{"id":112525,"date":"2024-01-03T14:24:48","date_gmt":"2024-01-03T11:24:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112525"},"modified":"2024-01-03T14:24:49","modified_gmt":"2024-01-03T11:24:49","slug":"qoraqum-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qoraqum-2\/","title":{"rendered":"Qoraqum"},"content":{"rendered":"\n<p>Qoraqum \u2014 Osiyodagi eng katta qumli cho&#8217;l. O&#8217;rta Osiyoning Janubda. Turkmanistonning asosiy qismini egallaydi. Shimolda Sariqamish botig&#8217;i, shimoli- Sharqda va Sharqda Amudaryo vodiysi, Janubi-Sharqda Qorabel va Bodxiz qirlari, Janubda Kopetdog&#8217; etaklari, g&#8217;arbda qadimgi daryo o&#8217;zani O&#8217;zbo&#8217;y bilan chegaradosh. Maydoni 400 ming km2. Qoraqumning asosiy qismi yosh grabenda joylashgan pasttekislikdan iborat. O&#8217;rtacha balandligi 100 metr, Janubi-sharqida 200-300 metr, shimoli-g&#8217;arbida esa 30-50 metr. Qoraqumda paleogen davrining oxiri (oligosen)gacha dengiz rejimi hukm surgan. Dengiz chekingach, allyuvial yotqiziqlar to&#8217;plangan. Qoraqumning shimoliy qismlari Amudaryo, Janubiy qismlari Tajan, Murg&#8217;ob daryolari va Kopetdog&#8217;dan oqib tushgan qadimgi daryo yotqiziqlaridan hosil bo&#8217;lgan. Qoraqum tabiiy geografik jihatdan uch qismga: Ung&#8217;uzorti Qoraqum (shimolda), Markaziy (past) Qoraqum va Janubiy-Sharqiy Qoraqumga bo&#8217;linadi. Qoraqumning morfoskulptura relefi juda murakkab. Unda to&#8217;zima barxan qumlari, barxan zanjirlari, pastak kum tepalari, do&#8217;ng qumlar, qator tepa qumlari va ko&#8217;zanak qumlar kabi eol relef shakllari keng tarqalgan. Pastqam yerlarda sho&#8217;r, sho&#8217;rxok va taqirlar uchraydi. Qoraqumning 9\/10 qismi qumli yerlardan iborat. Qator tepa qumlari Markaziy Qoraqum bilan Ung&#8217;uzorti Qoraqumida keng tarqalgan. Ular meridianal yo&#8217;nalgan, mustahkamlangan uzun qum tepalaridir. Janubi-Sharq va Markaziy qismlarida qator tepa qumlarining balandligi 3-5 metrdan 30 metrgacha, ular orasidagi chuqurlik (jo&#8217;yak)larning eni 150-200 metr. Qadimgi Amudaryoning miosen va Pliotsen gil-qum yotqiziqlaridan tuzilgan Ung&#8217;uzorti Qoraqumida qator tepa qumlarining balandligi 40-60 metr, ular oralig&#8217;i esa o&#8217;rtacha 0,5 kilometr bo&#8217;lgan qator sho&#8217;rxok soyliklardan iborat. Ung&#8217;uzorti platosi epigersin plitada joylashgan bo&#8217;lib, ustini qalin mezokaynozoy yotqiziqlari qoplagan. Platoning yuzasi nisbatan tekis bo&#8217;lib, ko&#8217;proq paleogen davrining qumtosh, mergel va gillaridan tashkil topgan. Bular orasida gips va oltingugurt qatlamlari uchraydi. Markaziy (Past) Qoraqum chekka bukilmada joylashgan bo&#8217;lib, paleozoy jinslaridan iborat. Amudaryo Markaziy Qoraqumdan (bundan taxminan 20-30 ming yil avval) oqmay qo&#8217;ygan. Hazar dengizi (taxminan 15-20 ming yil avval) Markaziy Qoraqumda sathi 50 metr mutlaq balandlikdagi keng qo&#8217;ltiq hosil qilganda, uning suvi sho&#8217;r edi, chunki Amudaryo Xorazm botig&#8217;i tomon oqqan. Qoraqumning iqlimi keskin kontinental, quruq subtropikka xos xususiyatlari bor (mo&#8217;tadil havo massalari yozda tropik havo massalari bilan almashinib turadi). Shimolda yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -5\u00b0, Janubda 3\u00b0, iyulniki shimolda 28\u00b0, Janubda 34\u00b0. Havo temperaturasining sutkalik amplitudasi juda katta (50\u00b0gacha, tuproqda 80\u00b0gacha). Yillik yog&#8217;in 60 mm dan 150 mm gacha (Janubda ko&#8217;proq). Yog&#8217;inning 70% noyabr\u2014aprelda yog&#8217;adi. Vegetatsiya davri 220-275 kun. Yiliga 30-60 kun garmsel esadi. Qoraqumning shimoli-Sharqiy chegarasidan Amudaryo oqib o&#8217;tadi; Tajan va Murg&#8217;ob daryolari qumga singib ketadi. Qoraqum grunt suvlariga boy: Amudaryo yaqinida 3-6 metrdan (bu Daryo Qoraqumdagi hamma yer osti suvlarining asosiy manbaidir), Qorabel qirlarida 300 metrgacha chuqurlikda yotadi. Qoraqumda bo&#8217;z qo&#8217;ng&#8217;ir (asosan, Ung&#8217;uzorti Qoraqumda), cho&#8217;l qum tuproqlari, sho&#8217;rxoklar va taqir tuproqlar tarqalgan. Janub va Janubi-Sharqiy qismlarida qisman bo&#8217;z tuproqlar uchraydi. Bahorda Qoraqumning barxan qumlaridan tashqari hamma hududi efemer va efemeroidlar bilan qoplanadi. Rang (Iloq) qo&#8217;ylarning asosiy ozuqasi, oq va qora saksovul, butalardan Qandim, quyon-suyak, chakanda, astragallar Qoraqumning tropik o&#8217;simliklaridir. Barxan qumlarini mustahkamlashda selin, quyonsuyak va Qandim, cherkez katta ahamiyatga ega. Sut emizuvchi hayvonlardan jayran, qarsaq tulki, bo&#8217;ri, barxan mushugi, dasht mushugi, kemiruvchilar uchraydi. Qushlardan boyqush, to&#8217;rg&#8217;ay, cho&#8217;l qarg&#8217;asi, chumchuqlar yashaydi. Sudraluv-chilardan ilonlar (charx ilon, o&#8217;q ilon, dasht bo&#8217;g&#8217;ma iloni, ko&#8217;zoynakli ilon va boshqalar), kaltakesaklar \u2014 agama, gekkon, echkemar (uzunligi 1,5 metrgacha), dasht toshbaqasi xos. Falanga, qoraqurt va chayonlar bor. Cho&#8217;lning ko&#8217;p qismi qo&#8217;y va tuyalar uchun yil bo&#8217;yi yaylov. Foydali qazilmalari: oltingugurt, neft, gaz. Qoraqumning Janubi qismidan Qoraqum kanali o&#8217;tgan. Qoraqum orqali O&#8217;rta Osiyo \u2014 Markaz gaz quvuri o&#8217;tkazilgan. Qoraqumda ekstensiv chorvachilik mavjud. Daraxtlar o&#8217;tkazish va ko&#8217;chma qumlarni mustahkamlash hamda yaylov o&#8217;simliklari fitomelioratsiyasi bo&#8217;yicha ishlar amalga oshirilgan. Janubiy- Sharqiy Qoraqumda Turkmaniston faning Repetek qumli cho&#8217;l ilmiy tadqiqot stantsiyasi joylashgan. Ad.: Fedorovich B.A., Lik pustini, M., 1954; Babaev A.G., Pustinya Karakumi, Ashxabad, 1963; Turkmenistan, M., 1969; Petrov M.P., Pustini zemnogo shara, L., 1973; Pustini Tsentralnoy Azii, M. \u2014 L., 1966-67. Murod Mamatqulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qoraqum \u2014 Osiyodagi eng katta qumli cho&#8217;l. O&#8217;rta Osiyoning Janubda. Turkmanistonning asosiy qismini egallaydi. Shimolda Sariqamish botig&#8217;i, shimoli- Sharqda va Sharqda Amudaryo vodiysi, Janubi-Sharqda Qorabel va Bodxiz qirlari, Janubda Kopetdog&#8217; &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qoraqum-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112525","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112525","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112525"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112525\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112526,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112525\/revisions\/112526"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112525"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112525"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112525"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}