{"id":114204,"date":"2024-01-18T13:30:34","date_gmt":"2024-01-18T10:30:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114204"},"modified":"2024-01-18T13:30:35","modified_gmt":"2024-01-18T10:30:35","slug":"nurash-posti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nurash-posti\/","title":{"rendered":"Nurash po&#8217;sti"},"content":{"rendered":"\n<p>Nurash po&#8217;sti \u2014 tog&#8217; jinslarining nurashi natijasida yer yuzasida hosil bo&#8217;ladigan kontinental geologik formasiya. O&#8217;zgargan nuragan jinslar o&#8217;z joyida qolsa, qoldiq Nurash po&#8217;sti, tub jins bilan aloqasi uzilmay qandaydir masofaga siljisa ko&#8217;chirilgan Nurash po&#8217;sti deb ataladi. Ba&#8217;zi bir geologlar akkumulyativ Nurash po&#8217;sti (yuvilib keltirilgan gil-tuproq va qoldiq Nurash po&#8217;sti o&#8217;zgargan nuragan jinslari) ni alohida ajratadilar. Yotish shakliga ko&#8217;ra, Nurash po&#8217;sti maydonli (katta hududlarda hosil bo&#8217;ladi, qalinligi 10 metrgacha va undan ortiq) va chiziqli bo&#8217;ladi (bir yo&#8217;nalishda cho&#8217;zilib, tog&#8217;jinslari yoriqlari bo&#8217;ylab 100-150 metr ichkariga kirib boradi). &#171;Nurash po&#8217;sti&#187; terminini fanga shveytsariyalik geolog A. Geym kiritgan (1879). Nurash po&#8217;stining hosil bo&#8217;lishi joyning iqlimi, tog&#8217; jinslarining tarkibi, gidrogeologik sharoiti, relefi, tektonik tuzilishi, hosil bo&#8217;lish vaqti va boshqa omillar bilan bog&#8217;liq. Bunda asosiy omil iklim hisoblanadi. Yerning geologik tarixida bir necha marta (tokembriy, yuqori Paleozoy, triasyura, bo&#8217;r-paleogen, Paleogen-to&#8217;rtlamchi davr) katta qalinlikda Nurash po&#8217;stining shakllanish davri bo&#8217;lgan. Nurash po&#8217;stining hosil bo&#8217;lishida dastlab ishuriy, keyin nordon muhit yuzaga keladi. Har muhitda o&#8217;ziga xos minerallar hosil bo&#8217;ladi. Natijada Nurash po&#8217;stida pastdan yuqoriga qarab ayrim zonalar (dezintefasiya, dresva, gidroslyudamontmorillonit va kaolinit minerallari zonasi) paydo bo&#8217;ladi. Nurash po&#8217;sti zonalarining hosil bo&#8217;lishida jinslarning tarkibi katta rol o&#8217;ynaydi. Masalan, yog&#8217;in-sochin ko&#8217;p sharoitda nordon jinslar nurash natijasida kaolinit, gidroslyuda, dezintegrasiya zonalari, asosli va o&#8217;ta asosli jinslardan esa temir, marganes, ba&#8217;zan alyuminiyning suvli, yarim oksidli zonasi hosil bo&#8217;ladi. Nurash po&#8217;sti bilan alyuminiy, temir, titan, marganes, strontsiy, nikel, galluazit, olovga chidamli gil, sochma olmos, oltin, platina, qimmatbaho toshlarning konlari bog&#8217;liq. O&#8217;zbekistonda Ohangaron vodiysi, Zirabuloq-Ziyovuddin tog&#8217;lari yon bag&#8217;irlari va Markaziy Qizilqumda 2 metrdan 150 metrgacha kaolin qatlamlari hosil bo&#8217;lgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nurash po&#8217;sti \u2014 tog&#8217; jinslarining nurashi natijasida yer yuzasida hosil bo&#8217;ladigan kontinental geologik formasiya. O&#8217;zgargan nuragan jinslar o&#8217;z joyida qolsa, qoldiq Nurash po&#8217;sti, tub jins bilan aloqasi uzilmay qandaydir masofaga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nurash-posti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114204","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114204","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114204"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114204\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114217,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114204\/revisions\/114217"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114204"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114204"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114204"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}