{"id":113381,"date":"2024-01-13T08:23:58","date_gmt":"2024-01-13T05:23:58","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113381"},"modified":"2024-01-13T08:24:00","modified_gmt":"2024-01-13T05:24:00","slug":"qorakol-vohasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qorakol-vohasi\/","title":{"rendered":"Qorako&#8217;l vohasi"},"content":{"rendered":"\n<p>Qorako&#8217;l vohasi &#8212; Zarafshon daryosining quyi oqimida (Buxoro viloyati) joylashgan voha. Shimolda Kemirakqum qumliklari, G&#8217;arb va Janubi-g&#8217;arbda Sandiqli cho&#8217;li, Janubda Ishaqchi qumligi, Sharqda qarshi cho&#8217;li bilan chegaradosh. Shimol-Sharqda Qorako&#8217;l vohasi Qorako&#8217;l platosiga tutash. Voha shimoli-sharqdan Janubi-g&#8217;arbga 40-45 kilometrga cho&#8217;zilgan, eni 30\u2014 35 kilometr. Yer yuzasi Janubi-g&#8217;arbga Nishab. O&#8217;rtacha balandligi shimoli-Sharqiy qismida 205 metr, Janubda 187 metr, asosan, Zarafshon daryosining allyuvial-Delta yotqiziqlaridan tashkil topgan. Shimoliy-g&#8217;arbiy, g&#8217;arbiy va Janub qismlarida allyuvial-ko&#8217;l yotqiziqlari ham uchraydi. Voha atrofida harakatdagi va o&#8217;simliklar bilan mustahkamlangan barxanlar, do&#8217;ng qumlar tarqalgan. Iqlimi keskin kontinental. O\u2019rtacha yillik temperatura 14\u00b0. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -0,2\u00b0, eng past temperatura -25\u00b0. Iyulda o&#8217;rtacha temperatura 27,2\u00b0, eng yuqori temperatura 48\u00b0. Yillik yog&#8217;in 120 mm, asosiy qismi sentabr\u2014mart oylarida yog&#8217;adi. Qor qoplami juda yupqa (o&#8217;rtacha 1 santimetr, ba&#8217;zi yillari 7 santimetrga yetadi). Zarafshon daryosi (Qorako&#8217;l platosida) tor yo&#8217;lakdan chiqqandan so&#8217;ng bir qancha radial tarmoqlarga bo&#8217;linib delta hosil qiladi. Uning yuzasi, asosan, ekinzorlar bilan band. Voha hududida sho&#8217;r ko&#8217;l, sho&#8217;rxoklar uchraydi. Qorako&#8217;l vohasida sur-qo&#8217;ng&#8217;ir, qumloq, taqir, sho&#8217;rxok, o\u2019tloq-taqir, sug&#8217;oriladigan o&#8217;tloq, sug&#8217;orilmaydigan o&#8217;tloq-allyuvial, o&#8217;tloq va botqoq tuproqlar tarqalgan. Tuproqlari turli darajada sho&#8217;rlangan, ularning melioratsiya holatini doimo yaxshilab turishni talab etadi. O&#8217;simliklardan oqsaksovul, juzg&#8217;un, quyonsuyak, cherkez, Iloq, shuvoq, sho&#8217;ra, boyalich, turang&#8217;il, tol, chingil, yantoq, yulg&#8217;un va boshqalar o&#8217;sadi. Qorako&#8217;l vohasining katta qismi ekinzorlarga aylantirilgan. Hayvonot dunyosi cho&#8217;lga xos: kalamush, qo&#8217;shoyoq, ilon, kalta-kesak, tulki, bo&#8217;ri, to&#8217;qay mushugi, chiyabo&#8217;ri va boshqalar yashaydi. Vohaning asosiy suv manbalari Zarafshon va Amudaryo. Vohada Amu-Buxoro mashina kanalidan uzunligi 40 kilometrli Amu-Qorako&#8217;l kanali chiqarilgan. Murod Mamatqulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qorako&#8217;l vohasi &#8212; Zarafshon daryosining quyi oqimida (Buxoro viloyati) joylashgan voha. Shimolda Kemirakqum qumliklari, G&#8217;arb va Janubi-g&#8217;arbda Sandiqli cho&#8217;li, Janubda Ishaqchi qumligi, Sharqda qarshi cho&#8217;li bilan chegaradosh. Shimol-Sharqda Qorako&#8217;l vohasi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qorakol-vohasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113381","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113381","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113381"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113381\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113392,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113381\/revisions\/113392"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113381"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113381"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113381"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}