{"id":112869,"date":"2024-01-05T14:43:28","date_gmt":"2024-01-05T11:43:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112869"},"modified":"2024-01-05T14:43:40","modified_gmt":"2024-01-05T11:43:40","slug":"qora-dengiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qora-dengiz\/","title":{"rendered":"Qora dengiz"},"content":{"rendered":"\n<p>Qora dengiz \u2014 Atlantika okeanining materiklararo dengizi, Yevropa bilan kichik Osiyo yarim oroli oralig&#8217;ida joylashgan. Kerch bo&#8217;g&#8217;ozi orqali Azov, bosfor bo&#8217;g&#8217;ozi orqali marmar, Dardanell bo&#8217;g&#8217;ozi orqali Egey va O&#8217;rta dengizlari bilan tutashgan. Rossiya, Ukraina, Moldova, Gruziya, Turkiya, Bolgariya va Ruminiya qirg&#8217;oqlarini yuvib turadi. Maydoni 422 ming km2. Dengiz g&#8217;arbdan sharqqa 1130 kilometr, shimoldan janubga 260 kilometrgacha cho&#8217;zilgan. Eng chuqur joyi 2210 metr. Qirg&#8217;oqlarining umumiy uzunligi 4090 kilometr, kam parchalangan. G&#8217;arbiy va shimoliy-g&#8217;arbiy qirg&#8217;oqlari past, sharqi va Janubda katta va kichik Kavkaz hamda Pontiya tog&#8217;lari dengizga tik tushgan. Qrim yarim orolining janubiy sohili tog&#8217;li. Orol kam. Yirik qo&#8217;ltiqlari: Karkinit, Kalamit va Feodosiya. Qora dengizga Dunay, Dnestr, Inguri, Rioni, Chorux, sakar va boshqa daryolar quyiladi. Qora dengiz tubi geologik jihatdan bir xil emas. Shimoliy-g&#8217;arbiy qismi materik sayozligidan iborat. Chuqur cho&#8217;kmalari Alp burmalanishi natijasida hosil bo&#8217;lgan. Sharqiy qirg&#8217;oqlardagi materik yon bag&#8217;irlarida yoriq va kan&#8217;onlar uchraydi. Ayrim suv osti tog&#8217;lari 400 metr balandlikkacha ko&#8217;tarilib turadi. Dengizning chuqur botiqlari hozir ham cho&#8217;kmoqda. Qora dengizning shimoliy qismi mo&#8217;tadil zonada joylashganligi uchun qishi iliq, yozi esa issiq, Janubiy qismi subtropik va o&#8217;rta dengizbo&#8217;yi subtropik iqlim zonasida bo&#8217;lib, eng issiq va sovuq oylarning temperaturasida farq kam. Qishda dengizning shimoliy- g&#8217;arbiy qismi quruqlikdan esadigan shamollar ta&#8217;sirida sovuqroq. Bu yerda yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -2.6\u00b0, -3&#8243;. Yoz faslida dengiz Azor antisikloni ta&#8217;siri ostida bo&#8217;lgani sababli yilning boshqa fasllariga nisbatan quyoshli kunlar ko&#8217;p bo&#8217;ladi. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi dengizning deyarli barcha qismida bir xil, 25\u00b0 gacha. Yillik yog&#8217;in notekis taqsimlangan, dengizning Janubi-g&#8217;arbida eng ko&#8217;p \u2014 2450 mm. Dengiz suv balansida bug&#8217;lanishga nisbatan yoqqan yomg&#8217;ir va Daryo suvlarining kirimi ko&#8217;proq, shu sababli suv sathi O&#8217;rta va marmar dengizlari suvi sathiga nisbatan 9-12 santimetr balandroq. Bu esa Qora dengizdan marmar dengizi tomon suvning doimiy oqib turishini ta&#8217;minlaydi. Dengizda suv ko&#8217;tarilishi kam kuzatiladi. Sho&#8217;rligi yuza qismida 18\u00b0\/^^, qirg&#8217;oqlari yaqinida 16\u00b0\/0(|, 150-200 m chuqurlikda 22\u00b0\/00 gacha. O&#8217;rta dengizning sho&#8217;r suv osti oqimlari Bosfor bo&#8217;g&#8217;ozi orqali Qora dengizga o&#8217;tib turadi. Yozda dengizning yuza qatlamidagi suvining temperaturasi 25&#8243;, qirg&#8217;oq yaqinidagi sayozliklarda 28\u00b0 gacha. 150-200 metr chuqurliklarda suvning temperaturasi kam o&#8217;zgaruvchan, 8-9\u00b0. Qishda suvning temperaturasi 8&#8212;9\u00b0, dengizning shimoliy-Sharqiy va shimoliy-g&#8217;arbiy qirg&#8217;oqqa yaqin sayoz qismlari hatto muzlaydi. Qora dengizning 150-200 metr chuqurlikkacha bo&#8217;lgan qismi hayot mavjud bo&#8217;lishi uchun etarli kislorodga ega. Undan chuqurdagi suvda oltingugurt bo&#8217;lib, uning miqdori dengiz tubida 11 \u2014 14 ml\/litrga yetadi. Bu zonada faqat bakteriyalar yashaydi. Dengiz suvi ancha tiniq, ichkari qismida tiniqlik 18\u2014 21 metrdan 30 metrgacha, qirg&#8217;oqlar yaqinida esa tiniqlik kamayadi. O&#8217;simlik va hayvonot dunyosi o&#8217;ziga xos. Ular dengizning yuza qismida (50 metr chuqurlikkacha), qirg&#8217;oq bo&#8217;yida va qo&#8217;ltiqlarda ochiq dengiz hamda dengizning chuqur qismiga qaraganda qo&#8217;proq uchraydi. Qora dengiz fitobentosi, asosan, yashil, qo&#8217;ng&#8217;ir va qizil suvo&#8217;tlardan, zoobentos esa turli qisqichbaqasimoi, mollyuskalardan iborat. Dengizda baliqning 180 turi, delfinning 3 turi yashaydi. Stavrida, skumbriya, skat, seld, sazan, sudak, kefal, Taran, leshch, beluga, laqqa baliq, cho&#8217;rtan baliqva boshqalar ovlanadi. Qora dengiz transport nuqtai nazaridan ham katta ahamiyatga ega: jahonning muhim transport yo&#8217;llaridan biri. Dengiz orqali sanoat, qishloq xo\u2019jalik mahsulotlari, yo&#8217;lovchilar tashiladi. Iirik portlari: Odessa, Yalta, Kerch, Novorossiysk, Tuapse, Sochi, Suxumi, Batumi, Konstantsa, Varna, Bugras, Samsun, Trabzon va boshqalar. Qora dengiz bo&#8217;yi yirik rekreasion resurslarga ham ega. Kurort ko&#8217;p.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qora dengiz \u2014 Atlantika okeanining materiklararo dengizi, Yevropa bilan kichik Osiyo yarim oroli oralig&#8217;ida joylashgan. Kerch bo&#8217;g&#8217;ozi orqali Azov, bosfor bo&#8217;g&#8217;ozi orqali marmar, Dardanell bo&#8217;g&#8217;ozi orqali Egey va O&#8217;rta dengizlari &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qora-dengiz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112869","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112869","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112869"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112869\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112898,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112869\/revisions\/112898"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112869"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112869"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112869"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}