{"id":113108,"date":"2024-01-09T16:23:44","date_gmt":"2024-01-09T13:23:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113108"},"modified":"2024-01-09T16:23:47","modified_gmt":"2024-01-09T13:23:47","slug":"qoraqalpoqlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qoraqalpoqlar\/","title":{"rendered":"Qoraqalpoqlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Qoraqalpoqlar &#8212; O&#8217;rta Osiyodagi xalq; O&#8217;zbekiston Respublikasi tarkibidagi Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasida yashaydi (504 301 kishi, 2000-yillar o&#8217;rtalari). Shuningdek, O&#8217;zbekistonning Farg\u2019ona, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlarida, qo&#8217;shni Turkmaniston, Qozogistonda, Rossiyada. Afg&#8217;onistonda, Eronda bir necha ming Qoraqalpoqlar yashaydi. Qoraqalpoq tilida so&#8217;zlashadi. Dindorlari \u2014 sunniy musulmonlar. Milodiy 2-asr oxiri \u2014 4-asrlarda Orol bo&#8217;yi cho&#8217;llariga Sharqdan hunlar, 6-8-asrlarda esa turkiylar kelib mahalliy qabilalar bilan qisman aralashib ketgan. Mana shu etnik negizda Orol bo&#8217;yi ilk o&#8217;rta asr xalqtari \u2014 bijanaqlar va o&#8217;g&#8217;uzlarning shakllanish jarayoni kechgan, ularning muhitida 8-10-asrlarda Qoraqalpoqlarning ham shakllanishi boshlangan. 10-asr boshida bijanaqlarning bir qismi G&#8217;arbga, Janubiy rus cho&#8217;llariga ketgan; Kiyev Rusi hududiga kelib joylashgan qabilalar rus yilnomalarida &#171;chyornne klobuki&#187; (&#171;qora qalpoqtar&#187;) deb nom olgan. Volga-Ural oralig&#8217;ida qolgan bijanaklarning Sharqiy qismi Irtish havzasidan kslgan qipchoqtar bilan asta-sekin aralashib ketgan, ularning tilini qabul qilgan. Manbalarda qipchoq urug&#8217;-qabila Ittifoqida &#171;Qoraqalpoqlar&#187; atamasiga mos keluvchi &#171;qora bo&#8217;rkli&#187; etnonimi uchraydi. Mo&#8217;g&#8217;ullar istilosi davrida Rashididdin asarida &#171;qavmi kulahi siyah&#187; nomi bilan qayd etilgan. Chingizxon bosqini oqibatida Qoraqalpoqlar G&#8217;arbga \u2014 Volga bo&#8217;ylariga, Sariqamish, O&#8217;zbo&#8217;y va Amudaryoning quyi oqimi bo&#8217;ylariga ko&#8217;chishga majbur bo&#8217;lganlar. Qoraqalpoqlar yarim o&#8217;troq hayot kechirib, sug&#8217;orma dehqonchilikni chorvachilik (ayniqsa, qoramol) va baliq ovlash bilan qo&#8217;shib olib borganlar. Qoraqalpoqlarning aksariyat qismi 16-18-asrlar o&#8217;rtalarida Sirdaryoning o&#8217;rta va quyi oqimi bo&#8217;ylari (Turkiston, Jankent, Chirikrabot) hamda bir qismi Orol mintaqasida (Qo&#8217;ng&#8217;irot, Shohtemir shahri) yashashgan. Biroq Yoyiq va Emba daryolari bo&#8217;ylarida ham Qoraqalpoqlar istiqomat qilganliklari haqida ma&#8217;lumotlar bor. 1743 yil qozoq xoni Abulxayrxon Qoraqalpoqlarga hujum qilgan, natijada sirdaryolik Qoraqalpoqlarning asosiy qismi 18-asrning 2-yarmida Sirdaryodan uning g&#8217;arbyy irmog\u2019i \u2014 Janadaryoga ko&#8217;chgan. 18-asr oxirida Xiva xonlari Qoraqalpoqlarni tobe etishga faol harakat qilishgan va oqibatda 1811 yil ular bo&#8217;ysundirilib, Qoraqalpoqlarning asosiy qismi Amudaryo havzasiga ko&#8217;chirilgan. Xiva xonlariga qarshi Qoraqalpoqlar bir necha marta (1827, 1855-56, 1858-59 yillar) bosh ko&#8217;targan. 1873 yil Chor Rossiyasi istilosi natijasida o&#8217;ng qirg&#8217;oq Amudaryodagi Qoraqalpoqlar Rossiyaga qo&#8217;shib olingan. Bu yerda Amudaryo bo&#8217;limi tuzilgan, Turkiston general- gubernatorliginint Sirdaryo viloyati tarkibiga kiritilgan. So&#8217;l qirg&#8217;oqda yashovchi Qoraqalpoqlar Xiva xonligi tasarrufida qolgan. O&#8217;rta Osiyoda sho&#8217;rolar hokimiyati o&#8217;rnatilgach, so&#8217;l qirg&#8217;oq va o&#8217;ng qirg&#8217;oq Qoraqalpoqlari Qoraqalpog&#8217;iston avtonom oblastini tuzgan. 19-asr \u2014 20-asr boshida Qoraqalpoqlarda xo&#8217;jalik, ijtimoiy va oilaviy hayotda urug&#8217;-qabila tizimi va patriarxal-urug&#8217;chilik munosabatlari qoldiqlari saqlanib qolgan. Rasmiy din \u2014 islomdan boshqa ko&#8217;pgina qadimgi diniy e&#8217;tiqodlar mavjud bo&#8217;lgan. Sobir Kamolov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qoraqalpoqlar &#8212; O&#8217;rta Osiyodagi xalq; O&#8217;zbekiston Respublikasi tarkibidagi Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasida yashaydi (504 301 kishi, 2000-yillar o&#8217;rtalari). Shuningdek, O&#8217;zbekistonning Farg\u2019ona, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlarida, qo&#8217;shni Turkmaniston, Qozogistonda, Rossiyada. Afg&#8217;onistonda, Eronda bir &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qoraqalpoqlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113108","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113108","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113108"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113108\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113130,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113108\/revisions\/113130"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113108"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113108"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113108"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}