{"id":112741,"date":"2024-01-05T10:21:53","date_gmt":"2024-01-05T07:21:53","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112741"},"modified":"2024-01-05T10:21:59","modified_gmt":"2024-01-05T07:21:59","slug":"qrim-tatar-tili","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qrim-tatar-tili\/","title":{"rendered":"Qrim-tatar tili"},"content":{"rendered":"\n<p>Qrim-tatar tili &#8212; turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub til. Asosan, O&#8217;zbekiston va Ukrainaning bir qator hududlarida, qisman Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Gruziya, Ozarbayjon, Ruminiya va Turkiyada tarqalgan. So&#8217;zlashuvchilarning umumiy soni 800 ming kishiga yaqin (1990-yillar oxiri). Qrim-tatar tili tarixan tipologik jihatdan bir tekis rivojlanmagan. Unda 3 ta: shimol (dasht), o&#8217;rta va Janubiy lahjalar mavjud bo&#8217;lib, ularning birinchisi no&#8217;g&#8217;ay tiliga, uchinchisi o&#8217;g&#8217;uz tillariga yaqin turadi. Lahjaviy farqlar fonetika, morfologiya va leksika sohalarida kuzatiladi. Fonetik xususiyatlari sifatida lab va tanglay ohangdoshligining 2-bo&#8217;g&#8217;inga ta&#8217;siri, 2-darajali cho&#8217;ziq unlilarning mavjudligi, ba&#8217;zan so&#8217;z boshidagi va oxiridagi h undoshining tushib qolishi (ava&lt;hava, saba&lt;Sabah, &#171;tong&#187;) va b.ni ko&#8217;rsatish mumkin. Kishilik olmoshlarining qaratqich kelishigidagi 1-shaxs birlik va ko&#8217;plik &#171;mening, bizning&#187; shakllarining &#171;menim, bizim&#187; tarzida qo&#8217;llanishi va boshqalar. Qrim-tatar tilining morfologik belgilaridandir. Leksikasida shu tilning o&#8217;zigagina xos bo&#8217;lgan &#171;Balaban&#187; (katta), &#171;qo&#8217;ranta&#187; (oila) kabi so&#8217;zlar bilan bir qatorda Arab, fors, grek, italyan tillaridan o&#8217;zlashgan so&#8217;zlar ham ko&#8217;pchilikni tashkil etadi. 20-asrgacha bo&#8217;lgan adabiy Qrim-tatar tili Oltin O&#8217;rda turkiy adabiy tilidan kelib chiqqan va unda Qrim xonlarining ko&#8217;plab farmon va yorliqlari saqlanib qolgan. Eng qadimgi yozma yodgorligi 13-asrga mansub. 19-asrdan adabiy til bir necha marta isloh qilingan va so&#8217;zlashuv tiliga yaqinlashtirilgan. Hozirgi adabiy til o&#8217;tgan asrning 20-yillarida o&#8217;rta lahja asosida shakllangan. 1929 yilgacha Arab grafikasi, keyinchalik lotin grafikasi asosidagi yozuvdan foydalanilgan, 1938 yildan esa rus grafikasiga asoslangan yozuv joriy etilgan. Ad.: Baskakov N.A., Vvedenie v izuchenie tyurkskix Yazikov, 2-izd., M., 1969: Memetov A., Istochniki formirovaniya leksiki kr1mskotatarskogo yazika. T., 1988.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qrim-tatar tili &#8212; turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub til. Asosan, O&#8217;zbekiston va Ukrainaning bir qator hududlarida, qisman Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Gruziya, Ozarbayjon, Ruminiya va Turkiyada tarqalgan. So&#8217;zlashuvchilarning umumiy soni 800 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qrim-tatar-tili\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112741","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112741","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112741"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112741\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112763,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112741\/revisions\/112763"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112741"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112741"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112741"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}