{"id":113083,"date":"2024-01-09T15:16:26","date_gmt":"2024-01-09T12:16:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113083"},"modified":"2024-01-09T15:16:29","modified_gmt":"2024-01-09T12:16:29","slug":"qishloq-xojaligini-kimyolashtirish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qishloq-xojaligini-kimyolashtirish\/","title":{"rendered":"Qishloq xo&#8217;jaligini kimyolashtirish"},"content":{"rendered":"\n<p>Qishloq xo&#8217;jaligini kimyolashtirish \u2014 qishloq xo\u2019jalik ishlab chiqarishi jarayonlarida kimyoviy moddalarni qo&#8217;llash; kimyo, biokimyo, mikrobiologiya va agrokimyo fani yutuqlaridan foydalangan holda kam mehnat va mablag&#8217; sarflab olinadigan mahsulot hajmini ko&#8217;paytirish va sifatini yaxshilashga qaratilgan kompleks tadbirlardan biri. Qishloq xo\u2019jaligini &#171;kimyolashtirish&#187; atamasi 20-asrning 30-yillarda turli zonalarda o&#8217;g&#8217;itlar tizimini qo&#8217;llash tufayli rus olimi D.N.Pryanishnikov (1865-1948) tomonidan taklif qilingan. O&#8217;g&#8217;itlardan foydalanish, tuproqni kimyoviy melioratsiyalash (ohaklash, gipslash), o&#8217;simliklarni begona o&#8217;tlardan, zararkunandalar va kasalliklardan muhofaza qilish; Defoliatsiya va desikatsiya; o&#8217;simliklarning o&#8217;sishi hamda hosil berishini boshqarish; chorvachilikda ozuqa va dorivor vositalar ishlatish, qishloq xo\u2019jalik mahsulotlarini konservalash, meliorasiya, qishloq xo\u2019jalik qurilishi va boshqalarda sintetik materiallardan foydalanishni o&#8217;z ichiga oladi. O&#8217;g&#8217;itlardan foydalanish Qishloq xo&#8217;jaligini kimyolashtirishning asosiy yo&#8217;nalishidir. O&#8217;g&#8217;it hosildorlikni oshiradi. Mineral o&#8217;g&#8217;itlar ishlatilganda hosilning qay darajada ortishi ko&#8217;pgina omillar (tuproq, iqlim, tashkiliy-iqtisodiy sharoit, ekin navlari, ekish texnologiyasi, o&#8217;g&#8217;itning sifati va boshqalar)ga hamda birinchi navbatda, dehqonchilik madaniyatiga bog&#8217;liq. O&#8217;g&#8217;itlarni ilmiy asosda qo&#8217;llash nafaqat hosildorlikning oshishi, balki qishloq xo\u2019jalik mahsulotlari, masalan, donda oqsil miqdorining hamda uning aminokislota tarkibini yaxshilanishini ta&#8217;minlaydi. Qishloq xo\u2019jalik ekinlarini ekishda intensiv texnologiyalarning o&#8217;zlashtirilayotganligi, hosildorlikni programmalashtirish natijasida o&#8217;g&#8217;itlar roli keskin o&#8217;smoqsa. Pestisidlar qishloq xo\u2019jalik ekinlarini begona o&#8217;tlardan, zararkunanda va kasalliklardan himoyalovchi kuchli vosita. Ularning qo&#8217;llanishida o&#8217;simliklarni himoya qilishning kimyoviy va aralash (integral) usuli ishlab chiqilgan. Pestisidlardan optimal me&#8217;yorlarda va kerakli muddatda foydalanish qishloq xo\u2019jalik ekinlarini intensiv texnologiya asosida yetishtirish elementlaridan biridir. O&#8217;simlikshunoslikda o&#8217;simliklarning o&#8217;sishi va hosilga kirishini boshqaruvchi moddalar \u2014 gibberellinlar, auksinlar, mutagenlar va boshqalar, hamda defoliantlar, desikantlar qo&#8217;llaniladi. Poliploidlar olish uchun mutagenlardan foydalaniladi. Chorvachilikda turli mineral ozuqalar \u2014 fosforitlar, karbamid, Premikslar, vitaminlar qo&#8217;shilgan yemlardan foydalaniladi. Bunday qo&#8217;shilmalar qishloq xo\u2019jalik hayvonlarining to&#8217;liq o&#8217;sishi, oziqlanishi va mahsuldorligini ta&#8217;minlaydi. Ulardan to&#8217;liq ratsionli aralash yem ishlab chiqarishda foydalaniladi. Chorvachilikda ozuqa va dorivor vositalar sifatida hayvonlarga zarur mineral moddalar: makroelementlar va mikroelementlar; mineral qo&#8217;shimcha sifatida osh tuzi, bo&#8217;r, ohak, ftorsizlantirilgan fosfat, suyak uni va boshqalar beriladi. Tuproqda mikroelementlar kam rayonlarda hayvonlar rasioniga temir, kobalt, mis, yod, marganes birikmalari qo&#8217;shiladi. Hazm bo&#8217;ladigan protein etishmaganda chorva mollari rasioni korbamid (mochevina) bilan to&#8217;ldiriladi. Veterinariya amaliyotida kimyoviy sintez asosida olingan dori vositalari qo&#8217;llaniladi. Qishloq xo\u2019jaligiga azotli, fosforli va kaliyli mineral o&#8217;g&#8217;itlar, murakkab o&#8217;g&#8217;itlar yetkazib beriladi. Suyuq o&#8217;g&#8217;itlar, ayniqsa, azotli o&#8217;g&#8217;itlar hamda mikroo&#8217;g&#8217;itlar ko&#8217;plab ishlab chiqarilmoqda va ishlatilmoqda. Bakterial o&#8217;g&#8217;itlar (azotobakterin, nitragin, entobakterin va boshqalar) dukkakli o&#8217;simliklar ildizida azot to&#8217;plovchi tuganaklar hosil bo&#8217;lishiga va tuproqda azot to&#8217;plovchi mikroorganizmlar ko&#8217;payishiga yordam beradi. O&#8217;simliklarni begona o&#8217;tlar, kasalliklar va zararkunandalardan kimyoviy yo&#8217;l bilan muhofaza qilish keng yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan, bu maqsadda xlororganik birikmalar, fosfororganik birikmalar, oltingugurtning organik birikmalaridan foydalaniladi. Begona o&#8217;tlarni yo&#8217;qotish uchun ishlatiladigan kimyoviy vositalar (gerbitsidlar), shuningdek, defoliantlar va desikantlar ishlab chiqarishda ham anchagina muvaffaqiyatlarga erishildi. Qishloq xo&#8217;jaligini kimyolashtirishni amalga oshirishda kimyoviy vositalardan foydalanish ishlarini mexanizatsiyalashtirish katta ahamiyatga ega. O&#8217;g&#8217;itlarni tayyorlash va solish uchun mashinalar (kultivatorlar, quyuq va suyuq o&#8217;g&#8217;itlar soladigan mashinalar), purkovchi (yerda) va changlovchi (havoda\u2014aviatsiya), urug&#8217;likni dorilovchi va boshqa moslamalardan keng foydalaniladi. 2004 yildan boshlab qishloq xo\u2019jaligiga xizmat ko&#8217;rsatadigan &#171;Qishloq-xo&#8217;jalikkimyo&#187; hududiy aktsiyadorlik jamiyatlari va ularning tuman bo&#8217;limlari &#171;O&#8217;zkimyosanoat&#187; davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi tarkibiga o&#8217;tkazildi. O&#8217;simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish Respublika markazi va uning viloyat markazlari hamda barcha tumanlarda otryadlari (160 ga yaqin) tashkil etildi. O&#8217;zbekiston kimyo sanoati qishloq xo\u2019jaligi uchun jami 607,34 ming tonna (100% oziq modda hisobida) mineral o&#8217;g&#8217;itlar, jumladan, 463,77 ming tonna azotli, 117,16 ming tonna fosforli, 26,48 ming tonna kaliyli o&#8217;g&#8217;itlar yetkazib berdi (2004). Risqiboy Yoqubov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qishloq xo&#8217;jaligini kimyolashtirish \u2014 qishloq xo\u2019jalik ishlab chiqarishi jarayonlarida kimyoviy moddalarni qo&#8217;llash; kimyo, biokimyo, mikrobiologiya va agrokimyo fani yutuqlaridan foydalangan holda kam mehnat va mablag&#8217; sarflab olinadigan mahsulot hajmini ko&#8217;paytirish &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qishloq-xojaligini-kimyolashtirish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113083","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113083","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113083"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113083\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113091,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113083\/revisions\/113091"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113083"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113083"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113083"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}