{"id":113082,"date":"2024-01-09T15:16:24","date_gmt":"2024-01-09T12:16:24","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113082"},"modified":"2024-01-09T15:16:26","modified_gmt":"2024-01-09T12:16:26","slug":"qishloq-xojaligi-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qishloq-xojaligi-2\/","title":{"rendered":"Qishloq xo&#8217;jaligi"},"content":{"rendered":"\n<p>Qishloq xo&#8217;jaligi &#8212; moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlaridan biri. Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari olish uchun ekinlar ekish va chorva mollarini ko&#8217;paytirish bilan shug&#8217;ullanadi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari va xalq xo&#8217;jaligining bir qancha tarmoqlarini xom ashyo bilan ta&#8217;minlaydi. Qishloq xo&#8217;jaligi o&#8217;simlik va hayvon mahsulotlarini dastlabki qayta ishlashning turli tarmoqlarini ham o&#8217;z ichiga oladi. Moddiy i.ch.ning boshqa jami sohalaridan farq qilgan holda Qishloq xo&#8217;jaligi juda katta may-donlarda va hududiy xilma xil sharoitlarda olib boriladi. Unda yer (asosiy ishlab chiqarish vositasi), yorug&#8217;lik, issiqlik, suv va tirik organizmlar \u2014 o&#8217;simlik va hayvonlardan foydalaniladi. Qishloq xo&#8217;jaligining ishlab chiqarish davri ish davri bilan mos tushmaydi. Qishloq xo&#8217;jaligining asosiy tarmoqlari \u2014 dehqonchilik va chorvachilik. Ular ham o&#8217;z navbatida bir qadar kichikroq tarmoqlarga bo&#8217;linadi (dehqonchilikda \u2014 dalachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bog&#8217;dorchilik, o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi va boshqalar; chorvachilikda \u2014 qoramolchilik, qo&#8217;ychilik, yilqichilik, cho&#8217;chqachilik, parrandachilik, asalarichilik, pillachilik va boshqalar); O&#8217;z navbatida, dehqonchilik va chorvachilik tarmoklari ekiladigan ekinlar (g&#8217;allachilik, sholikorlik, paxtachilik) va chorva mollari turlari (qoramol, qo&#8217;y, ot, tuya) bo&#8217;yicha guruhlanadi. Qishloq xo&#8217;jaligi \u2014 inson xo&#8217;jalik faoliyatining dastlabki turlaridan biri. Uning kelib chiqishi tosh davri oxiriga borib taqaladi. Bu davrda inson xo&#8217;jalik va boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun yerni oddiy qurollar bilan ishlagan, ba&#8217;zi hayvonlarni xonakilashtira boshlagan. Asrlar davomida turli sharoitlar ta&#8217;sirida dehqonchilik tizimi o&#8217;zgargan va takomillashgan; hayvonlarning foydali xususiyatlari parvarishlangan, ko&#8217;plab zotlari yetishtirilgan. Jahon Qishloq xo&#8217;jaligida dunyodagi iqtisodiy faol aholining 45,2% (1316,7 million kishi) band. Qishloq xo&#8217;jaligida foydalaniladigan yerlar 13387,0 million gektar, jumladan, haydaladigan yerlar 1380,8 million gektar, jami sug&#8217;oriladigan yerlar 271,4 million gektar (1998). 1999 yilda jahon Qishloq xo&#8217;jaligida 583,6 million tonna bug&#8217;doy, 596,4 million tonna sholi, 600,4 million tonna makkajo&#8217;xori, 130,0 million tonna arpa, 294,3 million tonna kartoshka, 444,6 million tonna mevalar, shu jumladan 60,6 million tonna uzum yetishtirildi. Chorvachilikda 225,9 million tonna go&#8217;sht, 562,4 million tonna sut tayyorlandi. 1338,2 million bosh qoramol, 912,7 million cho&#8217;chqa, 1068,6 million qo&#8217;y va 709,9 million bosh echki, 14139,0 million tovuq boqildi. Dildora Saidova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qishloq xo&#8217;jaligi &#8212; moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlaridan biri. Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari olish uchun ekinlar ekish va chorva mollarini ko&#8217;paytirish bilan shug&#8217;ullanadi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari va xalq xo&#8217;jaligining bir &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qishloq-xojaligi-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113082","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113082","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113082"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113082\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113090,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113082\/revisions\/113090"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113082"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113082"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113082"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}