{"id":11361,"date":"2021-11-24T16:27:31","date_gmt":"2021-11-24T13:27:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=11361"},"modified":"2025-10-21T09:28:52","modified_gmt":"2025-10-21T06:28:52","slug":"auditorlik-xizmati-haqida-bilasizmi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/auditorlik-xizmati-haqida-bilasizmi\/","title":{"rendered":"AUDITORLIK XIZMATI haqida bilasizmi?"},"content":{"rendered":"\n<p>AUDITORLIK XIZMATI &#8212; kompaniya, korxona, tashkilot va boshqalarning moliya-xo&#8217;jalik faoliyati holatini xolis tekshiruvchi firmalar. Bu firmalarning xizmatchilari belgilangan tartibda auditorlik faoliyati bilan shug&#8217;ullanish uchun huquqi bo&#8217;lgan va auditorlik kasbkor ro&#8217;yxati (reestri)ga kiritilgan mutaxassislar bo&#8217;lib, auditorlar deb ataladi. Auditorlik xizmati xo&#8217;jalik yurituvchi sub&#8217;yektlar bilan auditorlik firmalari o&#8217;rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bunday firmalar Auditorlik xizmatini bajarish uchun tegishli kompaniya, korxona va tashkilotlar faoliyatini nazorat qiladigan davlat organlari (O&#8217;zbekistonda Adliya, Moliya vazirliklari) dan maxsus ruxsatnoma (litsenziya) oladilar. Auditorlik xizmatining asosiy vazifasi tekshirilayotgan korxonaning moliyaviy ahvoli to&#8217;g&#8217;risida xolis xulosa berishdan iborat. Bu xulosa ushbu korxonaning faoliyati to&#8217;g&#8217;risidagi yillik hisobotda shu korxonaning rasmiy balansi hamda foyda va zarari hisoblari bilan birgalikda qonun bilan belgilangan tartibda e&#8217;lon qilinadi. Auditorlik xizmati xulosasi ijobiy yoki salbiy bo&#8217;lishidan qat&#8217;i nazar korxonaning moliyaviy holatini tasdiqlovchi mustaqil hujjat hisoblanadi. Auditorlik xizmati nazorat ishlari bilan birga maslahat xizmatlarini ham bajaradi. Auditorlik xizmati birinchi marta 19-asrning 40-yillarida Angliyada aktsiyadorlik jamiyatlari moliya-xo&#8217;jalik faoliyatini tekshirish bilan bog&#8217;liq holda paydo bo&#8217;ldi. 20-asrning 70-yillariga kelib jahon mamlakatlarida Auditorlik xizmati standartlari yaratila boshladi. MDH mamlakatlari, shu jumladan O&#8217;zbekistonda dastlabki auditorlar 90-yillarning boshlarida paydo bo&#8217;ldi. O&#8217;zbekistonda 300 dan ortiq auditorlik firmalari faoliyat ko&#8217;rsatadi (2000). O&#8217;zbekiston Respublikasi hududida ish olib boruvchi auditorlik firmalari va mustaqil auditorlar ixtiyoriy asoslarda mustaqil jamoat tashkiloti bo&#8217;lgan O&#8217;zbekiston Respublikasi auditorlar palatasiga uyushgan. O&#8217;zbekistonda Auditorlik xizmati 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan O&#8217;zbekiston Respublikasining &#171;Auditorlik faoliyati to&#8217;g&#8217;risida&#187; Qonuniga muvofiq olib boriladi. Abdurauf Musayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>AUDITORLIK XIZMATI &#8212; kompaniya, korxona, tashkilot va boshqalarning moliya-xo&#8217;jalik faoliyati holatini xolis tekshiruvchi firmalar. Bu firmalarning xizmatchilari belgilangan tartibda auditorlik faoliyati bilan shug&#8217;ullanish uchun huquqi bo&#8217;lgan va auditorlik kasbkor ro&#8217;yxati &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/auditorlik-xizmati-haqida-bilasizmi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9243,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[107],"tags":[],"class_list":["post-11361","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-a-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11361","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11361"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11361\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":160766,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11361\/revisions\/160766"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9243"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11361"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11361"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11361"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}