{"id":113775,"date":"2024-01-15T09:54:13","date_gmt":"2024-01-15T06:54:13","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113775"},"modified":"2024-01-15T09:54:15","modified_gmt":"2024-01-15T06:54:15","slug":"qita-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qita-3\/","title":{"rendered":"Qit&#8217;a"},"content":{"rendered":"\n<p>Qit&#8217;a (Arabcha \u2014 bo&#8217;lak, qism, parcha) \u2014 mumtoz adabiyotda lirik janr. She&#8217;riy shakl sifatida qasida va g&#8217;azaldan oldin paydo bo&#8217;lgan. Tuzilishiga ko&#8217;ra, gazalga yaqin turadi, lekin Qit&#8217;ada matla&#8217; qofiyalanmaydi (AB. VB, Gb&#8230;), hajmi ham qat&#8217;iy emas, mazmun talabiga ko&#8217;ra, ikki bayt va undan ortiq (xatto 19 baytgacha) bo&#8217;lishi mumkin. Har bir Qit&#8217;a yaxlit asar bo&#8217;lib, biron mavzuga bag&#8217;ishlanadi. Boshqa lirik janrlarga nisbatan Qit&#8217;ada shakl va mazmun erkinligi ustun, mavzu doirasi ham keng. Unda ijtimoiy-siyosiy, diniy-falsafiy axloqiy-ta&#8217;limiy va boshqa mazmundagi fikrlar hajv va hazil-mutoyiba tarzida, shoir hayotining turli lahzalari bilan bog&#8217;liq qayd va mulohazalar sifatida o&#8217;z ifodasini topishi mumkin. Fors-tojik adabiyotida Qit&#8217;aning dastlabki namunalari Rudakiy ijodida ko&#8217;rinadi. Uning janr taraqqiyoti va takomilida fors shoiri Avhadiddin Anvariy (1190 yil vafot etgan) va Ibn Yamin Faryumodiyning xizmati katta. O&#8217;zbek adabiyotida Qit&#8217;aning ilk namunalari &#171;Devonu lugotit turk&#187;da, Xorazmiy, Yusuf Amiriy, Gadoiy, Lutfiy va boshqa ijodida uchrasada, uning taraqqiyoti Alisher Navoiy ijodi bilan bog&#8217;liq. Qit&#8217;adan hech kim Navoiychalik samarali foydalana olgan emas. U eng ko&#8217;p Qit&#8217;a yozgan Ibn Yaminning ilg&#8217;or an&#8217;analarini o&#8217;z davri sharoitiga bog&#8217;lab rivojlantirgan, Qit&#8217;ani o&#8217;zbek adabiyotida mustaqil janr darajasiga ko&#8217;targan. 16-19-asrlarda Bobur, Poshshoxoja, Munis Xorazmiy, Shavqiy Kattaqo&#8217;rg&#8217;oniy, Shukuriy Farg&#8217;oniy, Ogahiy, Miriy, Avaz o&#8217;tar, Almaiy va boshqa shoirlar Naioiy an&#8217;analarini davom ettirib, o&#8217;zbek qit&#8217;anavisligiga hissa qo&#8217;shdilar. Habibiy, Sobir Abdulla, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir, Chustiy, Charxiy, E. Vohidov va boshqalar Qit&#8217;alar yaratishgan. Hozir Qit&#8217;alar barmoq vaznida ham yozilmoqda. Ad.: Orzibekov R., Lirikada kichik janrlar, T., 1976; adabiy tur va janrlar |3 j.li|, 2-j.. T.. 1992.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qit&#8217;a (Arabcha \u2014 bo&#8217;lak, qism, parcha) \u2014 mumtoz adabiyotda lirik janr. She&#8217;riy shakl sifatida qasida va g&#8217;azaldan oldin paydo bo&#8217;lgan. Tuzilishiga ko&#8217;ra, gazalga yaqin turadi, lekin Qit&#8217;ada matla&#8217; qofiyalanmaydi (AB. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qita-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113775","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113775","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113775"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113775\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113790,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113775\/revisions\/113790"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113775"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113775"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113775"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}