{"id":113912,"date":"2024-01-15T16:42:22","date_gmt":"2024-01-15T13:42:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113912"},"modified":"2024-01-15T16:42:23","modified_gmt":"2024-01-15T13:42:23","slug":"qattiq-qotishmalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qattiq-qotishmalar\/","title":{"rendered":"Qattiq qotishmalar"},"content":{"rendered":"\n<p>Qattiq qotishmalar \u2014 yuqori (1000\u00b0 dan yuqori) tragacha qizdirilganda o&#8217;z qattiqligi, mustahkamligi, kesish va boshqalar xossalarini saqlab qoladigan materiallar. Nihoyatda qattiq, issiqbardosh, otashbardosh, eyilishga chidamli xillarga bo&#8217;linadi. Qattiq qotishmalarning metallokeramik, mineralokeramik va quyma guruhlari bor. Metallokeramik Qattiq qotishmalar, asosan, bir yoki bir necha karbiddan \u2014 volfram, titan, tantal karbidlari va boshqalardan iborat; bog&#8217;lovchi komponent sifatida, odatda, kobaltdan, kamdankam hollarda nikel, uning molibden, po&#8217;lat bilan qotishmasidan foydalaniladi. Metallokeramik Qattiq qotishmalar presslab va qizdirib qovushtirib, turli shaklli va har xil o&#8217;lchamli plastinkalar tarzida tayyorlanadi. Ulardan metall va qotishmalarni kesib ishlash, bosim bilan ishlash (sim kiryalash, shtamplash, kalibrlash va boshqalar), burg&#8217;ilash ishlari va boshqalarda foydalaniladi. Mineralokeramik Qattiq qotishmalar alyuminiy oksidli minerallarni presslash va. chamasi 1750\u00b0, temperaturada qovushtirish yo&#8217;li bilan tayyorlanadi va turli o&#8217;lcham hamda shakldagi plastinalar tarzida bo&#8217;ladi. Mineralokeramik Qattiq qotishmalarning qattiqligi Rokvell bo&#8217;yicha 93 ga yetadi, 1200\u00b0 gacha qizdirilganda ham mexanik xossalarini yo&#8217;qotmaydi; kesuvchi asboblar tayyorlashda ishlatiladi. Quyma Qattiq qotishmalar, asosan, xrom, nikel, uglerod, volfram, temir va boshqalar elementlarni qo&#8217;shib suyuqlantirish yo&#8217;li bilan olinadi. Quyma Qattiq qotishmalarning sellit (VK2, vkz), sormayt \u21161, sormayt \u21162 va boshqalar markazlari mavjud bo&#8217;lib, ular detal va asboblarning yeyilgan yuzalariga suyuqlantirib qoplash uchun ishlatiladi. Quyma Qattiq qotishmalar suyuqlantirib qoplangan yuzaning yeyilishga chidamliligi 2-4 baravar ortadi, qattiqligi esa Rokvell bo&#8217;yicha 40-50 birlikka yetadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qattiq qotishmalar \u2014 yuqori (1000\u00b0 dan yuqori) tragacha qizdirilganda o&#8217;z qattiqligi, mustahkamligi, kesish va boshqalar xossalarini saqlab qoladigan materiallar. Nihoyatda qattiq, issiqbardosh, otashbardosh, eyilishga chidamli xillarga bo&#8217;linadi. Qattiq qotishmalarning metallokeramik, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qattiq-qotishmalar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113912","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113912","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113912"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113912\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113923,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113912\/revisions\/113923"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113912"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113912"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113912"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}