{"id":112799,"date":"2024-01-05T11:56:07","date_gmt":"2024-01-05T08:56:07","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112799"},"modified":"2024-01-05T11:56:09","modified_gmt":"2024-01-05T08:56:09","slug":"qarsak-oyin","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qarsak-oyin\/","title":{"rendered":"Qarsak o&#8217;yin"},"content":{"rendered":"\n<p>Qarsak o&#8217;yin \u2014 o&#8217;zbek xalq raqslari turkumi. &#171;Besh qarsak&#187; va &#171;Mayda qarsak&#187; bo&#8217;limlaridan iborat. &#171;Mayda qarsak&#187;, o&#8217;z navbatida, &#171;Yakka qarsak&#187;, &#171;qo&#8217;sh qarsak&#187; va &#171;tez&#187; (yoki &#171;uzma&#187;) nomli o&#8217;yinlarni o&#8217;z ichi- ga oladi. Unda qarsaklar bilan hosil qilinadigan usul, bayt, bir ovozda ay- tiladigan yallalar va raqs harakatlari birlashadi. Ko&#8217;p joylarda ijrochilar yonma-yon turgan yoki o&#8217;tirgan holda davra yoki yarim davra hosil qilib, o&#8217;rtadagi o&#8217;yinchiga hamohang bo&#8217;lib, usulga mos chayqalib turadilar. &#171;Mayda qarsak&#187; bo&#8217;limlari bir-biridan ajratilmasdan yaxlit ijro etiladi. Har bo&#8217;limda o&#8217;nlab xalq kuylari bo&#8217;ladi, biroq bir xil qarsak usuli bilan olib boriladi. 2-bo&#8217;limga o&#8217;tgach, qarsak ritmi o&#8217;zgarib, raqs harakatlarini yangilaydi. &#171;Besh qarsak&#187; yonmayon turib davra hosil qilgan holda ma&#8217;lum sur&#8217;at va usulda uriladigan besh qarsak (311) va ayrim xitoblar vositasi bilan o&#8217;ynaladigan ommaviy raqsdir. Uning katta davralarida 20 va undan ziyod kishi ishtirok etadi. Ular bir tempda qarsak urib turish bilan birga u yonbu yonga chayqalib, o&#8217;tiribturib, bukilib va ayni vaqtda yon bilan o&#8217;ng tomonga harakatlanib o&#8217;ynaydilar. O&#8217;yinda rechitativsimon baytlar bo&#8217;lib turadi. Davradagi o&#8217;yinchining harakatlari shiddatli va jangovar bo&#8217;ladi. U ko&#8217;proq qo&#8217;l, bel, yelka, ko&#8217;krak harakatlarini ishlatadi, yuzida sonsanoqsiz ifodalar hosil qiladi, goh bukilib, goh g&#8217;oz turib, goh cho&#8217;kkalab o&#8217;ynaydi. Ba&#8217;zan &#171;Besh qarsak&#187;da ichmaich ikki halqa davra hosil qilingan, ikki o&#8217;yinchi kuch sinashgan. Davradagi qarsakchilar ham, o&#8217;yinchilar ham badihago&#8217;y \u2014 improvizator bo&#8217;lishgan. Qarsak o&#8217;yinning elementlari ovchilik va zardushtiylik bilan bog&#8217;liq holda paydo bo&#8217;lib, borabora madaniylashgan va bazmlarda ko&#8217;rsatiladigan tomoshaga aylangan. 14-16-asrlarda u saroy bazmlarini ham bezagan. Qarsak o&#8217;yin taxminan 18-asr oxiri \u2014 19-asr boshida 2 ga bo&#8217;linib ketgan: &#171;mayda qarsak&#187; tobora kengroq hududni egallab, vodiy madaniyatining bir qismiga aylanib boradi. &#171;Besh qarsak&#187;, asosan, tog&#8217;li tumanlarda saqlangan. Qarsak o&#8217;yin Jizzax, Samarqand, Buxoro va Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida saqlanib kelmoqda. Ko&#8217;p joylarda (masalan, Urgutda) &#171;mayda qarsak&#187;ning o&#8217;yin va ashulalari badiiy havaskorlik uchun ijod va repertuar manbaidir. &#171;Bahor&#187; va &#171;shodlik&#187; ansambllarining ba&#8217;zi raqslarida Qarsak o&#8217;yin an&#8217;analarini ko&#8217;ramiz. Muhsin Qodirov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qarsak o&#8217;yin \u2014 o&#8217;zbek xalq raqslari turkumi. &#171;Besh qarsak&#187; va &#171;Mayda qarsak&#187; bo&#8217;limlaridan iborat. &#171;Mayda qarsak&#187;, o&#8217;z navbatida, &#171;Yakka qarsak&#187;, &#171;qo&#8217;sh qarsak&#187; va &#171;tez&#187; (yoki &#171;uzma&#187;) nomli o&#8217;yinlarni o&#8217;z ichi- &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qarsak-oyin\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112799","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112799","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112799"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112799\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112800,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112799\/revisions\/112800"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112799"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112799"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112799"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}