{"id":114075,"date":"2024-01-18T09:32:03","date_gmt":"2024-01-18T06:32:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114075"},"modified":"2024-01-18T09:32:04","modified_gmt":"2024-01-18T06:32:04","slug":"navni-rayonlashtirish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/navni-rayonlashtirish\/","title":{"rendered":"Navni rayonlashtirish"},"content":{"rendered":"\n<p>Navni rayonlashtirish \u2013 qishloq xo\u2019jalik ekinlarining yuqori mahsuldor, mahsulot sifati va boshqa ko&#8217;rsatkichlari bo&#8217;yicha qimmatli yangi navlari va duragaylarini tanlab olish va muayyan tabiiy zonalardagi xo&#8217;jaliklarda ekish (joylashtirish). Qishloq xo&#8217;jaligi ekinlari navlarini rayonlashtirish O&#8217;zbekistonda 1934 yilda joriy etilgan. Rayonlashtirish uchun qimmatli xo&#8217;jalik belgilariga va mahsuldorligiga ko&#8217;ra, muayyan zonada ilgari rayonlashtirilgan navga qaraganda ustun turadigan yangi nav tasdiqlanadi. Navni rayonlashtirish (1996 yil 29 avgustda qabul qilingan O&#8217;zbekiston Respublikasining &#171;Urug&#8217;chilik to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi qonuniga ko&#8217;ra, respublika hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo&#8217;jaligi ekinlari Davlat reestriga kiritish)da amaldagi qonunlarga ko&#8217;ra dastlab mahalliy yoki xorijiy selektsiya muassasalarida yaratilgan yangi navlar davlat sinovini o&#8217;tkazish uchun Respublika qishloq xo&#8217;jaligi ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasiga topshiriladi. Bunda Originator (navning egasi) tomonidan navni sinash, rayonlashtirish, himoya hujjati (patent) olish uchun ariza, sinov davrida tegishli miqdordagi original urug&#8217;lik (ko&#8217;chat) bilan ta&#8217;minlash haqida kafolat xati, navning ta&#8217;rifi, selektsiya muassasasida o&#8217;tkazilgan uch yillik sinov natijalari, mahsulotning sifati haqida ma&#8217;lumotlar, navning rangli fotosurati taqdim etiladi. Navni rayonlashtirish uchun xo&#8217;jalik jihatidan foydaliligi bo&#8217;yicha sinovlar quyidagi tavsiflarni aniqlashi kerak: hosildorlik, kasallik va zararkunandalarga chidamlilik, tashqi muhit sharoitlariga (sovuqqa, qurg&#8217;oqchilikka chidamlilik) ta&#8217;sirchanlik, tezpisharlik, olinadigan mahsulot sifati va boshqalar. Taklif etiladigan yangi nav reestrda ro&#8217;yxatga olingan (ilgari rayonlashtirilgan) navlardan bir yoki ikki muhim xo&#8217;jalik va biologik tavsifiga ko&#8217;ra yaxshiroq bo&#8217;lishi, qolganlari bo&#8217;yicha ular darajasida bo&#8217;lishi yoki ulardan uncha past bo&#8217;lmasligi kerak. Sinovlar kamida ikki yil davomida o&#8217;tkaziladi, ko&#8217;p yillik ekinlar to&#8217;g&#8217;risida esa ular kamida ikki yil davomida to&#8217;liq hosil bergandan keyin rayonlashtirish haqida ekspert komissiyasi xulosasi qabul qilinadi. Navni rayonlashtirish uni ko&#8217;paytirish, urug&#8217;lik va ko&#8217;chatlarni O&#8217;zbekiston Respublikasi hududiga kiritish va realizatsiya qilish huquqini beradi, shuningdek, bu navlar ekilgan maydonlarda aprobasiya o&#8217;tkazilishi va ularning urug&#8217;lik sifatini tasdiqlovchi muvofiqlik sertifikati berilishi uchun ham huquqiy asos bo&#8217;ladi. Navni rayonlashtirish tartibi hamda navlarni joylashtirish rejalarini Respublika hukumati qabul qiladi. Uni respublika Vazirlar Mahkamasining maxsus ruxsatisiz buzish, o&#8217;zgartirish mumkin emas.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Navni rayonlashtirish \u2013 qishloq xo\u2019jalik ekinlarining yuqori mahsuldor, mahsulot sifati va boshqa ko&#8217;rsatkichlari bo&#8217;yicha qimmatli yangi navlari va duragaylarini tanlab olish va muayyan tabiiy zonalardagi xo&#8217;jaliklarda ekish (joylashtirish). Qishloq xo&#8217;jaligi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/navni-rayonlashtirish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114075","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114075","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114075"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114075\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114076,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114075\/revisions\/114076"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114075"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114075"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114075"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}