{"id":113267,"date":"2024-01-10T10:45:38","date_gmt":"2024-01-10T07:45:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113267"},"modified":"2024-01-10T10:45:39","modified_gmt":"2024-01-10T07:45:39","slug":"qatqaloq","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qatqaloq\/","title":{"rendered":"Qatqaloq"},"content":{"rendered":"\n<p>Qatqaloq \u2014 1) kuchli yog&#8217;inlar va sug&#8217;orishdan so&#8217;ng tuproq betida hosil bo&#8217;ladigan qattiq qatlam. O&#8217;rta Osiyoda sug&#8217;orma dehqonchilik rayonlarining deyarli barcha tuproqlari qatqaloqlanishga moyil. Bunga asosiy sabab, shu tuproqlarning haddan tashqari kam donadorligi va tuproq agregatlarining suvga juda ham chidamsizligidir. Yomg&#8217;irdan yoki sug&#8217;orishdan so&#8217;ng yerning ustki qavati ivib suyuladi, quriganda qotib Qatqaloq hosil qiladi va beti yorilib ketadi. Qatqaloq tuproq xossalari va qishloq xo\u2019jalik ekinlari rivojiga salbiy ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi, tuproqning suv o&#8217;tkazuvchanligi va havo almashinuvini sekinlashtiradi, shuningdek, tuproqdagi namning (20-30% gacha) bug&#8217;lanishini tezlashtiradi. Juda qalin Qatqaloq hosil bo&#8217;lgan dalalarda maysalarning unib chiqishi 3-5 kunga kechikadi va ko&#8217;chat soni siyraklashib ketadi. Qatqaloq hosil bo&#8217;lish jarayoni tuproqlarning mexanik tarkibi, turi, madaniy holati, sho&#8217;rlanganligi va boshqalarga bog&#8217;liq. Qatqaloq, ko&#8217;pincha, sug&#8217;oriladigan bo&#8217;z va cho&#8217;l tuproqlarida hosil bo&#8217;ladi. Uning qalinligi va qattiqligi tuproq mexanik tarkibining og&#8217;irlashuviga bog&#8217;liq. Ayniqsa, og&#8217;ir qumoqli, soz mexanik tarkibli taqirli, sur tusli qo&#8217;ng&#8217;ir tuproqlarda va taqirlarda Qatqaloq qalin hamda juda qattiq bo&#8217;ladi. Sho&#8217;rlanish hamda sho&#8217;rtoblanish Qatqaloq hosil qilishga moyillikni kuchaytiradi. Masalan, qo&#8217;riq va yengil qumoqli och tusli bo&#8217;z tuproqlarda q.ning qalinligi 0,3\u20140,5 santimetr, och hamda to&#8217;q tusli bo&#8217;z tuproqlarda 0,8\u20141,5 santimetr, kuchsiz sho&#8217;rlangan qumoqli va soz mexanik tarkibli taqirli tuproqlarda 2,4\u20144,5 santimetrni tashkil etadi; bir m2 yerdagi Qatqaloqning og&#8217;irligi 50-70 kilogrammgacha yetadi. Ekinzor dalalarga organik o&#8217;g&#8217;it solish, Siderat ekinlar ekish, kimyoviy meliorasiya o&#8217;tkazish, almashlab ekishni joriy etib, tuproqlarni donador qilish, sun&#8217;ii struktura hosil qiluvchi polimerlar, yer betini mulcha (parda)lovchi materiallar qo&#8217;llash va boshqalar chora-tadbirlarni amalga oshirish tuproqning fizik-kimyoviy xossalarini yaxshilaydi, Qatqaloqning oldini oladi. Nihollar unib chiqqunga qadar Qatqaloq paydo bo&#8217;lganda dala yengil boronalar yoki aylanuvchi chopqi (motiga) lar yordamida yumshatiladi. Qatqaloq ta&#8217;sirini kamaytirish uchun ekin qator oralariga tuproq yetilishi bilan ishlov berish (chopiq yoki kultivasiya qilish) kerak. 2) tuproq zarrachalari deyarli aralashmagan tuzlarning yer yuzida juda ko&#8217;p miqdorda to&#8217;planishi. Tuzli Qatqaloq qalinligi bir necha millimetrdan bir necha o&#8217;n santimetrgacha bo&#8217;ladi. Xodimat Maxsudov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qatqaloq \u2014 1) kuchli yog&#8217;inlar va sug&#8217;orishdan so&#8217;ng tuproq betida hosil bo&#8217;ladigan qattiq qatlam. O&#8217;rta Osiyoda sug&#8217;orma dehqonchilik rayonlarining deyarli barcha tuproqlari qatqaloqlanishga moyil. Bunga asosiy sabab, shu tuproqlarning haddan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qatqaloq\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113267","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113267","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113267"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113267\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113268,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113267\/revisions\/113268"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113267"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113267"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113267"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}