{"id":113913,"date":"2024-01-15T16:42:23","date_gmt":"2024-01-15T13:42:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113913"},"modified":"2024-01-15T16:42:23","modified_gmt":"2024-01-15T13:42:23","slug":"qashqadaryo-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qashqadaryo-2\/","title":{"rendered":"Qashqadaryo"},"content":{"rendered":"\n<p>Qashqadaryo (quyi oqimida Maymanoqdaryo) \u2014 Qashqadaryo viloyatidagi daryo. Havzasining maydoni 12 ming km2. Daryo Tojikistonning Sug&#8217;d viloyatidagi Hisor tizmasining g&#8217;arbiy tarmog&#8217;i bo&#8217;lgan Obixunda tog&#8217;larining shimoliy yon bag&#8217;ridan, Tovtosh dovonidan 1,5 kilometr shimoli Sharqda, 2960 metr balandlikdan boshlanadi. Daryo o&#8217;ng irmog&#8217;i O&#8217;rtabuloqning (forob qishlog&#8217;i yonida) quyilishigacha Shinchasoy deb ataladi. Yuqori oqimida baland plato bo&#8217;ylab chuqur vodiyda oqadi. Daryo vodiysining bosh qismi ko&#8217;p joylarda tor. Vodiy yon bag&#8217;irlari ko&#8217;pincha tik, balandligi 50-120 metr. Yarg&#8217;ak irmog&#8217;i qo&#8217;shilgandan so&#8217;ng vodiy bir oz (100-200 metr) kengayadi. Shu yerdan daryoda qayir paydo bo&#8217;ladi (eni 100 metr, Dug&#8217;oba qishlog&#8217;i). Chiroqchidan pastroqda Hazratibashir qishlog&#8217;idan boshlab daryo suvi ariq va kanallarga olinadi. Qashqadaryoga sersuv bir qancha irmoqlar: jinnidaryo, Chiroqchidan 18 kilometr yuqorida Oqsuv, Tanhozdaryo, G&#8217;uzordaryolar quyiladi. Bu irmoqlar yuqori oqimida chuqur va tor vodiyda oqadigan tipik tog&#8217;daryolaridir. Qashqadaryoning o&#8217;ng sohil tomonidan uncha baland bo&#8217;lmagan Qoratepa tog&#8217;ining Janubiy yon bag&#8217;ridan 20 ga yaqin soy (Sho&#8217;robsoy, Makridsoy, Oyoqchisoy, Qalqamasoy va boshqalar) oqib tushadi. Tog&#8217;likdan tekislikka chiqqach, Daryo vodiysi kengayadi. Shu yerdan Daryo suvi butunlay sug&#8217;orishga olinadi. Qarshi cho&#8217;liga yetganda daryo tugaydi. Qor, yomg&#8217;ir suvlaridan to&#8217;yinadi. O&#8217;rtacha yillik suv sarfi Varganza qishlog&#8217;i yonida 14,1 m3\/sekunddan (ko&#8217;p suvli yilda) 1,45 m3\/sekundgacha (kam suvli yilda). Chiroqchi qishlog&#8217;i yonida yildagi eng ko&#8217;p suv sarfi 781 m3\/sekunddan (ko&#8217;p suvli yilda) 21,4m3\/sekundgacha (kam suvli yilda) bo&#8217;ladi. Yillik oqimining 64% mart \u2014 iyun, 11,7% iyul \u2014sentabr, 24-27% oktyabr \u2014 Fevral oylarida oqib o&#8217;tadi. Yillik eng ko&#8217;p suv sarfi ko&#8217;proq jala yomg&#8217;irlari hisobiga tez o&#8217;zgarib turadi. Shunga ko&#8217;ra, to&#8217;linsuv davri (Fevral \u2014 iyul) sel tusini oladi. Daryo havzasidagi yerlarni suv bilan ta&#8217;minlashni yaxshilash maqsadida Chimqo&#8217;rg&#8217;on suv ombori, zarafshon daryosidan havzaga suv keltirish uchun eski Anhor va qarshi magistral kanallari qurilgan. Yuriy Ivanov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qashqadaryo (quyi oqimida Maymanoqdaryo) \u2014 Qashqadaryo viloyatidagi daryo. Havzasining maydoni 12 ming km2. Daryo Tojikistonning Sug&#8217;d viloyatidagi Hisor tizmasining g&#8217;arbiy tarmog&#8217;i bo&#8217;lgan Obixunda tog&#8217;larining shimoliy yon bag&#8217;ridan, Tovtosh dovonidan 1,5 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/qashqadaryo-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[191],"tags":[],"class_list":["post-113913","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-q-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113913","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113913"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113913\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113924,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113913\/revisions\/113924"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113913"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113913"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113913"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}