{"id":112537,"date":"2024-01-03T15:55:55","date_gmt":"2024-01-03T12:55:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112537"},"modified":"2024-01-03T15:55:56","modified_gmt":"2024-01-03T12:55:56","slug":"qazi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qazi\/","title":{"rendered":"Qazi"},"content":{"rendered":"\n<p>Qazi \u2014 ot go&#8217;shtidan tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsuloti. Qazini tayyorlash uchun otning to&#8217;sh va peshnob yoki lahm qismi go&#8217;shti va yog&#8217;i eni 3-4 santimetr, uzunligi 10-15 santimetr qilib tilimlanadi. Tilimlar tog&#8217;oraga solinib tuz, murch va zira bilan yaxshilab aralashtiriladi (1 kilogramm go&#8217;shtga 0,5 kilogramm ot yog&#8217;i, 50 gramm tuz, 15 gramm murch, 25 gramm zira) va 4 soatdan 24 soatgacha salqin joyda saqlanadi. Ot (mol) ning 45-50 santimetr uzunliqdagi ichagi ag&#8217;darilib, sovuq suvda yuviladi, shilimshiq moddasi tuz bilan ishqalab yoki 2% li sirkali suv bilan tozalanadi. Ichakning bir uchiga cho&#8217;p suqib (ichak sitplib chiqib ketmasligi uchun), orqasidan pishiq ip bilan mahkam bog&#8217;lab, ikkinchi uchidan tayyor tilimlar bir go&#8217;sht va bir yog&#8217;zich qilib tiqiladi. Ichak to&#8217;lgach, ikkinchi tomoni ham cho&#8217;p suqib qattiq bog&#8217;lanadi, ikkala uchini biriktirib, saqlash uchun osib qo&#8217;yiladi. 2-3 kundan so&#8217;ng Qazi tayyor bo&#8217;ladi. Qazini 10-12 santimetr qalinlikda un yoki kepakka ko&#8217;mib, 2 yilgacha saqlash mumkin. Qazini pishirishda qozondagi sovuq suvga solinib 1,5\u20142 soat middiratib qaynatiladi. Qazi qaynab chiqqandan so&#8217;ng, ko&#8217;pigi olinib, yorilib ketmasligi uchun bir necha joyiga nina uriladi. Dasturxonga parrakparrak qilib, noringa qo&#8217;shib yoki yaxna tarzida murchli piyoz yoki salatlar bilan tortiladi. Qazi Toshkentda ko&#8217;p tayyorlanadi. Qazi mo&#8217;g&#8217;ullar, qozoqlar, qirg&#8217;izlar, turkmanlarda ham mavjud.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qazi \u2014 ot go&#8217;shtidan tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsuloti. Qazini tayyorlash uchun otning to&#8217;sh va peshnob yoki lahm qismi go&#8217;shti va yog&#8217;i eni 3-4 santimetr, uzunligi 10-15 santimetr qilib tilimlanadi. Tilimlar tog&#8217;oraga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qazi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112537","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112537","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112537"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112537\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112546,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112537\/revisions\/112546"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112537"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112537"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112537"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}