{"id":113508,"date":"2024-01-13T10:31:34","date_gmt":"2024-01-13T07:31:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113508"},"modified":"2024-01-13T10:31:35","modified_gmt":"2024-01-13T07:31:35","slug":"qipchoqlar-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qipchoqlar-2\/","title":{"rendered":"Qipchoqlar"},"content":{"rendered":"\n<p>Qipchoqlar (rus manbalarida \u2014 poloveslar, Vizantiya manbalarida \u2014 Kumanlar) \u2014 turkiy xalqlarning eng yirik qabilalaridan biri; o&#8217;zbek xalqi etnik tarkibidagi asosiy komponentlardan biri. Qipchoqlar nafaqat o&#8217;zbek xalqi entogenezida, balki qator boshqa turkiy xalqlar \u2014 qozoqlar, qirgizlar, qoraqalpoqlar, turkmanlar, tatarlar, boshqirdlar, oltoyliklar va shimoliy Kavkazdagi ayrim xalqlar (no&#8217;g&#8217;oylar, qo&#8217;miqlar, qorachoylar va boshqalar) shakllanishida muhim rol o&#8217;ynagan. Qipchoqlarga xos etnik belgilar Usmonli turklar, vengerlar va boshqa qator xalqlar tarkibida ham mavjud. Qipchoqlar miloddan avvalgi 3-asr \u2014 milodiy 4-asrda shimoliy-G&#8217;arbiy Oltoyda yashaganlar. Qipchoqlarning ilk ajdodlaridan bir qismi 6-asrda G&#8217;arbiy Oltoydan chiqib, hozirgi Mo&#8217;g&#8217;uliston va Tuva yerlariga kelib o&#8217;rnashadilar. 2-qismi esa Irtish daryosi yaqinidagi dashtlarga ko&#8217;chib o&#8217;tib, kimaklarga tobe bo&#8217;lgan. 8-12-asrlarga kelib Qipchoqlar Dashti Qipchoq cho&#8217;llarida yashagan paytlarida ularning tarkibiga til jihatdan qarindosh bo&#8217;lgan ko&#8217;plab etnik guruhlar kelib qo&#8217;shilgan. 8-9-asrlarda O&#8217;rta Osiyo va Qozog&#8217;istonning siyosiy va etnik xaritasida jiddiy o&#8217;zgarishlar yuz bergan. 10-asrning oxiri \u2014 11-asr boshlarida g&#8217;arbiy qipchoqlar, kimaklar Markaziy va G&#8217;arbiy Qozog&#8217;iston hududidagi boshqa qabilalarni hamda Uralbo&#8217;yi va Volganing o&#8217;rta oqimidagi turkiylashgan ugor-fin qabilalarini ham o&#8217;zlarining tarkibiga kiritganlar. Shunday qilib, g&#8217;arbiy qipchoqlar 11-asrda Ural va Volganing o&#8217;rta oqimida yashovchi yirik etnosiyosiy uyushmaga aylandi. 13 \u201414-asrlarda Dashti Qipchoqdan ko&#8217;plab qipchoq qabila va urug&#8217;larining ko&#8217;chib ketishlariga qaramay qipchoqlarning asosiy qismi bu erda qolib, Oltin O\u2019rda aholisining asosiy qismini tashkil qilgan. Ular madaniy taraqqiyoti darajasiga ko&#8217;ra o&#8217;zlarining hukmdorlari hisoblangan mo&#8217;g&#8217;ullardan yuqori darajada bo&#8217;lgan. Oltin O&#8217;rda xonlarining boshqaruv tizimida qipchoq-O&#8217;guz lahjasiga asoslangan adabiy til etakchi mavqeni egallar edi. 15-asrning 1-yarmi\u201416-asrda ko&#8217;plab turkiy xalqlar singari g&#8217;arbiy qipchoqlarning asosiy qismi no&#8217;g&#8217;aylar uyushmasi tarkibiga kirgan. Qipchoqlarning Movarounnahr madaniy mintaqalariga yalpi ko&#8217;chib kelishi Shayboniyxon davrida 16-asrda va keyinchalik 17-asrda Ashtarxoniylar davrida yuz bergan. Shuningdek, Qipchoqlar 16-asrning 2-yarmi \u2014 18-asrning boshlarida, jung&#8217;arlarning Qozog&#8217;istonning Janubiy hududlariga bostirib kirishi jarayonida ham Zarafshon vohasi va Farg&#8217;ona vodiysiga ko&#8217;chib kelganlar. Qoraqalpoqlar, qozoqlar bilan birga Qipchoqlarning O&#8217;rta Osiyo hududlariga kirib kelishi 2 yo&#8217;nalishda bo&#8217;lib, ularning bir qismi Sirdaryoning yuqori oqimi bo&#8217;ylab Toshkent vohasi va Mirzacho&#8217;l zonalarida joylashgan. Qipchoqlarning ikkinchi qismi esa O&#8217;rta Zarafshon bo&#8217;ylab ketgan. 18-asrning 20-30-yillarida Qipchoqlar Shimoliy Farg&#8217;onaning tog&#8217;oldi mintaqalariga kelib o&#8217;rnashganlar. Faqatgina ma&#8217;lum miqdordagi Qipchoqlargina Toshkent vohasida qolgan. Bu davrda Qipchoqlar 4 ta asosiy guruhga: qora qipchoq, sariq qipchoq, Xitoy qipchoq va qulon qipchoqlarga bo&#8217;lingan. Ularning har biri, o&#8217;z navbatida, mayda guruhlarga bo&#8217;lingan. Qipchoqlarning ayrim guruhlari 20-asr boshlarigacha o&#8217;zlarining urug&#8217;-qabilaviy bo&#8217;linishlarini saqlab qolganlar. Qipchoqlar 20-asr boshlariga qadar yarim o&#8217;troq holda yashab, o&#8217;zlari uchun an&#8217;anaviy bo&#8217;lgan chorvachilikni dehqonchilik bilan qo&#8217;shib olib borganlar. Statistik materiallardan Qipchoqlarning o&#8217;zbek va qirg&#8217;izlar bilan qo&#8217;shilib ketishi 19-asr oxiri \u2014 20-asr boshlarida ancha jadal kechganligi ma&#8217;lum. Masalan, agar 19-asrning 90-yillarida Farg&#8217;ona vodiysidagi Qipchoqlar soni 70 ming nafarga, 1917 yilga kelib, 44 ming nafarga teng bo&#8217;lsa, 1926 yilga kelib esa ularning vodiydagi soni 33,6 ming nafarga tushib qolgan. Farg&#8217;ona Qipchoqlarining asosiy qismi Andijon uezdida, Andijonsoy, Norin daryosining quyi qismi, Moylisuv va Qoradaryo atrofidagi qishloqlarda yashagan. Ularning ma&#8217;lum qismi Namangan uezdi Kosonsoy, Sumsar, Chodak, Podsho-ota, Norin, G&#8217;ova kabi daryo va soy qavzalarida hamda Yangiariq kanali atrofidagi manzilgohlarda joylashgan. Farg&#8217;ona uezdi hududidagi Shahonsoy va Aravonsoy, Qo&#8217;qon uezdidagi So&#8217;x va Isfara daryosi o&#8217;zanlarida ham bir necha qipchoq qishloqlari mavjud bo&#8217;lgan. 19-20-asr boshlarida vodiy hududida yashayotgan Qipchoqlar K.Sh. Shoniyozovning fikricha, 4 ta katta guruhga bo&#8217;lingan. Bular Qipchoqlar (yoki toza qipchoqlar), qirg&#8217;iz- qipchoqlar, Xitoy-qipchoqlar va sartqipchoqlar. O&#8217;z navbatida, yuqorida sanab o&#8217;tilgan qipchoq guruhlari bir qancha urug&#8217;larga bo&#8217;linganlar. Qo&#8217;g&#8217;ay, bug&#8217;och, Kumushoy, o&#8217;lmas, yashiq, jaydoq, Puchug&#8217;oy, Elatan, bo&#8217;g&#8217;oz, og&#8217;im, toz, sirmoq, ettiqashqa, qutluqsaid, Cherek, ko&#8217;kmo&#8217;yin, To&#8217;rtayg&#8217;ir (yoki 4 og&#8217;ayni), to&#8217;rttoy, to- vuldi, chang&#8217;roqchi, Chiyal, ko&#8217;lon, Oqbo&#8217;yra, qorabovur, boshqirt, tikan, Qoratikan, sari-qipchoq, qoramoyun kabi urug&#8217;lari Farg&#8217;ona vodiysida qayd etilgan. Q.ning ko&#8217;pchiligi asta-sekin o&#8217;troqlashib, dehqonchilik bilan shug&#8217;ullangan. Ayrim guruhlari 20-asr boshlarigacha yarim o&#8217;troq holda yashab, dehqonchilik va chorvachilik bilan mashg&#8217;ul bo&#8217;lganlar. 20-asrning 1-choragida O&#8217;zbekiston chegarasida yashovchi Qipchoqlarning umumiy soni 127 ming kishi bo&#8217;lib, shundan 52 ming kishi Zarafshon vodiysida, 42,2 ming kishi Farg&#8217;ona vodiysida yashagan. Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm vohalarida ham Qipchoqlarning ayrim guruhlari bo&#8217;lgan. Ad.: Shoniyozov K., O&#8217;zbek xalqining shakllanish jarasni, T., 2001; Shaniyazov K., Ketnicheskoy istorii uzbekskogo naroda T&#187; 1974. Adhamjon Ashirov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qipchoqlar (rus manbalarida \u2014 poloveslar, Vizantiya manbalarida \u2014 Kumanlar) \u2014 turkiy xalqlarning eng yirik qabilalaridan biri; o&#8217;zbek xalqi etnik tarkibidagi asosiy komponentlardan biri. Qipchoqlar nafaqat o&#8217;zbek xalqi entogenezida, balki qator &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qipchoqlar-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113508","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113508","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113508"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113508\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113509,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113508\/revisions\/113509"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113508"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113508"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113508"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}