{"id":113976,"date":"2024-01-15T19:25:35","date_gmt":"2024-01-15T16:25:35","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=113976"},"modified":"2024-01-15T19:25:37","modified_gmt":"2024-01-15T16:25:37","slug":"pushkin-aleksandr-sergeyevich","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/pushkin-aleksandr-sergeyevich\/","title":{"rendered":"Pushkin Aleksandr Sergeyevich"},"content":{"rendered":"\n<p>Pushkin Aleksandr Sergeyevich [1799.26.5 (6.6), Moskva &#8212; 1837.29.1 (10.2), Peterburg] \u2014 rus yozuvchisi, yangi rus adabiyotining asoschisi. Otasi Sergey Lvovich qadimgi dvoryanlar qavmidan, onasi Nadejda Osipovna esa Pyotr I qo&#8217;lida tarbiya ko&#8217;rgan habash \u2014 A.P.Gannibalning nabirasi bo\u2019lgan. Pushkinda nafis so&#8217;zga mehr-muhabbatning paydo bulishida rus xalq qushiqlari hamda ertaklarini yaxshi bilgan enagasi Arina Rodionovnaning ta&#8217;siri, ayniqsa, kattadir. O&#8217;sha davrning eng nufuzli o&#8217;quv yurtlaridan biri \u2014 Peterburg yaqinidagi Tsarskoe selo (hozirgi Pushkin shahri) litseyida o&#8217;qish (1811 \u2014 17) Pushkinning shoir va erksevar inson sifatida shakllanishida muhim omil bo&#8217;lgan. Pushkin litseyni tugatgach, Peterburgga ko\u2019chib borgan va tashki ishlar kollegiyasida kotib lavozimida ishlagan. U Peterburgda xizmat qilgan yillar (1817-20) Rossiyaning tarixiy taraqqiyoti uchun muhim bir davr edi. Pushkinning dastlabki she&#8217;rlari 1913 yilda matbuot yuzini ko\u2019rdi. U litseyda o&#8217;qib yurgan kezlarida 120 ga yaqin she&#8217;r va 2 doston (tugallanmagan) yozadi. Litsey bilan xayrlashuv kechasiga bag&#8217;ishlangan she&#8217;ri esa shu kechada qatnashgan G. R. Derjavining yuksak bahosiga sazovor bo\u2019lib, u Pushkinning buyuk shoir bo&#8217;lib yetishishini bashorat qiladi. Keyinchalik Pushkin rus jamiyatida uyg&#8217;onib borayotgan erksevarlik kayfiyati ta&#8217;sirida &#171;erkinlik&#187; (1817), &#171;Chaadaevga&#187; (1818), &#171;Qishloq&#187; (1819) singari she&#8217;rlarni yaratadi. Pushkinga qadar rus she&#8217;riyatida qasida, marsiya, xat singari har bir she&#8217;riy janr klassisizm tomonidan belgilangan qat&#8217;iy qonun-qoidalar asosida yozilgan. Pushkin litsey lirikasidan farqli o&#8217;laroq, Peterburg davri ijodida she&#8217;riy janrlar urtasidagi chegaralar va uslubiy farqlarni bartaraf etib, rus she&#8217;riyati taraqqiyoti uchun yangi badiiy ufqlarni ochib bergan (&#171;Ruslan va Lyudmila&#187;, 1820). Pushkin ijodining tadrijiy yulini shartli ravishda 4 bosqichga ajratish mumkin. Agar 1813-16 yillarni o\u2019z ichiga olgan l-bosqichda Pushkin o\u2019z zamondoshlarining badiiy tajribasini o&#8217;zlashtirgan bo&#8217;lsa, 2-bosqich (1817-20)da Pushkin ijodining g&#8217;oya va mavzular olami kengayib, u o&#8217;z uslubiga erishish yo&#8217;lida badiiy izlanishlar olib borib, kitobiy til bilan jonli xalq tilini uzaro yaqinlashtirdi. Shoirning 1820-24 yillar ijodida (3-bosqich) romantizm ustuvorlik qildi. Ammo ko\u2019p o\u2019tmay, Pushkin qahramonni poetiklashtirish va voqelikni ehtiros bilan tasvirlashda davom etgan holda romantik tasvir metodidan chekindi. Pushkin ijodining 1925 yildan boshlangan 4-bosqichida obrazlar va mavzular ko\u2019lamini chegaralashning har qanday kurinishini rad etuvchi, fikr bilan tuyg&#8217;uni, haqiqatni tadqiq etish bilan &#171;jonli tasavvur&#187;ni o&#8217;zaro uyg&#8217;unlashtirishga asoslangan realistik tizimni ishlab chiqdi Pushkinning rus jamiyatidagi erksevar kuchlar ta&#8217;sirida yozilgan zulm va krepostnoylikni fosh etuvchi she&#8217;rlari chor hukumatida norozilik kayfiyatini uyg&#8217;otdi. 1819 yilda Pushkinning &#171;yashil chiroq&#187; tugaragida ishtirok etishi esa Aleksandr I ni nihoyatda g&#8217;azablantirdi. U 1820 yil mayida Pushkinni Yekaterinoslavga surgun qildi. Shoir Yekaterinoslavga yetib kelishi bilan xastalikka yo&#8217;liqadi va ittifoqi shu yerda qo&#8217;noqda bo&#8217;lgan general N.N.Rayevskiyning oilasi bilan birga dastlab Kavkazga, keyin Qrimga yo&#8217;l oladi. Rossiyaning janubida yashash Pushkin ijodida yangi davrning boshlanishiga imkon berdi. U dastlab J. Bayron ta&#8217;sirida romantik dostonlarini yozdi. Pushkin romantizmining ilk namunasi \u2014 &#171;Kavkaz asiri&#187; dostoni (1820-21) 20-yillardagi erksevar yoshlar kayfiyatini ifodalagani uchun ular o&#8217;rtasida katta muvaffaqiyat qozondi. Pushkin voqelikni romantik bo&#8217;yoqlar bilan tasvir etishda davom etib, &#171;aka-uka qaroqchilar&#187; (1821-22) va &#171;Boqchasaroy fontani&#187; (1923) dostonlarini yaratdi. &#171;Lo&#8217;lilar&#187; dostoni esa Pushkinning ijodiy tadrijida ro&#8217;y bergan jiddiy burilishning samarasi bo&#8217;ldi. Pushkinning romantik dostonlari va shu yillar lirikasi (&#171;Demon&#187;, &#171;dengizga&#187; va boshqalar) yagona g&#8217;oyaviy-badiiy yo&#8217;nalishga ega bo&#8217;lib, ular psixologik tasvirning teranligi, ruhiy olam, tabiat va tevarak-atrofdagi hayotiy hodisalar o&#8217;rtasidagi aloqalarning rang-barangligi bilan ajraladi. 1824 yil Pushkin xizmat vazifasidan ozod etilib, Mixaylovskoe qishlog&#8217;i (Pskov) ga surgunga yuboriladi. Ikkinchi marta tazyiqqa uchragan shoir qisqa muddatli ruhiy ezilishdan so&#8217;ng mutolaaga berilib, shu atrofdagi aholining ertak va qo&#8217;shiklarini to&#8217;playdi, &#171;Boris godunov&#187; tragediyasi (1825), &#171;graf Nulin&#187; dostoni, &#171;Qur&#8217;onga tatabbu&#187;, &#171;Andrey Shen&#8217;e&#187;, &#171;19 oktyabr&#187; va boshqa mashhur she&#8217;rlarini yozadi, &#171;Yevgeniy Onegin&#187; she&#8217;riy romani ustidagi ishni davom ettiradi. &#171;Boris Godunov&#187; Pushkinning dramaturgiya sohasidagi dastlabki tajribasi bo&#8217;lsada, shoir unda Shekspir an&#8217;analariga tayangan holda dramatik san&#8217;atning yangi yo&#8217;llarini kashf etadi, xalq bilan hokimiyat o&#8217;rtasidagi munosabatni asar markaziga olib chiqadi. &#171;Boris Godunov&#187;ni yaratish asnosida ishlab chiqilgan badiiy tamoyillar (tarixiylikka intilish, insoniy kechinmalarni barcha ranglari bilan mujassamlashtirish, xarakterlarga xos hayotiy murakkablikni ochish va boshqalar) Pushkinning keyingi ijodida o&#8217;z samaralarini berdi. 20-yillar oxiri \u2014 30 yillar boshlarida Pushkin ijodida realizm tantana qilib, u &#171;graf Nulin&#187;dan tashqari, &#171;Poltava&#187; (1828-9), &#171;Kolomnadagi uy&#187; (1830), &#171;mis chavandoz&#187; (1833) dostonlari va keyinchalik shoirning &#171;kichik tragediyalar&#187;ini tashkil etgan ba&#8217;zi bir pesalari hamda nasriy asarlari (&#171;belkin qissalari&#187;, &#171;kapitan qizi&#187; va boshqalar)ni yaratadi. Pushkin shu davrda lirikada badiiy realizmning yuksak bosqichiga erishadi. 20-yillarning 2-yarmida Pushkin &#171;Yevgeniy Onegin&#187; ustidagi ijodiy ishini davom ettirdi. She&#8217;riy romanning 1833 yilda to&#8217;la holda nashr etilishi rus adabiyoti tarixida ulkan voqea bo&#8217;ldi. Garchand she&#8217;riyatning bu janri rus adabiyotida keyinchalik izchil davom ettirilmagan bo&#8217;lsada, bu asarda kashf etilgan yangi realistik tasvir metodi va yangi estetika tamoyillari rus adabietining keyingi taraqqiyoti uchun g&#8217;oyat katta ahamiyatga molik bo&#8217;ldi. Pushkin asarda polifonik tasvir usulining shunday yo&#8217;llarini topdiki, ular voqelikni keng qamrab olish, muhim hayotiy muammolarni tasvir doirasiga olib kirish, epik va lirik ibtidolarni uzviylashtirish imkonini berdi. Natijada romanda Pushkin yashagan davrning muhim masalalari o&#8217;z in&#8217;ikosini topdi, o&#8217;sha davrda keng tarqalgan kishilar xarakteri tarixiy, ijtimoiy va maishiy sharoit fonida zo&#8217;r mahorat bilan tasvir etildi. Pushkin 1830 yil kuzini Boldino qishlog&#8217;ida o&#8217;tkazdi. Rus adabiyoti tarixiga &#171;boldino kuzi&#187; sifatida kirgan bu davrda shoir &#171;Kolomnadagi uy&#187; dostoni, &#171;belkin qissalari&#187;, shuningdek, boshqa &#171;kichik tragediyalar&#187;ini ijod qildi. Bu asarlarning har biri, ayniqsa, &#171;xasis risar&#187;, &#171;o&#8217;lat chog&#8217;idagi bazm&#187;, &#171;tosh mehmon&#187;, &#171;Mosart va Saleri&#187; &#171;kichik tragediyalar&#187;i olamshumul ahamiyatga molik masalalarni ko&#8217;targanligi bilan Pushkin ijodida alohida bir sahifani tashkil etadi. Pushkin 1831 yil yozida sharoit taqozosi bilan davlat idoralarida ishlashga majbur bo&#8217;ladi. U tashqi ishlar kollegiyasida xizmat qilar ekan, davlat arxivida ishlash imkoniyatidan foydalanib, Buyuk Pyotr tarixini yozmoqchi bo&#8217;ladi. Arxivda ishlash Pushkinga Rossiyaning tarixi va hozirgi davridagi murakkab masalalarni to&#8217;g&#8217;ri tushuntirish imkonini beradi. U siyosiy tuzum, &#171;yangi ma&#8217;rifat&#187;, Yevropa mamlakatlari mohiyati to&#8217;g\u2019risida o&#8217;ylab, tanqidiy xulosalarga keladi va feodal tuzumning chiriganiga ishonch hosil qiladi. Pushkinning &#171;mis chavandoz&#187; dostoni uning dunyoqarashida ro&#8217;y bergan ana shunday o&#8217;zgarishlarning natijasi sifatida maydonga keladi. Rossiyaning yangi, kapitalistik taraqqiyot bosqichiga o&#8217;ta boshlagani Pushkinning &#171;Pikovaya dama&#187; (1833) qissasida o&#8217;z tajassumini topgan. Pushkin 30-yillar Rossiya tarixi bilan qiziqib, Pugachyov qo&#8217;zg&#8217;olonining paydo bo&#8217;lish sabablarini qunt bilan o&#8217;rgandi, qo&#8217;zg&#8217;olon sodir bo&#8217;lgan joylarga borib, rus xalq qo&#8217;shiqlari, ertak va rivoyatlarni yozib oldi. Pushkin Pugachyov qo&#8217;zg&#8217;oloni haqida to&#8217;plagan bu materiallardan &#171;Pugachyov tarixi&#187; asari (1833), &#171;Dubrovskiy&#187; (1832-33) va &#171;kapitan qizi&#187; (1833-36) qissalarida samarali foydalandi. Rus xalq og&#8217;zaki ijodi namunalariga qiziqish natijasida Pushkinning &#171;Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak&#187; (1830), &#171;Shoh Sulton haqida ertak&#187; (1831), &#171;Baliqchi va baliq haqida ertak&#187; (1833), &#171;Oltin xo&#8217;rozcha haqida ertak&#187; (1834) singari folklor motivlari bilan sug&#8217;orilgan asarlari maydonga keldi va bu asarlar Pushkin ijodi dagi xalqchillikning yanada oshishiga sababchi bo&#8217;ldi. Pushkin 1831-32 yillarda do&#8217;stlari tomonidan nashr etilgan &#171;Literaturnaya gazeta&#187; (&#171;adabiyot gazetasi&#187;)da faol ishtirok etib, adabiyotda xalqchillik va realizmning tantana qozonishi uchun kurashdi. Uzoq davom etgan sa&#8217;y-harakatdan so&#8217;ng 1836 yil aprelda &#171;Sovremennik&#187; (&#171;zamondosh&#187;) jurnalining 1-sonini chiqarishga muvaffaq bo&#8217;ldi. Pushkinning rus adabiyoti oldidagi xizmatlari buyuklashgan va ijodiy faoliyati yangiyangi qirralar kasb etib borgani sayin uning atrofidagi kora kuchlar tobora birlasha va faollasha boshladilar. Shuning natijasi o&#8217;laroq uning J.Dantes bilan dueli uyushtirilib, ulug&#8217;rus shoiri halok etildi. Pushkinning rus madaniyati taqdiridagi roli benihoya buyuk. U yangi rus adabiyotiga asos solish bilan birga rus adabiy tilining ham shakllanishiga ulkan hissa qo&#8217;shdi. Rus adabiyotida realism va xalqchillik tamoyillarining, qator she&#8217;riy janrlarning shakllanishi va taraqqiyoti Pushkin nomi bilan chambarchas bog\u2019liq. Pushkinning rang-barang ijodi nafaqat keyingi rus adabiyoti, balki musiqa, teatr, balet, rangtasvir singari san&#8217;at turlarining ham rivojlanishiga katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatdi. Boshqa qardosh adabiyotlar qatori 20-asr o&#8217;zbek adabiyotining taraqqiyotida ham Pushkin ijodining ta&#8217;siri sezilarlidir. Toshkentda Pushkin nomida ko&#8217;cha, maydon bor. Pushkinning tug\u2019ilgan kuniga 170 yil tulishi munosabati bilan 1969 yil Toshkent shahrida shoirga haykal o&#8217;rnatilgan. As: Polnoe Sobranie sochineniy, t. 1\u2014 10, M., 1974-78; tanlangan asarlar, 1-4 j.lar, T., 1954-55; tanlangan asarlar, T., 1999. Ad.: Blagoy D.D., Tvorcheskiy put Pushkina, t. 1-2-j.lar, M., 1950-67; Jizn Pushkina. Rasskazannaya im samim i ego sovremennikami, ch. I \u2014 II, M., 1988; Karimov N., Pushkin va uzbek she&#8217;riyati, T., 1988. Naim Karimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Pushkin Aleksandr Sergeyevich [1799.26.5 (6.6), Moskva &#8212; 1837.29.1 (10.2), Peterburg] \u2014 rus yozuvchisi, yangi rus adabiyotining asoschisi. Otasi Sergey Lvovich qadimgi dvoryanlar qavmidan, onasi Nadejda Osipovna esa Pyotr I qo&#8217;lida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/pushkin-aleksandr-sergeyevich\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[226],"tags":[],"class_list":["post-113976","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-p-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113976","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=113976"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113976\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":113977,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/113976\/revisions\/113977"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=113976"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=113976"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=113976"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}