{"id":113506,"date":"2024-01-13T10:26:38","date_gmt":"2024-01-13T07:26:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113506"},"modified":"2024-01-13T10:26:38","modified_gmt":"2024-01-13T07:26:38","slug":"qobulova-saodat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qobulova-saodat\/","title":{"rendered":"Qobulova Saodat"},"content":{"rendered":"\n<p>Qobulova Saodat (1925.15.12, Marg&#8217;ilon) \u2014 ashulachi, opera xonandasi (lirik-koloraturali soprano). O&#8217;zbekiston xalq artisti (1957). 1959 yil SSSR xalq artisti unvoniga sazovor bo&#8217;lgan. Moskvadagi O&#8217;zbek opera studiyasi (1954) hamda Toshkent konservatoriyasini (1969) tugatgan. Qobulova milliy xonandalik san&#8217;ati va musiqa merosi namunalarini, asosan, J. Sultonov, T. Jalilov, X. To&#8217;xtasinov, E.Barayevlardan o&#8217;zlashtirgan. Qobulova go&#8217;zal tembrli, yorqin va shirador, jilodor va ta&#8217;sirchan ovozga ega; o&#8217;zbek xonadalik san&#8217;atida yangi davr boshlab berganlardan \u2014 uning ijro uslubida Yevropa xonandalik xususiyatlari milliy ashulachilik yo&#8217;llari bilan uyg&#8217;unlashib ketgan. Qobulova san&#8217;atdagi faoliyatini Marg&#8217;ilon kolxoz\u2014sovxoz teatridan boshlagan (1939). Muqimiy teatrida (1941-48) Qamar, Mohim, Nurxon (S.Abdulla; T. Jalilov musiqasi, &#171;Tohir va Zuhra&#187;; K.Yashin, &#171;Nurxon&#187;) rollarini ijro et- gan; asosan, kontsert ijrochiligi bilan shug&#8217;ullangan. 2-jahon urushi yillarida harbiy qismlar, gospitallarda madaniy xizmat qilgan. 1954-86 yillarda Navoiy teatri yakkaxon xonandasi. Qobulova ijodi ko&#8217;proq o&#8217;zbek operalarida yaratgan Jamila, Layli (T.Sodiqov, R.Glier, &#171;Layli va Majnun&#187;), Zuhra (T.Jalilov, B.Brovsin, &#171;Tohir va Zuhra&#187;), Asal (T. Sodiqov, R.Glier, &#171;Gulsara&#187;), Huri (T.Sodiqov, B.Zeydman, Yu.Rajabiy, D.Zokirov, &#171;Zaynab va omon&#187;), Dilorom (M.Ashrafiy, &#171;Dilorom&#187;), Oyxon (S.Yudakov, &#171;Maysaraning ishi&#187;), Sanobar (S.Boboev, &#171;Hamza&#187;), Gulnor (R.Hamroev, &#171;zulmatdan ziyo&#187;) kabi obrazlarida namoyon bo&#8217;ldi. Bular ichida Huri, Oyxon, ayniqsa, Dilorom partiyalari Qobulova ijodining cho&#8217;qqisi bo&#8217;lib, ham sahnaviy, ham vokal ijrosi jihatidan mukammalligi bilan ajralib turadi. U o&#8217;zbek opera xonandalaridan birinchilar qatori chet el mumtoz operalarida Leyla (J.Bize, &#171;Marvarid izlovchilar&#187;; o&#8217;zbek va rus tilida), Violetta, jilda (J.Verdi, &#171;Traviata&#187;, &#171;Rigoletto&#187;), Madam Batterflyay (J.Puchchini, &#171;Chio- Chiosan&#187;), Rozina (J.Rossini, &#171;Sevilya sartaroshi&#187;), Mimi (J. Puchchini, &#171;Bogema&#187;) va boshqa partiyalarning mohir ijrochisi sifatida ham tanilgan. Kontsert ijrochiligi Qobulova ijodiy faoliyatining ajralmas qismini tashkil qiladi. Uning repertuaridan xalq ashulalari, o&#8217;zbek mumtoz musiqa namunalari (&#171;Galdir&#187;, &#171;Navro&#8217;z&#187;, &#171;Bayot-1, 2, 3, 4, 5&#187;, &#171;Saraxbori Oromijon&#187;, &#171;Talqini Bayot&#187;, &#171;Samarqand Ushshog&#8217;i&#187;, &#171;Buxo- ro irog&#8217;i&#187;, &#171;Dugoh&#187;), o&#8217;zbek kompozitorlarining asarlari (&#171;Dugonalar&#187;, &#171;Davra qo&#8217;shig&#8217;i&#187;, S.Yudakov; &#171;Bahor&#187;, T. Sodiqov; &#171;kelsa nogoh&#187;, M.Burhonov; &#171;Kashmirda&#187;, M.Ashrafiy va boshqalar) asosiy o&#8217;rin olgan. Qobulova D.Zokirovning &#171;Ko&#8217;rmadim&#187;, &#171;Ey sabo&#187;, &#171;bulbul&#187;, X.To&#8217;xtasinovning &#171;qora ko&#8217;zlar&#187;, &#171;aylagach&#187;, G&#8217;.Toshmatovning &#171;karvon keldi&#187; va boshqa asarlarning birinchi ijrochisi. U, shuningdek, chet el klassik kompozitorlarining romanslari, Yevropa va Osiyo xalqlari (rus, ukrain, Chex, tojik, ozarbayjon, arman, mo&#8217;g&#8217;ul, tay, hind va boshqalar) ning qo&#8217;shiqlarini ham ijro etgan. Qobulova 1972 yildan hozirgi O&#8217;zbekiston davlat konservatoriyasida vokal sinfi pedagogi, professor (1986), kafedra mudiri (1988\u2014 97) sifatida ko&#8217;plab shogirdlar tarbiyalagan. Jahon yoshlari festivali (Moskva)ning laureati (1957). Ijrolari 2 gramplastinka, o&#8217;zbek radiosi fonotekasiga yozilgan, &#171;O&#8217;zbektelefilm&#187; studiyasi tomonidan Qobulova ijodiga bag&#8217;ishlangan 2 film ishlangan (&#171;Saodat&#187;, &#171;Saodat Qobulova kuylaydi&#187;, 1991). Osiyo, Yevropa, Amerika mamlakatlarida gastrolda bo&#8217;lgan. &#171;Do&#8217;stlik&#187; (1998), &#171;Buyuk xizmatlari uchun&#187; (2001) ordenlari bilan mukofotlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qobulova Saodat (1925.15.12, Marg&#8217;ilon) \u2014 ashulachi, opera xonandasi (lirik-koloraturali soprano). O&#8217;zbekiston xalq artisti (1957). 1959 yil SSSR xalq artisti unvoniga sazovor bo&#8217;lgan. Moskvadagi O&#8217;zbek opera studiyasi (1954) hamda Toshkent konservatoriyasini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qobulova-saodat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113506","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113506","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113506"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113506\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113507,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113506\/revisions\/113507"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113506"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113506"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113506"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}