{"id":112529,"date":"2024-01-03T14:49:03","date_gmt":"2024-01-03T11:49:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112529"},"modified":"2024-01-03T14:49:04","modified_gmt":"2024-01-03T11:49:04","slug":"qishloq-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qishloq-2\/","title":{"rendered":"Qishloq"},"content":{"rendered":"\n<p>Qishloq \u2014 aholisi, asosan, dehqonchilik, chorvachilik va qishloq xo\u2019jaligining boshqa sohalarida band bo&#8217;lgan aholi manzilgohi. Qishloq faqat aholisining mashg&#8217;uloti bilan emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, tabiiy geografik va turmush tarzi bilan ham shahardan farq qiladi. Qishloq \u2014 O&#8217;zbekiston Respublikasi ma&#8217;muriy-hududiy tuzilishidagi eng quyi bo&#8217;g&#8217;in. Qishloqning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyati aholini yerdan qay darajada foydalanishi, joyning tabiiy-geografik shart-sharoitlari bilan bog&#8217;liq. Shu bois Qishloqlar tarixan katta-kichik bo&#8217;lgan, turar joylar ham shunga qarab joylashgan. Tekis, sersuv va tuprog&#8217;i serunum, umuman, tabiiy sharoiti qulay joylarda yirik Qishloqlar joylashib, aholi ancha gavjum yashagan, asosan, dehqonchilik, bog&#8217;dorchilik bilan shug&#8217;ullangan. Tekis, lekin suvi kam bo&#8217;lgan joylarda (cho&#8217;l va dashtlarda) aholi ko&#8217;proq chorvachilik bilan mashg&#8217;ul bo&#8217;lgan. Bunday joylarda Qishloqlar kichik, bir-biridan ancha uzo\u0439da, asosan, quduqlar yonida joylashgan. Tog&#8217;li hududlarda Qishloqlar ko&#8217;proq soy, buloqlar bo&#8217;yida tarkib topgan. Qishloqlar umumiy bir markazga \u2014 qishloq fuqarolik yig&#8217;inlariga ega bo&#8217;lgan, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan bir-biriga uzviy bog&#8217;langan kichik aholi manzilgohlariga ham bo&#8217;linishi mumkin. Ular O&#8217;zbekistonda mahallalarga ajraladi. Tarixda mahallalarning bir Qishloqga birlashishi aholining dehqonchilikning muayyan turi bilan shug&#8217;ullanishi, bir qabilaga mansubligi, bir ariqdan suv ichishi, hashar, to&#8217;y va ma&#8217;rakalarni birga o&#8217;tkazishi va shu kabilarga bog&#8217;liq bo&#8217;lgan. Qishloq kishilarning ijtimoiy va tarixiy tarkib topgan birligidir. Ularning vujudga kelishi jamiyat taraqqiyoti va hududiy mehnat taqsimotidagi o&#8217;zgarishlar bilan bog&#8217;liq bo&#8217;ladi. Sanoatning rivojlanishi va urbanizatsiya munosabati bilan dunyoda qishloq aholisi salmog&#8217;i kamaymoqda. O&#8217;zbekiston Qishloqlaridagi aholi salmog&#8217;i ortmoqda. Buning asosiy sababi Qishloqlarda aholining takror barpo bo&#8217;lish jarayonining shaharlardagiga nisbatan bir qadar jadal kechishidadir. 1970-90 yillarda O&#8217;zbekiston aholisining 60% Qishloqlarda yashagan. Respublikada tug&#8217;ilishning nisbatan yuqoriligi ma&#8217;lum darajada oilalarning ko&#8217;pchiligi Qishloq sharoitida, Qishloq turmush tarzida yashab kelayotganligi bilan bog&#8217;liq. Masalan, 1990 yilda Qishloqlarda har 1000 kishiga 39 ta bola tug&#8217;ilgan bo&#8217;lsa, shaharlarda 26 ta bola tug&#8217;ilganligi qayd etilgan. Mustaqillik yillarida aholi turmush tarzida iqtisodiy-ijtimoiy o&#8217;zgarishlar sodir bo&#8217;ldi. 1995 yilda O&#8217;zbekiston Qishloqlarida tug&#8217;ilishning yig&#8217;indi koeffisienti 4,12 ni tashkil etib, aholi takror barpo bo&#8217;lishining kengaygan turiga mansub bo&#8217;lsa, 2001 yilda bu ko&#8217;rsatkich 2,75 ga tushdi va aholi takror barpo bo&#8217;lishining oddiy (normal) turini ta&#8217;minlamoqda. Bu holat O&#8217;zbekiston Qishloq oilalarida ko&#8217;p bolalilikdan o&#8217;rtacha bolalilikka o&#8217;tish jarayoni ro&#8217;y berayotganini ko&#8217;rsatadi. Qadimiy Qishloqlar aholining mavsumiy manzilgohlaridan tashkil topgan. O&#8217;zbekiston hududidagi Qishloqlar dastlab kishilarning qish faslida istiqomat qiladigan joyi sifatida vujudga kelgan (&#171;Qishloq&#187; nomi ham shundan). Odamlar asta-sekin dehqonchilik bilan shug&#8217;ullanib, o&#8217;troqlik davriga o&#8217;tgach, Qishloqlar ko&#8217;paydi va kengaydi. Ibtidoiy jamiyat davrida shakllangan urug&#8217; birlashmalari o&#8217;troqlik davrida ham saqlanib, bir urug&#8217; bir Qishloqqa o&#8217;rnashgan. Hozirgi ayrim Qishloqlar o&#8217;sha urug&#8217;nomi bilan yuritiladi. Keyinchalik urug&#8217;larning qabilalarga birlashishi natijasida yirik yoki bir-biriga yaqin joylashgan Qishloqlar paydo bo&#8217;ldi. Masalan, Kenagas, Manaq, Mang&#8217;it, Mingli, Nayman, Mitan va boshqalar. Quldorlik davrida ko&#8217;p mamlakatlarda quldorlarning yerlarida ishlaydigan kishilarning bir joyga o&#8217;rnashishi bilan ham Qishloq paydo bo&#8217;lgan. Bu Qishloqlar shu yer egasining nomi bilan yoki joyning geografik holatiga qarab atalgan. Hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi bilan ham yangi Qishloqlar vujudga kelib, kengayib bordi. Karvon yo&#8217;llarida, daryolarning kechuv joylarida ham Qishloq yuzaga kelgan: Yettikechuv, Qizilkechuv, Qorakechuv, Langar va boshqalar. Hunarmandchilik va savdo rivojlanib, dehqonchilik ajralib chiqa boshlagach, shaharlar yuzaga keldi. Ilk ijtimoiy formasiyalarda aholining ko&#8217;pchiligi Qishloqlarda yashaganligi uchun jamiyatning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy xususiyatlari Qishloq hayoti bilan belgilangan. Dastlabki davrlarda Qishloq jamoa boshlig&#8217;i, keyinchalik saylanadigan jamoa oqsoqoli yoki jamoa yig&#8217;ini tomonidan boshqarilgan. Qishloqlarning tashqi ko&#8217;rinishi, qurilishi ham davrdan-davrga o&#8217;zgarib borgan. Masalan, Xorazm hududida, Sug&#8217;dda 6-7-asrlarda yangi tipdagi Qishloqlar \u2014 katta-katta boy oilalar yashaydigan qasr-qo&#8217;rg&#8217;onlar bo&#8217;lgan, oddiy dehqonlar esa mayda qo&#8217;rg&#8217;onchalarda yashardilar. Har bir qasr-qo&#8217;rg&#8217;onning atrofi mudofaa devori bilan o&#8217;ralgan bo&#8217;lib, o&#8217;rtasida ko&#8217;shki bo&#8217;lgan. Temuriylar davrida hoz. O&#8217;rta Osiyo hududida Qishloqlarni obodonlashtirishga, ariq va kanallar qazib, bog&#8217;-rog&#8217;lar barpo qilishga ahamiyat berilgan. Yevropa mamlakatlarida sanoat, ishlab chiqarishning rivojlanishi Qishloq hayotiga ham kuchli ta&#8217;sir ko&#8217;rsatdi. Qishloqlar 20-asrning 2-yarmida ancha rivojlandi. Qishloq aholisining turmush tarzi yaxshilandi. Qishloqlardagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayot tarzi tubdan o&#8217;zgardi. So&#8217;nggi davrda Qishloqlar kamayib, shaharlar salmog&#8217;i ortib bordi. Hozirda Qishloq aholisi jahon aholisining qariyb 53%ni tashkil etadi. Yuridik maqomi. &#171;O&#8217;zbekiston Respublikasida ma&#8217;muriy hududiy tuzilish, toponimik ob&#8217;yektlarga nom berish va ularning nomlarini o&#8217;zgartirish masalalarini hal etish tartibi to&#8217;g&#8217;risidagi&#187; O&#8217;zbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgustdagi qonunida Qishloqlar, ovullarni tuzish va tugatish, chegarasini o&#8217;zgartirish, aholi punktlarini birlashtirish, ma&#8217;muriy markazlarini belgilash va ko&#8217;chirish, nom berish va ularning nomlarini o&#8217;zgartirish va boshqa vazifalar tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan, xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasida esa \u2014 Jo&#8217;qorg&#8217;i Kenges tomonidan amalga oshiriladi deyilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qishloq \u2014 aholisi, asosan, dehqonchilik, chorvachilik va qishloq xo\u2019jaligining boshqa sohalarida band bo&#8217;lgan aholi manzilgohi. Qishloq faqat aholisining mashg&#8217;uloti bilan emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, tabiiy geografik va turmush tarzi bilan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qishloq-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112529","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112529","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112529"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112529\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112530,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112529\/revisions\/112530"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112529"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112529"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112529"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}