{"id":113544,"date":"2024-01-13T12:07:23","date_gmt":"2024-01-13T09:07:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113544"},"modified":"2024-01-13T12:07:25","modified_gmt":"2024-01-13T09:07:25","slug":"qovoq-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qovoq-2\/","title":{"rendered":"Qovoq"},"content":{"rendered":"\n<p>Qovoq \u2014 qovoqdoshlar oilasiga mansub bir va ko&#8217;p yillik o&#8217;simliklar turkumi, poliz ekini. 13 turi ma&#8217;lum. Vatani \u2014 Shimol va Janubiy Amerika. O&#8217;rta Osiyo, jumladan, O&#8217;zbekistonda qadimdan ekib kelingan. Tuproqqal&#8217;a arxeologik qazilmalarida topilgan qovoq qoldiqlari (miloddan avvalgi 7-8-asrlar) buni tasdiqlaydi. Qningyirik mevali Qovoq, muskatsimon Qovoq va qattiq po&#8217;stli Qovoq kabi 3 turi ko&#8217;p tarqalgan. Ildizi o&#8217;qildiz, uzunligi 2 metrga boradi. Poyasi yotib, chirmashib o&#8217;sadi. Barglari (turiga qarab) yirik, tukli, barg qo&#8217;ltig&#8217;ida jingalaklari bor. Guli ikki jinsli, yirik (mayda), sariq, chetdan changlanadi. Mevasi turli shakl va rangda, eti och sariqdan to&#8217;q sariqqacha. Mevasi tarkibida 15-18% quruq modda, 4-11% qand, askorbin kislota, karotin, tiamin, riboflavin, azotli birikmalar, 0,7% biriktiruvchi to&#8217;qima, 0,5% oqsil, 0,2% yog&#8217;, 0,6% kul moddasi, urug&#8217;ida 20-40% yog&#8217; bor. Qovoq qaynatib, dimlab, qovurib iste&#8217;mol qilinadi, turli pishiriqlar, somsalar, nonlar, murabbo va sharbat tayyorlanadi. Xashaki Qovoq mollarga dag&#8217;al ozuqa bilan birga beriladi. 100 kilogramm mevasida 12 ozuqa birligi va 1 kilogramm hazm bo&#8217;ladigan protein bor. Yuqori haroratga va qurg&#8217;oqchilikka chidami past. Mevasi va urug&#8217;i ateroskleroz, oshqozon-ichak, buyrak, podafa kasalliklarini davolashda, gijjalarni tushiruvchi (urug&#8217;i) vosita sifatida ish- latiladi. Urug&#8217;i aprel oxiri \u2014 may boshlarida gektariga 4-6 kilogramm miqdorida ekiladi. 10-15\u00b0 da unib chiqadi, 20-30\u00b0 da normal rivojlanadi. Ekish sxemasi 2-2,5* 1 metr. O&#8217;suv davrida palak uchlari chilpiladi, qator oralariga ishlov beriladi, sug&#8217;oriladi. Navlariga qarab 110-140 kunda pishadi. Hosildorligi 200-450 ts\/ga. Saqlashga va tashishga chidamliligi har xil. 1 tonna mevasidan 0,8\u2014 12 tsentner urug&#8217; olinadi. O&#8217;zbekistonda yirik mevali Qovoq turining ispan 73 (kartoshka Qovoq), muskatsimon Qovoq turining palov kadu 265, Qashqar 1644 (oyim Qovoq), non kadu navlari ko&#8217;p ekiladi va barcha viloyatlarda ekish uchun (Nonkadu faqat Samarqand viloyatida) rayonlashtirilgan. Shuningdek, xonadon xo&#8217;jaliklarida suvqovoq, nosqovoq, tomoshaqovoq kabi turlari ham yetishtiriladi. Kasalliklari: so&#8217;lish, oq palak va boshqalar. Zararkunandalari: poliz shirasi, poliz qo&#8217;ng&#8217;izi, tunlamlar. Ad.: Ashirov I.M., Tikvi Uzbekistana, T., 1979. Abdulaziz Abbosov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qovoq \u2014 qovoqdoshlar oilasiga mansub bir va ko&#8217;p yillik o&#8217;simliklar turkumi, poliz ekini. 13 turi ma&#8217;lum. Vatani \u2014 Shimol va Janubiy Amerika. O&#8217;rta Osiyo, jumladan, O&#8217;zbekistonda qadimdan ekib kelingan. Tuproqqal&#8217;a &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qovoq-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113544","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113544","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113544"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113544\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113553,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113544\/revisions\/113553"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113544"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113544"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113544"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}