{"id":112905,"date":"2024-01-05T14:47:04","date_gmt":"2024-01-05T11:47:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112905"},"modified":"2024-01-05T14:47:16","modified_gmt":"2024-01-05T11:47:16","slug":"qon-aylanishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qon-aylanishi\/","title":{"rendered":"Qon aylanishi"},"content":{"rendered":"\n<p>Qon aylanishi &#8212; yurak qisqarishi tufayli qonning qon o&#8217;tkazish sistemasida harakatlanishi. Qon aylanishi organizm to&#8217;qimalari bilan tashqi muhit orasidagi moddalar almashinuvi va gomeostaz turg&#8217;unligini ta&#8217;minlaydi. Qon to&#8217;qimaga kislorod, suv, oqsil, uglevodlar, yog&#8217;, mineral moddalar, Vitaminlar va boshqalar olib keladi va to&#8217;qimadan karbonat angidrid hamda moddalar almashinuvida paydo bo&#8217;lgan boshqa chiqindi moddalarni olib ketadi. Termoregulyasiya va gumoral regulyatsiyasi amalga oshiradi. Immunitetning muhim omilidir. Qon aylanishini 1628 yil ingliz vrachi U.Garvey kashf qilgan. Ko&#8217;pchilik umurtqasiz hayvonlarda ochiq Qon aylanishi doirasi mavjud (gemolimfa gavda muskullari yoki tomirlar qisqarishi tufayli harakatlanadi). Odam va ayrim yuqori darajada rivojlangan umurtqasizlarda Qon aylanishi doirasi yopiq bo&#8217;ladi. Suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, sut emizuvchilar va qushlarda Qon aylanishi doirasi 2 ta. Odam. shu jumladan, sut emizuvchilar va qushlarda Qon aylanishi sxemasi bir xil. Yurak chap qorinchasidan chiqib, to&#8217;qimalar orqali o&#8217;ng bo&#8217;lmachaga kelgan tomirlar sistemasi katta, o&#8217;ng qorinchadan chiqib, o&#8217;pka orqali chap bo&#8217;lmachaga kelgani kichik qon aylanish doirasini tashkil etadi. Chap bo&#8217;lmachadan qon chap qorinchaga o&#8217;tadi va Qon aylanishi davom etadi. Yurak muskullarining qisqarib-bo&#8217;shashishi tufayli qon tomirlarda harakatlanadi. Yurakning bir minutda haydaydigan qon miqdori minutli hajm deyiladi. Odam tinch turganidagi minutli hajm 4-5 l ga teng, emosional ta&#8217;sir holatida esa u 3-4 marta ortadi. Yurak qonni arteriyaga portsiya bilan haydaydi. Qon quyilishi bilan arteriyalar devori kengayadi. Diastolada yig&#8217;ilgan energiya arteriyalarda qon bosimini ma&#8217;lum darajada saqlab, kapillyarlarda uzluksiz qon oqimini ta&#8217;minlaydi. Organizmdagi qonning faqat 5% i kapillyarlarda bo&#8217;ladi, biroq Qon aylanishining asosiy funktsiyasi \u2014 qon bilan to&#8217;qima orasidagi moddalar almashinuvi shu kapillyarlarda amalga oshadi. Qonning kapillyarlardagi gidrostatik bosimi sababli suyuqlik, kapillyardan to&#8217;qimaga filtrlanadi (qon plazmasining onkotik bosimi bu jarayonga to&#8217;sqinlik qiladi). Qon kapillyarlarda qarshilikka uchraydi, buni engishda u energiya yo&#8217;qotadi va qon bosimi pasayadi. Bu suyuqlikni hujayralararo bo&#8217;shliqdan kapillyarlarga o&#8217;tishiga sabab bo&#8217;ladi. Suyuklikning bir qismi hujayraaro tirqishdan limfatik tomirlarga oqib o&#8217;tadi. Suyuqlik bosimi ATM. bosimiga qaraganda (5-10 mm simob ustuniga) kam bo&#8217;lgani uchun to&#8217;qimalardan suyuqlik faol haydab turiladi. To&#8217;qimalardan qon vena qon tomiriga o&#8217;tadi. Skelet muskullarining qisqarib-bo&#8217;shashishi va nafas harakatlari qonning tomirlarda uzluksiz oqishiga sharoit yaratadi. Qon aylanishi reflektor va gumoral ta&#8217;sirlar bilan boshqariladi. Qon aylanishining mahalliy va umumiy buzilishi farqlanadi, uning mahalliy buzilishidan giperemiya, ishemiya, ateroskleroz, tromboz va boshqalar bo&#8217;lishi mumkin. Qon aylanishining umumiy buzilishi a&#8217;zo va to&#8217;qimalarga turli sabablarga ko&#8217;ra yetarli qon bormasligi tufayli yuz beradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qon aylanishi &#8212; yurak qisqarishi tufayli qonning qon o&#8217;tkazish sistemasida harakatlanishi. Qon aylanishi organizm to&#8217;qimalari bilan tashqi muhit orasidagi moddalar almashinuvi va gomeostaz turg&#8217;unligini ta&#8217;minlaydi. Qon to&#8217;qimaga kislorod, suv, oqsil, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qon-aylanishi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112905","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112905","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112905"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112905\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112924,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112905\/revisions\/112924"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112905"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112905"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112905"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}