{"id":112948,"date":"2024-01-07T10:29:06","date_gmt":"2024-01-07T07:29:06","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=112948"},"modified":"2024-01-07T10:29:08","modified_gmt":"2024-01-07T07:29:08","slug":"qiyosiy-tarixiy-adabiyotshunoslik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qiyosiy-tarixiy-adabiyotshunoslik\/","title":{"rendered":"Qiyosiy-tarixiy adabiyotshunoslik"},"content":{"rendered":"\n<p>Qiyosiy-tarixiy adabiyotshunoslik, komparativizm \u2014 adabiyotshunoslikda 19-asrning 2-yarmida pozitivizm ta&#8217;siri ostida Yevropada paydo bo&#8217;lgan maktablardan biri; adabiyot tarixining xalqaro adabiy aloqalar va munosabatlarni, turli mamlakatlardagi adabiy-badiiy voqea-hodisalarning o&#8217;xshash va farqli jihatlarini o&#8217;rganuvchi bo&#8217;limi. Qiyosiy-tarixiy adabiyotshunoslik namoyandalari asosiy e&#8217;tiborni adabiy oqimlar, milliy adabiyotlar va ayrim asarlar, obraz va syujetlar o&#8217;rtasidagi o&#8217;xshashlikni aniqlashga qaratadilar, syujetlar migratsiyasini, ya&#8217;ni xalqdan xalqqa ko&#8217;chishini adabiy rivojlanishning omili deb qaraydilar. Shuni aytish kerakki, adabiy voqea-hodisalarning o&#8217;xshashligi, bir tomondan, xalqlarning ijtimoiy va madaniy rivojlanishidagi o&#8217;xshashlikka, ikkinchi tomondan esa, ular o&#8217;rtasidagi madaniy va adabiy aloqalarga asoslanadi; shunga muvofiq ravishda adabiy jarayonning tipologik o&#8217;xshashliklari hamda &#171;adabiy aloqalar va ta&#8217;sirlar&#187; farqlanadi. Odatda, ular o&#8217;zaro ta&#8217;sir, aloqada bo&#8217;lsada, biroq bu narsa ularning qo&#8217;shilib, qorishib ketishini tasdiqlamaydi. Qiyosiy-tarixiy adabiyotshunoslikning dastlabki belgilari nemis olimlari I.G.Gerder, J.Benfey, ingliz olimi J.Denlon va rus olimi F.I.Buslaev asarlarida namoyon bo&#8217;lgan bo&#8217;lsada, uning asosiy printsiplari yevropalik X.M.Poznett va rossiyalik A.N.Veselovskiy asarlarida uzil-kesil ta&#8217;rif-tavsifga ega bo&#8217;ladi. Komparativistlar, ya&#8217;ni Qiyosiy-tarixiy adabiyotshunoslik namoyandalari insoniyatning badiiy taraqqiyotiga oid ma&#8217;lumotlarni yig&#8217;ish, turli mamlakatlar adabiyotlari va folklori o&#8217;rtasidagi ayrim o&#8217;xshashlik va aloqalarni aniqlash ishiga katta hissa qo&#8217;shdilar. Biroq ular badiiy voqealarni aksar hollarda qarama-qarshi tabaqalar kurashidan holi tarzda o&#8217;rganib, asarlarning ijtimoiy mazmuniga yetarlicha e&#8217;tibor qaratmadilar, asosan, syujet, obraz, motiv, ko&#8217;chim (trop)lar kabi shakliy unsurlarga hamda ularning &#171;o&#8217;zlashtirilishi&#187;ga ahamiyat berdilar. Bu holat ma&#8217;lum darajada sxematizm va sub&#8217;yektivizmga, milliy adabiyotlar o&#8217;ziga xosligini inkor etishga, &#171;o&#8217;zlashma&#187; syujetlar rolini bo&#8217;rttirib ko&#8217;rsatishga olib keladi. 20-asr rus adabiyotshunoslaridan N.I.Konrad, V.M.Jirmunskiy, V.Ya.Propp, I.G. Neupokoeva va boshqalar, G&#8217;arbiy Yevropa va Amerika komparativistlaridan farqli ravishda, adabiyotlar va folklorni qiyosiy o&#8217;rganishda o&#8217;xshashliklarni nafaqat syujet yoki motivlarning oddiy ko&#8217;chishi sifatida, balki tipologik hodisalar sifatida izohlaydilar. O&#8217;zbek olimlaridan F.Sulaymonova, B.Sarimsoqov, K.Imomov, H.Homidiy, M.Jo&#8217;rayev va boshqalarlarning asarlarida u yoki bu darajada Qiyosiy-tarixiy adabiyotshunoslik unsurlari uchraydi. Ad.: Vzaimosvyazi i vzaimodeystvie natsionalnnx literatur. Material1 diskussii, M., 1961; Neupokoeva I . G., Problemn vzaimodeystviya sovremennnx literatur, M., 1963; Konrad N.I.,Zapad i Vostok. Stati, 2izd., M., 1972; Sulaymonova F., Sharq va G&#8217;arb, T., 1997; Jo&#8217;raev M., Shomusarov Sh., O&#8217;zbek mifologiyasi va Arab folklori, T., 2001. Bahodir Sarimsoqov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qiyosiy-tarixiy adabiyotshunoslik, komparativizm \u2014 adabiyotshunoslikda 19-asrning 2-yarmida pozitivizm ta&#8217;siri ostida Yevropada paydo bo&#8217;lgan maktablardan biri; adabiyot tarixining xalqaro adabiy aloqalar va munosabatlarni, turli mamlakatlardagi adabiy-badiiy voqea-hodisalarning o&#8217;xshash va farqli jihatlarini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qiyosiy-tarixiy-adabiyotshunoslik\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-112948","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112948","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=112948"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112948\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":112950,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/112948\/revisions\/112950"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=112948"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=112948"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=112948"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}