{"id":112944,"date":"2024-01-07T09:23:12","date_gmt":"2024-01-07T06:23:12","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112944"},"modified":"2024-01-07T09:23:14","modified_gmt":"2024-01-07T06:23:14","slug":"qiziltepa-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qiziltepa-tumani\/","title":{"rendered":"Qiziltepa tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Qiziltepa tumani Navoiy viloyatidagi tuman. 1935 yil 9 Fevralda tashkil etilgan. 1962 yil 24 dekabrda G&#8217;ijduvon tumaniga qo&#8217;shilgan. 1970 yil 7 dekabrda qaytadan tashkil etilgan. Shimoldan Konimex, Navbahor tumanlari, shimoli sharqdan Karmana tumani, sharqdan Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari, Janubdan Buxoro viloyatining Kogon tumani, g&#8217;arbdan Buxoro, Vobkent va G&#8217;ijduvon tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 2,2 ming km2. Aholisi 112,4 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Qiziltepa), 8 qishloq fuqarolar yig&#8217;ini (Arabon, Bo&#8217;ston, Vang&#8217;ozi, Gardiyon, Zarmitan, Oqoltin, Xo&#8217;jahasan, Yangihayot) bor. Markazi \u2014 Qiziltepa shahri Tabiati. Tuman hududi Zarafshon vodiysining Janubi g&#8217;arbidagi kambar tekislikda. Qiziltepa va Oftobachi platolari orasida, Hazora darasi bo&#8217;ylab ketgan zarafshon daryosining ikki qirg&#8217;oq havzasi, Shohrud va Abu Muslim shohariqlari orasidagi hududlarda joylashgan. Shimoldan tuman hududiga Qizilqumning kichik bir qismi kirib kelgan. Voha Zarafshonning chap sohili bo&#8217;ylab Malikcho&#8217;l, Qiziltepa, Quyimozor adirlari, Janubdan Qarnob cho&#8217;li bilan tutashgan. G&#8217;arbdan voha Shohrud kanali o&#8217;zani bilan chegaralangan. Tumanning shimol chegarasi bo&#8217;ylab Zarafshon daryosi oqib o&#8217;tadi. To&#8217;dako&#8217;l, Quyimozor suv omborlari, suv to&#8217;g&#8217;oni qurilgan, Amu \u2014 Buxoro kanali (Qiziltepa va Quyimozor nasos stansiyalari) tuman hududi orqali o&#8217;tgan. Tuman hududining Malikcho&#8217;l, O&#8217;rtacho&#8217;l, shim.dan Qizilqum cho&#8217;llariga tutashligi iqlimga katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi, yozi jazirama issiq bo&#8217;lib, tez-tez garmsel esadi; qishi ancha ayoz. Yanvar oyining o&#8217;rtacha temperaturasi 0,4\u00b0, eng past temperatura \u2014 24\u00b0. Iyul oyining o&#8217;rtacha temperaturasi 28,3\u00b0, eng yuqori temperatura 44\u00b0. Yiliga o&#8217;rta tushadi. Vegetatsiya davri 212 kun. Tuproqlari och bo&#8217;z, o&#8217;tloqi bo&#8217;z, qumoq bo&#8217;z tuproqlardan iborat. Yovvoyi o&#8217;simliklardan qamish, ro&#8217;vak, bug&#8217;doyiq, sho&#8217;rajriq, kampirsoch, itgunafsha, suvrang, yulg&#8217;un va boshqalar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan bo&#8217;ri, tulki, quyon, chiyabo&#8217;ri, jayran va jayra uchraydi; qushlardan so&#8217;fito&#8217;rg&#8217;ay, chumchuq, chug&#8217;urchiq, zarg&#8217;aldoq, to&#8217;qayzorlarda qirg&#8217;ovul, loyxo&#8217;rak, o&#8217;rdak va boshqalar; sudralib yuruvchilardan gekkon kaltakesagi, toshbaqa, sariq ilon, echkemar; kemiruvchilardan ko&#8217;rsichqon, kichik qo&#8217;shoyoq, qumsichqon, tipratikan, kala- mush va boshqalar bor. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, tojik, rus, qozoq, tatar, ukrain, arman va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2 ga 51,9 kishi. Shahar aholisi 12 ming kishi, qishloq aholisi 100,4 ming kishi. Xo&#8217;jaligi. Paxta tozalash, un, g&#8217;isht zavodlari, neft mahsulotlari saqlash korxonasi, parrandachilik fabrikasi, qurilish tashkilotlari, mahalliy sanoat, aloqa va transport korxonalari ishlab turibdi. 3 qo&#8217;shma, 55 kichik, 1500 dan ortiq savdo va maishiy xizmat qo&#8217;rsatish shoxobchalari mavjud. Qishloq xo\u2019jalikning yetakchi tarmog&#8217;i \u2014 paxtachilik va g&#8217;allachilik, shuningdek, chorvachilik ham rivojlangan. 13 shirkat, 663 fermer xo&#8217;jaligi bor. Sug&#8217;oriladigan yerlar 32,5 ming gektarni tashkil etadi. Shu jumladan, 9,3 ming gektardan ziyod yerga paxta, 9,8 ming gektarga yaqin yerga g&#8217;alla, 107 gekta yerga sabzavot va poliz ekinlari, 15 gektar yerga kartoshka, 230 gektar yerga beda ekiladi. 625 gektar yer bog&#8217;lardan iborat. Tuman jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 52,5 ming qoramol, 78,3 ming qo&#8217;y va echki, 193,9 ming paranda, shuningdek, yilqi ham boqiladi. Tumandagi 38 umumiy ta&#8217;lim maktabida 29 mingdan ziyod o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oldi (2004). 2 litsey, internat maktabi, musiqa va san&#8217;at maktabi, 4 kasb-hunar kolleji bor. 44 kutubxona, 8 klub, 3 madaniyat uyi, 2 madaniyat va istirohat bog&#8217;i, muzey faoliyat ko&#8217;rsatadi. 3 stadion va boshqalar sport inshootlari mavjud. 2 kasalxona, 2 poliklinika, 3 ambulatoriya, 31 qishloq vrachlik punkti, 8 feldsherakusherlik punkti, 39 dorixona aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi. Bu tibbiy muassasalarda 77 vrach va 320 o&#8217;rta tibbiy xodim ishlaydi. Tuman hududidagi qishloqlarda hunarmandchilik qadimiy dan rivojlangan. Kulolchilik buyumlari, bo&#8217;yra va hokazolar tayyorlanadi. Qiziltepa tumani hududidan katta O&#8217;zbekiston trakti o&#8217;tgan. Qiziltepa \u2014 Navoiy yo&#8217;nalishida, shuningdek, G&#8217;ijduvon, Shofirkon. Vobkent shaharlariga avtobus va marshruii taksilar qatnovi yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. Me&#8217;moriy yodgorliklardan Toshmasjid majmuasi (16-asr), Xoja Boyazid Bistomiy maqbarasi va boshqalar bor. Tarixchi olim Mirzo Abdulazim Somiy Bo&#8217;stoniy (19-asr), ulamo Xoja Hasan Andoqiylar (11 \u201412-asrlar) shu tuman hududida tug&#8217;ilgan. 1971 yildan &#171;Qiziltepa tongi&#187; tuman gazeta nashr qilinadi (adadi 8000). Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qiziltepa tumani Navoiy viloyatidagi tuman. 1935 yil 9 Fevralda tashkil etilgan. 1962 yil 24 dekabrda G&#8217;ijduvon tumaniga qo&#8217;shilgan. 1970 yil 7 dekabrda qaytadan tashkil etilgan. Shimoldan Konimex, Navbahor tumanlari, shimoli &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qiziltepa-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112944","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112944","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112944"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112944\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112945,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112944\/revisions\/112945"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112944"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112944"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112944"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}