{"id":112744,"date":"2024-01-05T10:21:58","date_gmt":"2024-01-05T07:21:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112744"},"modified":"2024-01-05T10:22:06","modified_gmt":"2024-01-05T07:22:06","slug":"quyosh-radiatsiyasi-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/quyosh-radiatsiyasi-2\/","title":{"rendered":"Quyosh radiatsiyasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Quyosh radiatsiyasi &#8212; Quyoshning elektromagnit va korpuskulyar (zarra) nurlanishi. Quyosh radiatsiyasi Yerdagi deyarli barcha jarayonlarning energiya manbai hisoblanadi. Korpuskulyar Quyosh radiatsiyasi asosan protonlardan iborat bo&#8217;lib, yer yaqinidagi tezligi 300-1500 km\/sekund o&#8217;rtacha kontsentrasiyasi 5-80 ion\/sm2. Quyosh faolligi maksimum, bo&#8217;lganda va katta chaqnashlardan keyin yer yaqinidagi protonlar kontsentrasiyasi 103 ion\/sm2 gacha yetadi. Quyosh chaqnashlari paytida katta energiyali (7-103 ev) zarrachalar (asosan, protonlar) paydo bo&#8217;ladi. Yerga tushayotgan umumiy kosmik nurlar chaqnashini Quyosh radiatsiyasi ko&#8217;rinishida ifodalaydi. Quyosh elektromagnit nurlanishining asosiy qismi spektrning ko&#8217;zga ko&#8217;rinadigan nurlari qismiga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Quyosh to&#8217;la nur energiyasining yer atmosferasidan tashqarida (Quyoshdan 1 astronomik birlik uzoqlikda)gi Quyosh nurlariga tik bo&#8217;lgan 1 sm2 yuzada 1 minutda tushadigan miqdoriga quyosh doimiysi deyiladi. Quyosh doimiysi Quyoshning u.mumiy energiyasini hisoblash, tadqiq etish, uning yerga ta&#8217;sirini o&#8217;rganish maqsadida maxsus aktinometrik stansiyalarda o&#8217;lchab boriladi. Quyosh doimiysining hozirgi paytdagi qiymati 1,95 kal\/ (sm2\/min) yoki 136-106 erg\/(sm2\/sekund). Quyosh faolligi maksimumga yetganda Quyosh nurlanishi bir oz ortadi, lekin bu miqdor umumiy nurlanishning 1% dan ortmaydi. Quyoshning radionurlanishlari yer atmosferasidan to&#8217;liq o&#8217;tmaydi, chunki atmosfera radiodiapazonning bir necha millimetrdan bir necha metrgacha qismi uchungina shaffofdir. Radionurlanishlar Quyoshning faolligi bilan bog&#8217;liq. Quyosh radionurlanishlari juda ham kuchsiz bo&#8217;lib, F=10~22 Vt\/(m2 sekts) birlikda o&#8217;lchanadi. Quyoshning qisqa to&#8217;lqinli nurlanishlari yer atmosferasida to&#8217;la yutilib qoladi. Bu nurlanishlarga oid ma&#8217;lumotlar asosan, geofizik raketalar, yer sun&#8217;iy yo&#8217;ldoshlari va kosmik zondlar yordamida olinadi. Quyoshning rentgen nurlanishlari (to&#8217;lqin uzunligi \\A dan 100 A gacha) tutash va ayrim chiziqlarning nurlanishidir. Bu nurlanishlarning intensivligi quyosh faolligiga mos ravishda kuchli o&#8217;zgaradi (yer orbitasida 0,13\u20141erg\/sm2-sekund) va faollik Maksimumga yetganda rentgen nurlanishlari spektrning qisqa to&#8217;lqinlarida kuchayadi. Quyoshning rentgen va ultrabinafsha nurlari juda oz (15 erg\/sm2sek) energiya olib kelsada, bu nurlanishlar yer atmosferasining yuqori qatlamlariga kuchli ta&#8217;sir qiladi. Quyoshda gamma nurlanishlari ham topilgan, lekin u yetarlicha o&#8217;rganilmagan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Quyosh radiatsiyasi &#8212; Quyoshning elektromagnit va korpuskulyar (zarra) nurlanishi. Quyosh radiatsiyasi Yerdagi deyarli barcha jarayonlarning energiya manbai hisoblanadi. Korpuskulyar Quyosh radiatsiyasi asosan protonlardan iborat bo&#8217;lib, yer yaqinidagi tezligi 300-1500 km\/sekund &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/quyosh-radiatsiyasi-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112744","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112744","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112744"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112744\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112766,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112744\/revisions\/112766"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112744"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112744"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112744"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}