{"id":112851,"date":"2024-01-05T13:07:52","date_gmt":"2024-01-05T10:07:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112851"},"modified":"2024-01-05T13:07:54","modified_gmt":"2024-01-05T10:07:54","slug":"quddus-ierusalim","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/quddus-ierusalim\/","title":{"rendered":"Quddus, Ierusalim"},"content":{"rendered":"\n<p>Quddus, Ierusalim (Arabcha Al- Quds, qadimgi yahudiy tilida Ierushalaim) \u2014 Falastindagi shahar, o&#8217;lik dengizning g&#8217;arbidagi chala cho&#8217;lli yassitog&#8217;likda joylashgan. Aholisi 692,3 ming kishi (2003). Transport yo&#8217;llari chorrahasi. Sanoat, savdo-transport va madaniyat markazi. To&#8217;qimachilik, ko&#8217;n-poyabzal, metallsozlik, farmasevtika, poligrafiya, radiotexnika sanoati korxonalari mavjud. Olmosga ishlov beriladi. Hunarmandchilik rivojlangan. Quddus \u2014 musulmon, yahudiy va xristianlarda &#171;muqaddas shahar&#187; hisoblanadi. Quddus haqidagi dastlabki ma&#8217;lumotlar miloddan avvalgi 2-ming yillikning o&#8217;rtalariga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Dastlab Rushalimum (Shalim xudosi shahri), yozma manbalarda miloddan avvalgi 15-asrdan Urushalaim nomi bilan tilga olingan. Ierushalaim qadimgi Yahudiylar tilida &#171;tinchlik shahri&#187;, Arabcha al- Quds \u2014 &#171;muqaddas&#187; shahar ma&#8217;nolarini anglatgan. Shahar qadimgi va o&#8217;rta asrlarda turli davlatlar (yahudiylar podsholigi, Rim imperiyasi, Vizantiya, Arab xalifaligi, Usmonli turk saltanati) tarkibida bo&#8217;lgan. 1920-47 yillarda Falastin hududidagi inglizlar mandatining ma&#8217;muriy markazi. 1947 yil 29 noyabrdagi BMT qaroriga muvofiq mustaqil ma&#8217;muriy birlik qilib ajratilgan. 1948-49 yillardagi Arab-Isroil urushi natijasida Isroil (g&#8217;arbiy qismi) bilan Iordaniya (Sharqiy qismi) o&#8217;rtasida ikkiga bo&#8217;lindi. 1950 yilda Quddusning g&#8217;arbiy qismini Isroil hukumati BMT qaroriga xilof ravishda mamlakat poytaxti deb e&#8217;lon qildi. 1967 yilda Isroil Quddusning Sharqiy qismini ham bosib oldi va 1980 yil 30 iyulda Quddusni &#171;abadiy va bo&#8217;linmas poytaxt&#187; deb e&#8217;lon etdi. BMTning (1967 \u2014 71) qarorlariga muvofiq Quddus bo&#8217;yicha barcha anneksiyalar bekor qilingan. Shahar 2 qism: eski shahar va yangi shahardan iborat. Eski shahar 16-asrda qal&#8217;a devori bilan o&#8217;ralgan. Musulmon, yahudiy va xristianlar dahalari ajralib turadi. Me&#8217;moriy yodgorliklardan ellinizm va Rim davri hamda Arab madaniyati yodgorliklaridan Qubbat as-Sahro, al-Aqso masjidlari va cherkovlar, qal&#8217;alar saqlangan. 19-asrning 2-yarmidan qurila boshlagan yangi shaharda zamonaviy binolar, universitet majmuasi, tibbiyot markazi, milliy muzey, yahudiy universiteti (1918) va boshqalar bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Quddus, Ierusalim (Arabcha Al- Quds, qadimgi yahudiy tilida Ierushalaim) \u2014 Falastindagi shahar, o&#8217;lik dengizning g&#8217;arbidagi chala cho&#8217;lli yassitog&#8217;likda joylashgan. Aholisi 692,3 ming kishi (2003). Transport yo&#8217;llari chorrahasi. Sanoat, savdo-transport va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/quddus-ierusalim\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112851","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112851","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112851"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112851\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112854,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112851\/revisions\/112854"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112851"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112851"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112851"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}