{"id":114192,"date":"2024-01-18T13:27:20","date_gmt":"2024-01-18T10:27:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114192"},"modified":"2024-01-18T13:27:26","modified_gmt":"2024-01-18T10:27:26","slug":"nukus-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nukus-tumani\/","title":{"rendered":"Nukus tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Nukus tumani \u2014 Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasidagi tuman. 1968 yil 25 dekabrda tashkil etilgan. G&#8217;arbda Xo&#8217;jayli, shimoli-g&#8217;arbda Amudaryo orqali Qanliko&#8217;l tumani, sharkda Qorao&#8217;zak, shimoli-Sharqda Kegeyli, shimolda Bo&#8217;zatov tumanlari, Janubi-sharqda Amudaryo tumani bilan chegaradosh. Maydoni 1,0 ming km2. Aholisi 43,5 ming kishi (2001). Tumanda 1 shaharcha (Oqmang&#8217;it), 6 ovul fuqarolari yig&#8217;ini (Arbashi, Baqanshaqli, Kerder, Samanbay, Taqirko&#8217;l, Qirontov) bor. Markazi \u2014 Oqmang&#8217;it shaharchasi. Tabiati. Tuman hududi Qoraqalpog&#8217;istonning markazida, quyi Amudaryoning Sharqiy sohilidagi pasttekislikda joylashgan. Relefi, asosan, past-baland tekisliklar, g&#8217;arbiy qismi Amudaryo botig&#8217;i, Sharqiy qismi qum do&#8217;nglari va qator qum tepalaridan iborat. Balandligi 100 metr. Shimoli va janubi-g&#8217;arbiy qismida yer usti Amudaryo oqizib keltirgan unumdor allyuvial va eol yotqiziqlaridan tuzilgan. Asosan, botqoq, o&#8217;tloqi-botqoq, o&#8217;tloqi-taqir, Amudaryo bo&#8217;ylarida esa sur-qo&#8217;ng&#8217;ir va o&#8217;tloqi-cho&#8217;l tuproqlar tarqalgan. Bu yerlarda dehqonchilik va o&#8217;rmon xo&#8217;jaliklarini rivojlantirish uchun qulay sharoit mavjud. Tumanning Janubiy qismi geologik jihatdan Sulton Uvays tog&#8217;ining davomi hisoblanadi. Lekin, relefida uning tog&#8217;li xususiyati yaxshi saqlanmagan. Baland tepaliklar Amudaryo bo&#8217;yidagi kichik allyuvial pasttekisliklar bilan almashinib boradi. Tepaliklarning eng baland joyi 149 metr (Beshto&#8217;be). Landtshaft jihatidan tumanning bu qismi Qoraqalpog&#8217;iston Qizilqumining davomidir. Tuman hududida sug&#8217;orish kanallari, zovurlar (kollektorlar), turli xil katgalikdagi ko&#8217;tarmalar bor. Qurilish materiallaridan tosh, shag&#8217;al, qum va gil ko\u2019p. Tumandagi Nazarxon ko&#8217;li, Sapokko&#8217;l na boshqa bir necha kichik ko&#8217;llar xo&#8217;jalik ahamiyatiga ega. Nazarxon, Cho&#8217;rtonboy, samanboy o&#8217;rmon xo&#8217;jaliklari mavjud (6,5 ming gektar). Turang&#8217;il daraxti yog&#8217;ochi mebel tayyorlashda ishlatiladi. Tuman hududida tabiiy kompleksni qayta tiklash va uning resurslaridan oqilona foydalanish bo&#8217;yicha ishlar qilinmoqda. Yovvoyi o&#8217;simliklardan ko&#8217;proq oq saksovul o&#8217;sadi. Amudaryo qayirlarida Turang&#8217;il, terak, yulg&#8217;un, jiyda, bug&#8217;doyiq, ajriq, qorabaroq, chiy, qamish, qo&#8217;g&#8217;a to&#8217;qaylari bor. Qirlarda oq shuvoq, sho&#8217;ralar o&#8217;sadi. Qamishzor va to&#8217;qaylarla qobon, chiyabo&#8217;ri, quyon, ondatra, bo&#8217;rsik. qushlardan qirg&#8217;ovul, o&#8217;rdak, chag&#8217;alay. kaptar, qo&#8217;ton, bir qozon, qorabuzov (Baklan), mo&#8217;ylovli chittak, inuya, dehqonchumchuq, oq qanotli qizilishton, popushak, zarg&#8217;aldoq, tentakqush va boshqalar bor. Sudraluvchilardan toshbaqa, kaltakesaklar, kalamush, sichqon va boshqa kemiruvchilar ko&#8217;p. Amudaryo va ko&#8217;llarda sazan, bakpa, laqqa, cho&#8217;rtan, oq Amur va boshqa baliqlar serob. Iqlimi keskin kontinenti. Qishda temperatura keskin pasayib ketadi. Yillik o&#8217;rtacha temperatura 11\u00b0, yanvarda o&#8217;rtacha temperatura -6,9\u00b0, iyunda 27\u00b0, eng past temperatura -32&#8242;. eng yuqori temperatura 46\u00b0. Vegetatsiya davri 226 kun. Yillik yog&#8217;in 92 mm. Yog&#8217;inning 45&#8217;g bahorda, 27% qishda tushadi. Asosiy sup tarmog&#8217;i \u2014 Amudaryo, Bo&#8217;zatov kanallari Tuman hududidan Qizketgan kanali ham oqib o&#8217;tadi. Aholisi, asosan, qoraqalpoqlar (60,8%), shuningdek, qozoq (30%), o&#8217;zbek (8,7%), rus, turkman, koreys, tatar va boshqa millat vakillari (0,5%) qam yashaydi. 1 km2 ga 43,5 kishi to&#8217;g&#8217;ri keladi. Shaharliklar 8,3 ming kishi (19,1%), qishloq aqolisi 35,2 ming kishi (80%) (2001). Xo&#8217;jaligi. Sanoati aholiga madaniy-maishiy xizmat ko&#8217;rsatish korxonalaridan iborat. Qishloq xo\u2019jaligi Nukus shahri aholisini qishloq xo\u2019jalik mahsulotlari bilan ta&#8217;minlashga ixtisoslashgan. Qishloq xo\u2019jaligining barcha tarmoqlari rivojlangan bo&#8217;lib, ularning asosiy yo&#8217;nalishi mevachilik, tokchilik, poliz va sabzavotchilik, go&#8217;sht va sut chorvachiligi, parrandachilik, sholikorlik, g&#8217;allachilik va paxtachilikdan iborat. Tumanda bir qancha qo&#8217;shma korxona (shu jumladan, Isroil-O&#8217;zbekiston issiqxonasi), boshqa sanoat korxonalari, kichik, xususiy korxonalar, aktsiyadorlik jamiyatlari mavjud. Qishloq xo\u2019jaligining yetakchi tarmoklari \u2014 g&#8217;allachilik va paxtachilik. Kartoshka va beda ham ekiladi. Tutzor, pichanzor va yaylovlar bor (2003). Tuman shirkat va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 13,3 ming qoramol, 7,6 ming qo&#8217;y va echki, 800 ot, shuningdek, parranda boqiladi. Asfaltlangan avtomobil yo&#8217;llarining uzunligi 100 kilometr. Nukus\u2014 Xalqobod\u2014 Chimboy \u2014 Taxtako&#8217;pir, Nukus \u2014 Oqmang&#8217;it \u2014 Qozonketgan \u2014 Qozondaryo, Nukus \u2014 Xo&#8217;jayli \u2014 Qo&#8217;ng&#8217;irot \u2014 Mo&#8217;ynoq yo&#8217;nalishlarda muntazam avtobus qatnovi yo&#8217;lga qo&#8217;yilgan. Tuman hududidan temir yo\u2019l o&#8217;tgan. Umumiy ta&#8217;lim maktablari, litseylar, kasb-hunar maktablari, kasb-hunar kollejlari faoliyat ko&#8217;rsatadi. 2 kasalxona va boshqa tibbiy muassasalari mavjud. Nukus tumanida &#171;Orol&#187;, &#171;Alpomish&#187;, &#171;Umid&#187; dam olish maskanlari bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nukus tumani \u2014 Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasidagi tuman. 1968 yil 25 dekabrda tashkil etilgan. G&#8217;arbda Xo&#8217;jayli, shimoli-g&#8217;arbda Amudaryo orqali Qanliko&#8217;l tumani, sharkda Qorao&#8217;zak, shimoli-Sharqda Kegeyli, shimolda Bo&#8217;zatov tumanlari, Janubi-sharqda Amudaryo tumani bilan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nukus-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114192","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114192","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114192"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114192\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114207,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114192\/revisions\/114207"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114192"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114192"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114192"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}