va ravon. Shuning uchun ham uning she&#8217;rlari xalq qo&#8217;shiqlariga aylanib ketgan. Atoiy tajohuli orifona, laf va nashr kabi tasvir vosita va usullari ham yaratgan. Shoir ijodi bizgacha to&#8217;la etib kelmagan. Devonining taxminan 16 &#8212; asrda ko&#8217;chirilgan, 260 g&#8217;azalni o&#8217;z ichiga olgan qo&#8217;lyozma nusxasi Sankt-Peterburgda saqlanadi. As: tanlangan asarlar, T., 1958; 2- nashri, T., I960; Izbranno&#8217;e Gazeli, T., 1960. Ad:. Rustamov E., O&#8217;zbekskaya poeziya v pervoy polovine XV veka, T., 1963; Mallayev N., O&#8217;zbek adabiyoti tarixi, 1-kitob, T., 1976.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ATOIY (15 &#8212; asr, Balx) \u2014 shoir. Yassaviy avlodidan. Samarqand, Buxoro va Balxda yashagan. Turkiy, fors va Arab adabiyotlarini chuqur o&#8217;rgangan. Turkiy va fors tillarida ijod qilgan. Navoiy (&#171;Majolis un-nafois&#187;) &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/atoiy-shoiri-haqida-nimani-bilasiz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-11252","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11252","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11252"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11252\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":162387,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11252\/revisions\/162387"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11252"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11252"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11252"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}