{"id":113974,"date":"2024-01-15T19:11:55","date_gmt":"2024-01-15T16:11:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113974"},"modified":"2024-01-15T19:11:56","modified_gmt":"2024-01-15T16:11:56","slug":"puerto-riko","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/puerto-riko\/","title":{"rendered":"Puerto-Riko"},"content":{"rendered":"\n<p>Puerto-Riko (Puerto Rico), Puerto-Riko Hamdo&#8217;stligi (Commonwelth of Puerto Rico) \u2014 Vest-Indiyada katta Antil orollari arxipelagining Sharqiy qismidagi Puerto-Riko, Vekes, Kulebra va Mona orollarida joylashgan AQSh mulki. Maydoni 8,9 ming km2. Aholisi 3,95 million kishi (2002). Ma&#8217;muriy jihatdan 78 munisipal okrug (district)ra bo&#8217;linadi. Ma&#8217;muriy markazi \u2014 San-Xuan shahri. Davlat tuzumi. Puerto-Riko AQShga &#171;erkin qo&#8217;shilgan&#187; davlat maqomiga ega. Amaldagi Konstitutsiyasi 1952 yil 3 iyulda qabul qilingan va o&#8217;sha yil 25 iyulda kuchga kirgan. Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyat AQSH Kongressiga tegishli. Puerto-rikanlar rasman AQSh fuqarolari hisoblanadi, ammo AQSh Prezidenti saylovida qatnashmaydi. Muxtoriyat doirasidagi qonun chiqaruvchi hokimiyatni gubernator amalga oshiradi. Tabiati. Puerto-Riko orolining yer yuzasi tog&#8217;li. G&#8217;arbdan sharqqa kordilera-Sentral tizmasi cho&#8217;zilgan (eng baland joyi 1338 metr). Shimol va janubiy qirg&#8217;og&#8217;i pasttekislik. Marganes va temir ruda, tosh-tuz, marmar va boshqa konlar bor. Iqlimi tropik, passatli. O&#8217;rtacha oylik temperatura pasttekisliklarda 24-28\u00b0, tog&#8217;larda birmuncha salqinroq. Yillik yog&#8217;in miqdori 800-2500 mm. Daryolari qisqa, jo&#8217;shqin, kema qatnamaydi. Shimoliy tog&#8217; yon bag&#8217;irlarida doim yashil va aralash o&#8217;rmonlarning qoldiklari bor, Janubiy yon bag&#8217;irlari butazor. Hayvonlar uncha ko&#8217;p emas, ko&#8217;rshapalak, sudralib yuruvchilar va mollyuskalar uchraydi. Aholisining aksariyati \u2014 puertori-kanlar (asosan, kreollar, mulatlar, negrlar), chet elliklar ham yashaydi. Rasmiy tillar \u2014 ispan va ingliz tillari. Dindorlari \u2014 katoliklar. Shahar aholisi 71%. Yirik shaharlari: San-Xuan, bayamon, Ponse. Tarixi. Puerto-Riko hududida 16-asrgacha turli indeys kabilalari yashagan. 15-asr oxiri va 16-asr boshlarida Orolni ispan mustamlakachilari bosib olgan. 16-asr o&#8217;rtalarigacha mahalliy xalq batamom qirib tashlanib, Afrikadan negr qullar keltirilgan. Angliya, Gollandiya, Frantsiya davlatlari Puerto-Rikoni egallash uchun ko&#8217;p urush olib borganlar. 17-19-asrlarda mustamlaka zulmiga qarshi bir necha marta xalq qo&#8217;zg&#8217;olonlari bo&#8217;ldi. 1868 yilgi qo&#8217;zg&#8217;olondan so&#8217;ng Lores shahrida respublika e&#8217;lon qilindi, qo&#8217;zg&#8217;olon shafqatsiz bostirildi. 1873 yil qulchilik bekor qilindi. 1898 yil Parij sulh shartnomasiga binoan, Puerto-Rikodagi hokimiyat Ispaniyadan AQShga o&#8217;tdi va u aslida AQSh mustamlakasiga aylandi. 1952 yil qabul qilingan Konstitutsiyaga ko&#8217;ra, Puerto-Riko AQShga &#171;erkin qo&#8217;shilgan&#187; davlat maqomini oldi. 1998 yil 13 dekabrda mamlakatning kelgusi maqomi masalasi yuzasidan plebissit o&#8217;tkazildi. Aholining 50,2% hozirgi maqom saqlanib qolishini yoqlab chiqdi, 46,5% Puerto-Rikoning AQSh tarkibiga 51-shtat bo&#8217;lib kirish g&#8217;oyasini qo&#8217;llab quvvatladi. Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Xalq demokratiya partiyasi, 1938 yil asos solingan; yangi taraqqiyparvar partiya, 1967 yil tuzilgan; Puerto-Riko Kommunistik partiyasi, 1934 yil tashkil etilgan; Puerto-Riko mustaqillik partiyasi, 1934 yil tuzila boshlagan va 1946 yil uzil-kesil shakllangan; Puerto-Riko sotsialistik partiyasi, 1971 yil tashkil etilgan. Puerto-Riko mehnatkashlari umumiy konfederatsiyasi, 1939 yil tuzilgan; Puerto-Riko mehnatkashlari umumiy Ittifoqi, 1948 yil asos solingan; Puerto-Riko mehnatkashlari federatsiyasi, 1952 yil tuzilgan. Xo&#8217;jaligi konchilik sanoatiga va qishloq xo\u2019jalik xom ashyosini qayta ishlashga asoslangan. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 39%, qishloq xo\u2019jalik ulushi 1,4%ni tashkil etadi. Mehnatga layoqatli aholining 35% qishloq xo\u2019jaligida band. Eksport uchun shakarqamish, kofe, banan, tamaki, tsitrus mevalar, paxta va boshqalar ekiladi. Ichki ehtiyoj uchun makkajo&#8217;xori, dukkakli ekinlar va sholi etishtiriladi. qoamol, cho&#8217;chqa, ot va parranda boqiladi. Baliq ovlash rivojlangan. Marganes va temir ruda, marmar, toshtuz qazib olinadi. Oziq- ovqat sanoati (ayniqsa, qand-shakar, vinochilik, meva konservalash, baliqni qayta ishlash va boshqa sohalar) rivojlangan. Elektrotexnika, elektron, kimyo, neftni qayta ishlash, tsement, farmatsevtika, yengil sanoat (tikuvchilik, poyabzal, kashtachilik) korxonalari bor. Yiliga o&#8217;rtacha 15,3 milliard kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Avtomobil yo&#8217;llari uzunligi 9,3 ming kilometr. Asosiy dengiz portlari: San-Xuan, Mayagues, Ponse. Chetga kimyo va radioelektron sanoati mahsulotlari, oziq-ovqat chiqaradi. Chetdan xom ashyo, mashina va uskunalar, keng iste&#8217;mol mollari keltiradi. Tashki savdo aylanmasining 90% AQShga to&#8217;g&#8217;ri keladi. Yiliga 1,5 million sayyoh kelib ketadi. Pul birligi \u2014 AQSh dollari. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma&#8217;rifiy muassasalari. 6 yoshdan 16 yoshgacha bo&#8217;lgan bolalarning o&#8217;qishi majburiy deb e&#8217;lon qilingan. Umumiy ta&#8217;lim maktabidagi ta&#8217;limning to&#8217;la kursi \u2014 12 yil (6 yillik elementar, 3 yillik kichik o&#8217;rta va 3 yillik katta o&#8217;rta maktab). Darslar ispan tilida olib boriladi, ingliz tili barcha ta&#8217;lim bosqichlarida majburiy predmetdir. Davlatga qarashli umumiy ta&#8217;lim maktablari bilan bir qatorda xususiy maktablar ham bor. O&#8217;rta hunar-texnika maktablari o&#8217;rta maxsus ma&#8217;lumot beradi. Yirik oliy o&#8217;quv yurtlari: San-Xuan shahridagi Puerto-Riko universiteti (1903), Ponse shahridagi katolik universitet (1948) va boshqalar. Ilmiy muassasalari: Tropik o&#8217;rmonchilik ilmiy tadqiqot instituti, Puerto-Riko atom energiyasi markazi, ispan-amerika leksikografiya instituti, Puerto-Riko madaniyati instituti. Yirik kutubxonalari: Puerto-Riko universiteti kutubxonasi, muqaddas qalb universiteti kutubxonasi va boshqalar. Muzeylari: Kitob uyi muzeyi, Milliy gvardiya harbiy muzeyi, nafis san&#8217;at muzeyi, armiya va harbiy-dengiz Floti tarixi muzeyi, Kaparra xarobalari parki tarixi muzeyi, rassomlik muzeyi, tabiat tarixi muzeyi va boshqalar. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko&#8217;rsatuvi. Puerto-Rikoda bir qancha gazeta nashr etiladi. Asosiylari: &#171;Vosero de Pu- erto-Riko&#187; (&#171;Puerto-Riko jarchisi&#187;, kundalik gazeta, 1974 yildan), &#171;nuevo dia&#187; (&#171;Yangi kun&#187;, kundalik gazeta, 1970 yildan), &#171;San-Xuan Star&#187; (&#171;San-Xuan yulduzi&#187;), ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1959 yildan) &#171;Karibian biznes&#187; (&#171;Karib biznesi&#187;, ingliz tilidagi haftanoma, 1973 yildan), &#171;Klaridad&#187; (&#171;yorug&#8217;lik&#187;, haftanoma, 1959 yildan). Milliy axborot agentligi yo&#8217;q. Puerto-Riko radiostansiyalari uyushmasi 1947 yilda tuzilgan. Maorif vazirligi qaramog&#8217;ida notijorat radiostansiya va ikki telestansiya bor. Adabiyoti ispan tilida. 16-asrda qirib yuborilgan mahalliy xalqning adabiyoti saqlanmagan. Kreollar va keltirilgan qul negrlarning og&#8217;zaki ijodi 19-asrgacha mavjud bo&#8217;lgan. Yozma adabiyot 19-asrdagina vujudga keldi va romantizm oqimida rivojlana boshladi (S.Vidarte, A. Tapiya- i-Revera, E.M. de Ostos). 19-asr oxirida S. Brau, M. Fernandes Xunkos, M. Seno Gandiya, M. Gonsales Garsianing realistik nasriy asarlari nashr etildi. 20-asr boshlarida Puerto-Riko &#171;modernizmi&#187; (L. Lorens-Torres va boshqalar) vujudga kelib, milliy mustaqillik va o&#8217;ziga xos adabiyot uchun kurash tamoyilini rivojlantirdi. 30-yillar adabiyoti mamlakat hayotidagi o&#8217;tkir ijtimoiy muammolarni ko&#8217;tardi. 70-90-yillarda P.X.Soto romanlari, R.Markes pesalari, F.Matos Paoli she&#8217;riyati, shoiralardan Laura Galegos, Lolita Lebron asarlari ijtimoiy muammolarni teran ochib berdi. Me&#8217;morligi va tasviriy san&#8217;ati. Qadimgi g&#8217;orlardagi tasvirlar, ko&#8217;hna tosh va yog&#8217;och o&#8217;ymakorligi namunalari saqlangan. 16-20-asrlarda ispan me&#8217;morligi uslubida binolar qurildi. 1940-yillardan turar joylar temir-betondan qurila boshladi. 1950 yilda Puerto-Riko san&#8217;ati markazi tashkil topdi. F. Tufino, L. Omar, K.R.Rivera kabi rassomlar xalq turmushini haqqoniy aks ettirib, Shuhrat qozongan. Teatri. 1892 yil San-Xuanda birinchi doimiy teatr \u2014 &#171;Kolisso publiko&#187; tashkil etildi. 1935 yil E.Belaval uyushtirgan &#171;Areyto&#187; truppasi teatrda indeys-ispan an&#8217;analarini davom ettirishga harakat qildi. Uning faoliyatini universitet teatri davom ettirdi. F. Arrivi, E.Lagerre, F. Serra Berdesia pesalari sahnalashtirildi. 1958 yildan teatr festivallari o&#8217;tkaziladi. San-Xuanda &#171;Tapiya&#187;, &#171;La Perla&#187;, &#171;Ateneo&#187;, &#171;Alta essena&#187;, universitet teatrlari ishlaydi. Taniqli rejissyor va aktyorlari: A. Rod-riges, X. Marrero, P. Kabrera, P.Nasario, P.Arenas va boshqalar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Puerto-Riko (Puerto Rico), Puerto-Riko Hamdo&#8217;stligi (Commonwelth of Puerto Rico) \u2014 Vest-Indiyada katta Antil orollari arxipelagining Sharqiy qismidagi Puerto-Riko, Vekes, Kulebra va Mona orollarida joylashgan AQSh mulki. Maydoni 8,9 ming km2. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/puerto-riko\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[226],"tags":[],"class_list":["post-113974","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113974","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113974"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113974\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113975,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113974\/revisions\/113975"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113974"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113974"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113974"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}