{"id":113109,"date":"2024-01-09T16:23:45","date_gmt":"2024-01-09T13:23:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113109"},"modified":"2024-01-09T16:23:48","modified_gmt":"2024-01-09T13:23:48","slug":"qoraqalpogiston-davlat-sanat-muzeyi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qoraqalpogiston-davlat-sanat-muzeyi\/","title":{"rendered":"Qoraqalpog&#8217;iston davlat san&#8217;at muzeyi"},"content":{"rendered":"\n<p>Qoraqalpog&#8217;iston davlat san&#8217;at muzeyi, I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog&#8217;iston davlat san&#8217;at muzeyi \u2014 respublikadagi yirik muzeylardan; Nukus shahrida 1966 yilda tashkil topgan, 1984 yildan N.V.Saviskiy nomi bilan ataladi. Muzeyga I.Saviskiyning sa&#8217;y-harakati va u to&#8217;plagan qoraqalpoq xalq amaliy san&#8217;ati asarlari negizida asos solingan. Muzeyning umumiy maydoni 6,9 ming kvadrat metr. Muzey xalq amaliy san&#8217;ati, qadimgi va o&#8217;rta asrlar Xorazm san&#8217;ati, 1920-30-yillar o&#8217;zbek va rus tasviriy san&#8217;ati, qoraqalpoq zamonaviy rangtasviri va haykaltaroshligi, ilmiy- ma&#8217;rifiy bo&#8217;limlar, kutubxona (10 ming dona asar), fond hamda ta&#8217;mirlash ustaxonasiga ega. Fondida 85 mingdan ortiq eksponat mavjud (2004). Muzey fondida 1920\u2014 30-yillarda avangard rassomlar yaratgan asarlar to&#8217;plangan. Qoraqalpoq xalq ustalari tomonidan yaratilgan zargarlik, yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi, kashtado&#8217;zlik, to&#8217;qimachilik (ayniqsa, o&#8217;tov jihozlari) va boshqa asarlar amaliy san&#8217;at bo&#8217;limida jamlangan. Qadimgi Xorazm san&#8217;ati bo&#8217;limi muzeyning arxeologik guruhlari tomonidan qo&#8217;lga kiritilgan topilmalar hisobiga yanada boyimoqda. Tasviriy san&#8217;at bo&#8217;limi to&#8217;plami, ayniqsa, serqirra: to&#8217;plamni qoraqalpoq rassomlari (I.Saviskiy, K,.Soipov, J. Quttimurodov, D.To&#8217;raniyozov va boshqalar), O&#8217;rta Osiyo rassomligining keksa avlodi A.Volkov, M.Qurzin, A.Nikolayev (Usto Mo&#8217;min), N.Karaxan, O&#8217;.Tansiqboyev va boshqalarning katta ahamiyatga ega asarlari tashkil etadi. Shuningdek, 1920-30-yillarda faol ijod etgan rus rassomlari A.Shevchenko, R.Falk, V.Muxina, I.Grabar asarlari bilan bir qatorda ijodi deyarli o&#8217;rganilmagan. R.Mazel, K.Redko, A.Safronov va boshqalarning asarlari ham qo&#8217;yilgan. Muzey eksponatlari monografiya (etyud, chizgidan tortib to etuk asarlar) tartibida to&#8217;plangani bilan ham qimmatlidir. Yana muzeyning o&#8217;ziga xosligi eksponatlarning zich joylanishi, ekspozitsiyalarda to&#8217;plamni to&#8217;laqonli namoyishiga erishganidadir. Muzey san&#8217;at asarlarini to&#8217;plash, targ&#8217;ib etish, kataloglar chop etish, ko&#8217;rgazmalar tashkil qilish bilan shug&#8217;ullanadi. Muzey qoshida gilamchilik ustaxonasi ishlab turibdi; &#171;Nukus muzeyining do&#8217;stlari&#187; klubi faoliyat olib boradi, ko&#8217;rgazmalar uyushtiradi. Muzey Xalqaro muzeylar qo&#8217;mitasi (IKOM) a&#8217;zosi. Muzey 1968-69 yillarda Moskvadagi Sharq muzeyida Qoraqalpoq to&#8217;plamini ilk bor namoyish etdi. 1970 yildan Respublika va xorijiy mamlakatlar (AQSh, Frantsiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Rossiya va boshqalar)dagi ko&#8217;rgazmalarda ishtirok etadi. Ad.: Gosudarstvenniy muzey iskusstv Karakalpakskoy ASSR, M., 1976; Avangard, osta-novlenix na Begu, L., 1989; Avangard XX veka. Iz sobraniya Gosudar-stvennogo muzeya iskusstv Respubliki Karakalpakstana, T., 2003. Marinika Babanazarova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qoraqalpog&#8217;iston davlat san&#8217;at muzeyi, I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog&#8217;iston davlat san&#8217;at muzeyi \u2014 respublikadagi yirik muzeylardan; Nukus shahrida 1966 yilda tashkil topgan, 1984 yildan N.V.Saviskiy nomi bilan ataladi. Muzeyga I.Saviskiyning sa&#8217;y-harakati va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qoraqalpogiston-davlat-sanat-muzeyi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113109","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113109","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113109"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113109\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113131,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113109\/revisions\/113131"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113109"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113109"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113109"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}