{"id":113119,"date":"2024-01-09T16:23:42","date_gmt":"2024-01-09T13:23:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113119"},"modified":"2024-01-09T16:23:45","modified_gmt":"2024-01-09T13:23:45","slug":"qoraozak-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qoraozak-tumani\/","title":{"rendered":"Qorao&#8217;zak tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Qorao&#8217;zak tumani &#8212; Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasidagi tuman. 1928 yilda tuzilgan. 1959 yil mart oyida Taxtako&#8217;pir tumaniga qo&#8217;shib yuborilgan. 1975 yil 26 noyabrda qayta tashkil etilgan. Shimoldan Mo&#8217;ynoq, g&#8217;arbdan Chimboy, Kegeyli, Nukus tumanlari, Janub va Janubi-sharqdan Amudaryo, Beruniy tumanlari, sharqdan Taxtako&#8217;pir tumani bilan chegaradosh. Maydoni 5,9 ming km2. Aholisi 44,2 ming kishi (2005). Tumanda 1 shaharcha (Qorao&#8217;zak), 8 ovul fuqarolari yig&#8217;ini (Madaniyat, Berdaq, Esimo&#8217;zak, Olg&#8217;abos, Qorabug&#8217;a, Qorako&#8217;l, Qorao&#8217;zak, Qo&#8217;yboq) bor. Tuman markazi \u2014 Qorao&#8217;zak shaharchasi. Tabiati. Yer yuzasi, asosan, tekislik. Tumanning shimoliy-Sharqiy qismini Beltov qirlarining qumliklari, Janub qismidagi katta hududni Toshquduq qumliklari egallagan. Janub chekkasida Sulton Uvays tog&#8217;i (eng baland joyi \u2014 Qoraching&#8217;il 485 metr) joylashgan. Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq, qishi sovuq. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi \u2014 5\u00b0 dan \u2014 8\u00b0gacha. Eng past temperatura -35\u00b0, iyulniki 26-28\u00b0. Eng yuqori temperatura iyulda 42\u00b0. Sovuq bo&#8217;lmaydigan davr 195-200 kun. Yillik yog&#8217;in 110 mm, asosan, qish va bahor oylarida yog&#8217;adi. Tuman xo&#8217;jaliklari Quvonish-jarma kanali tarmoqlari \u2014 Esimo&#8217;zak, Ko&#8217;ko&#8217;zak va Markaziy kanallaridan suv oladi. Janub chekkasidan Amudaryo oqib o&#8217;tadi. Tuproqlari o&#8217;tloqi- bo&#8217;z, qumloq-bo&#8217;z, o&#8217;tloqi, o&#8217;tloqi-botqoq va sho&#8217;rxok tuproqlar. Janub qismida katta ko&#8217;chma va yarim ko&#8217;chma qumliklar bor. Tabiiy o&#8217;simliklardan sho&#8217;ra, ajriq, bug&#8217;doyiq, qamish; qumloq yerlarda shuvoq, rang, juzg&#8217;un; qumlarda saksovullar, boyalich, cherkez va boshqalar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan sudralib yuruvchilar (kaltakesaklar, toshbaqa, ilonlar) va kemiruvchilar (yumron-qoziq, kalamush, sichqonlar) yashaydi. Shuningdek chiyabo&#8217;ri, bo&#8217;rsiq, jayran, tulki; qushlardan xo&#8217;jasavdogar, burgut, suvlarida baliqlar bor. Aholisi, asosan, qoraqalpoq, o&#8217;zbek va qozoqlar, shuningdek, rus, koreys, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2 ga 7,5 kishi. Shahar aholisi 12,3 ming kishi, qishloq aholisi 31,9 ming kishi. Xo&#8217;jaligi. Tumanda qurilish tashkilotlari, ipakchilik, don qabul qilish boshqarmasi, paxta tozalash zavodi, 3 paxta qabul qilish punkti, 2 avtokorxona, MTP, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari, kichik va o&#8217;rta biznes korxonalari, mikrofirmalar bor. Elektr energiyani Taxiatosh issiqlik elektr stantsiyasidan oladi. Tuman qishloq xo\u2019jaligining asosiy tarmog&#8217;i paxtachilik bo&#8217;lib, chorvachilik, sholikorlik, ipakchilik ham rivojlangan. Qorao&#8217;zak tumanida 1 chorva shirkat xo&#8217;jaligi, 1 tajriba xo&#8217;jaligi, 500 dan ziyod fermer xo&#8217;jaligi mavjud. Umumiy maydoni 587,1 ming gektar, shu jumladan, sug&#8217;oriladigan maydonlari 32,1 ming gektar. Umumiy ekin maydoni 14,8 ming gektar, shu jumladan, 3,3 ming gektar yerga paxta, 7,9 ming gektar maydonga don ekinlari; 127 gektar yerga sabzavot, 446 gektar yerga poliz ekinlari ekiladi (2005). Mevali bog&#8217;lar bor. Tumandagi jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarda 17,7 ming qoramol, 47,5 ming qo&#8217;y va echki, 923 yilqi, 226 tuya boqiladi. Tumanda 32 umumiy ta&#8217;lim maktabi va 1 litsey (10,2 ming o&#8217;quvchi), bolalar musiqa maktablari, qishloq xo\u2019jalik kasb-hunar kolleji (450 talaba), 2 madaniyat uyi, 235 ming kitobga ega bo&#8217;lgan 2 kutubxona bor. Tibbiyot sohasi bo&#8217;yicha 210 o&#8217;rinli kasalxona, 22 feldsher-akusherlik punkti, 2 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 9 qishloq vrachlik punkti va boshqa tibbiy muassasalarda 62 vrach, 566 o&#8217;rta tibbiy xodim ishlaydi. Qorao&#8217;zak tumanidan Xalqobod orqali Nukus shahrigacha bo&#8217;lgan 72 kilometrli masofada avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qorao&#8217;zak tumani &#8212; Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasidagi tuman. 1928 yilda tuzilgan. 1959 yil mart oyida Taxtako&#8217;pir tumaniga qo&#8217;shib yuborilgan. 1975 yil 26 noyabrda qayta tashkil etilgan. Shimoldan Mo&#8217;ynoq, g&#8217;arbdan Chimboy, Kegeyli, Nukus &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qoraozak-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113119","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113119","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113119"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113119\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113128,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113119\/revisions\/113128"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113119"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113119"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113119"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}