{"id":113098,"date":"2024-01-09T15:20:19","date_gmt":"2024-01-09T12:20:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113098"},"modified":"2024-01-09T15:20:20","modified_gmt":"2024-01-09T12:20:20","slug":"qosimxon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qosimxon\/","title":{"rendered":"Qosimxon"},"content":{"rendered":"\n<p>Qosimxon (1445-1518-21) &#8212; qozoq xoni, Jo&#8217;jixon avlodidan. Qozoq xonligining asoschilardan biri Jonibek sultonning o&#8217;g&#8217;li. Qosimxonning onasi Jahonbegim Shayboniyxonning onasi Oqqo&#8217;zibegimning singlisi bo&#8217;lgan. 1503 yilda akasi Adik Sulton vafotidan so&#8217;ng ulus boshqaruvi Qosimxon qo&#8217;liga o&#8217;tgan. Garchi u o&#8217;z ulusining sultoni bo&#8217;lsada xonlikda yuqori nufuzga ega bo&#8217;lib, o&#8217;sha vaqtdagi qozoq xoni Burunduqxonning keyin turuvchi 2-shaxs hisoblangan. Uning harbiy yurishlardagi muvaffaqiyati, boshqa qozoq sultonlarini ham uning atrofiga birlashuviga sabab bo&#8217;ldi. 1509 yilning 2-yarmida amalda butun hokimiyat Qosimxon qo&#8217;liga o&#8217;tgan. Lekin 1511 y.dagina rasman xonlik yorlig&#8217;iga ega bo&#8217;lgan. Uning hukmronlik yillarida xonlik hududi kengayib, hokimiyat boshqaruvi mustahkamlangan. Qosimxon davlati tarkibita Janubi-Sharqda Yettisuvning bir qismi, shimoli-g&#8217;arbdan Volga daryosining o&#8217;ng qirg&#8217;oqlari, shimol va shimoli-Sharqda Ulug&#8217;tog&#8217; etaklari va bal- Xash ko&#8217;li bo&#8217;ylari, Janubda Sirdaryoning o&#8217;ng qirg&#8217;og&#8217;igacha bo&#8217;lgan hududlar kirgan. Qosimxon Shayboniy sultonlar bilan doimiy ravishaa Sirdaryo bo&#8217;yi shaharlari uchun jang olib borgan bo&#8217;lsa-da, ammo ularning Eron safaviylariga qarshi qurashini qo&#8217;llab-quvvatlagan. 1513-14 yillarda Ismoil Safaviy qo&#8217;shinlariga qarshi kurashish uchun Shayboniylar bilan ittifoq tuzgan. Shuningdek, Qosimxon davrida qozoq xonligi Moskva, shuningdek, Qrim va Yorkend xonliklari bilan ham turli sohalarda aloqalar olib borgan. Qosimxon vafotidan so&#8217;ng birmuncha vaqt xonlik taxti bo&#8217;sh qolgan. Faqat 1522 yildagina uning o&#8217;g&#8217;li mamashxon taxtni egallashta muvaffaq bo&#8217;lgan. Ammo bu bilan taxt uchun kurash barham topmagan. Oqibatda ichki vaziyat Qosimxon tiklagan davlatning inqirozga uchrashiga sabab bo&#8217;lgan. Gulchehra Sultonova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qosimxon (1445-1518-21) &#8212; qozoq xoni, Jo&#8217;jixon avlodidan. Qozoq xonligining asoschilardan biri Jonibek sultonning o&#8217;g&#8217;li. Qosimxonning onasi Jahonbegim Shayboniyxonning onasi Oqqo&#8217;zibegimning singlisi bo&#8217;lgan. 1503 yilda akasi Adik Sulton vafotidan so&#8217;ng ulus &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qosimxon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113098","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113098","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113098"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113098\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113106,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113098\/revisions\/113106"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113098"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113098"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113098"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}