{"id":114237,"date":"2024-01-18T13:34:10","date_gmt":"2024-01-18T10:34:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114237"},"modified":"2024-01-18T13:34:15","modified_gmt":"2024-01-18T10:34:15","slug":"nutq-madaniyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nutq-madaniyati\/","title":{"rendered":"Nutq madaniyati"},"content":{"rendered":"\n<p>Nutq madaniyati, nutq odobi \u2014 1) og&#8217;zaki va yozma adabiy til me&#8217;yorlari (talaffuz, urg&#8217;u, so&#8217;z qo&#8217;llash, grammatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa-aralashuv sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maqsad va mazmuniga mos ravishda foydalanish mahorati; 2) tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish maqsadida me&#8217;yorlashtirish (tartibga solish) muammo larini o&#8217;rganuvchi bo&#8217;limi. G&#8217;arb tilshunosligida umumiy ma&#8217;noda &#171;til madaniyati&#187; termini ham qo&#8217;llanadi. 1-ma&#8217;nodagi &#171;Nutq madaniyati&#187; tushunchasi adabiy tilni o&#8217;zlashtirishdagi ikki bosqichni qamrab oladi: a) nutqning to&#8217;g&#8217;riligi va boshqa nutqiy mahorat. Nutqning to&#8217;g&#8217;riligi muayyan tilda so&#8217;zlovchilar va yozuvchilar tomonidan &#171;ideal&#187; yoki umum tomonidan qabul qilingan va an&#8217;anaviy saqlanib kelayotgan odatlar, ibrat va namunalar tarzida idrok etiladigan adabiy me&#8217;yorlarga amal qilishdir. Nutqiy mahorat esa nafaqat adabiy me&#8217;yorlarga amal qilish, balki o&#8217;zaro mavjud bo&#8217;lgan variantlardan mazmunan eng to&#8217;g&#8217;ri, eng aniq, uslub va vaziyat nuqtai nazaridan eng makbuli va ifodalisini tanlab olish mahoratidir (masalan, aka \u2014 oka \u2014 ako; kelyapti \u2014 kevotti \u2014 kelopti variantlaridan birining adabiy me&#8217;yor sifatida tanlanishi). Yuksak Nutq madaniyati kishining umumiy yuksak madaniyatini, fikrlash madaniyatini, tilga nisbatan ongli mehr-muhabbatini namoyon qiladi. Nutq madaniyati nazariyasining asosiy tushunchasi til me&#8217;yoridir. 2-ma&#8217;nodagi Nutq madaniyatining asosiy vazifasi ijtimoiy til amaliyotiga faol ta&#8217;sir ko&#8217;rsatish maqsadida (tilning barcha sathlarida) ob&#8217;yektiv til me&#8217;yorlarini ularning barqarorlashgan shakllarida, ziddiyatlarida, vujudga keluvchi tamoyillarida va boshqalarda o&#8217;rganishdir. Zamonaviy Nutq madaniyati nazariy va amaliy fan bo&#8217;lib, u til amaliyotiga ta&#8217;sir etish maqsadida adabiy til tarixi, grammatika, uslubshunoslik va boshqa tilshunoslik bulimlarining yutuqlari va xulosalarini umumlashtiradi. Nutq madaniyati nazariyasida adabiy til milliy tilning oliy shakli deb e&#8217;tirof etiladi; badiiy adabiyot tili o&#8217;zining eng yaxshi namunalari b-n xalqning madaniyat sohasidagi yutuqlari va an&#8217;analarini mustahkamlaydi va boyitadi. Nutq madaniyati ijtimoiy hodisa bo&#8217;lib, u jamiyat, fan va texnika, madaniy va adabiy hayot rivoji bilan chambarchas bog\u2019liq holda taraqqiy etadi. Jamiyat a&#8217;zolarining madaniy saviyasi ortgan sari nutqi ham jilolanib, sayqallashib, Nutq madaniyati qoidalari va me&#8217;yorlariga muvofiq holda takomillashib boradi. Nutq madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida adabiyot, san&#8217;at, radio, televidenie va davriy matbuotning alohida o&#8217;rni bor. Ayniqsa, adabiy tilni me&#8217;yorlashtirish va Nutq madaniyati nazariyasini rivojlantirishda leksikografiya, xususan, izohli, imlo, talaffuz, o&#8217;quv va boshqa maxsus lug&#8217;atlar muhim ahamiyatga ega. 15-asrdayoq o&#8217;zbek adabiy tilining Nutq madaniyati va uning o&#8217;ziga xos me&#8217;yorlari bo&#8217;lgan \u2014 Alisher Navoiy o&#8217;zining butun hayotiy va ijodiy faoliyati bilan o&#8217;z davri Nutq madaniyatiga, nutq odobiga mislsiz hissa qo&#8217;shgan bo&#8217;lsa, keyingi davrda yashagan Bobur, Muhammad Solih, Gulxaniy, Nodira, Ogahiy, Furqat, Muqimiy va boshqa shoirlarning asarlari tilida ham o&#8217;sha davr tili va Nutq madaniyati ma&#8217;lum darajada aks etgan. &#171;Yaxshi so&#8217;z \u2014 jon ozig&#8217;i&#187;, &#171;bug&#8217;doy noning bo&#8217;lmasa ham, bug&#8217;doy so&#8217;zing bo&#8217;lsin&#187;, &#171;o&#8217;ynab gapirsang xam o&#8217;ylab gapir&#187;, &#171;har neni emak \u2014 hayvonning ishi, har neni demak \u2014 no-donning ishi&#187; kabi maqol va hikmatli so&#8217;zlarning paydo bo&#8217;lishi ham o&#8217;zbek xalqida Nutq madaniyatiga avvaldan e&#8217;tibor kuchli bo&#8217;lganidan darak beradi. O&#8217;tgan asrning 20-yillaridan so&#8217;ng o&#8217;zbek tilining Nutq madaniyati xalq tiliga yaqinlashtirilgan milliy adabiy til me&#8217;yorlariga asoslanadi. Bu me&#8217;yorlarni shakllantirish ishiga olimlar (Otajon Hoshim, T. N. Qori Niyoziy, S. Ibrohimov, olim Usmon va boshqalar), adibu shoirlar (Qodiriy, Cho&#8217;lpon, Avloniy, Fitrat, Oybek, G&#8217;afur G&#8217;ulom, Abdulla Qahhor va boshqalar) munosib hissa qushdilar. Abduvahob Madvaliyev, Yo&#8217;ldosh Solijonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Nutq madaniyati, nutq odobi \u2014 1) og&#8217;zaki va yozma adabiy til me&#8217;yorlari (talaffuz, urg&#8217;u, so&#8217;z qo&#8217;llash, grammatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa-aralashuv sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maqsad va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/nutq-madaniyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114237","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114237","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114237"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114237\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114253,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114237\/revisions\/114253"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114237"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114237"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114237"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}