{"id":114285,"date":"2024-01-18T15:55:10","date_gmt":"2024-01-18T12:55:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114285"},"modified":"2024-01-18T15:55:11","modified_gmt":"2024-01-18T12:55:11","slug":"norin-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/norin-tumani\/","title":{"rendered":"Norin tumani"},"content":{"rendered":"\n<p>Norin tumani \u2014 Namangan viloyatining Janubiy-Sharqiy qismida joylashgan tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1962-1973 yillarda va 1988-89 yillarda Uchqo&#8217;rg&#8217;on tumani tarkibida bo&#8217;lgan. Norin tumani g&#8217;arbdan viloyatning Namangan va Uychi, shimoldan Uchqo&#8217;rg&#8217;on tumanlari, Janub va sharqdan Andijon viloyatining Baliqchi va Izboskan tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 207,1 km2. Aholisi 118,3 ming kishi (2003). Norin tumanida 1 shahar (Haqqulobod) va 8 qishloq fuqarolar yig&#8217;ini (marg&#8217;zor, Norinkapa, Paxtaqishloq, Toshloq, Tuda, Usmon Yusupov, Uchtepa, Xo&#8217;jaobod) bor (2003). Markazi \u2014 Haqqulobod shahri. Tabiati. Norin tumani viloyatning Sharqiy qismida, Farg&#8217;ona tizmasining etaklarida joylashgan, g&#8217;arbiy chegaralari bo&#8217;ylab Qoradaryo o&#8217;tadi. Relefi past-baland tekislikdan iborat (balandligi 600\u2014 800 metr). Tog&#8217; etaklari paleogen davrining gil, ohaktosh, mergel jinslaridan tarkib topgan. Norin havzasi yoppasiga konglomeratdan iborat. Qoradaryo havzasida konglomerat ustupi o&#8217;nlab metr qalinlikda qoplab yotgan lyoss katta maydonda tekislik hosil qilgan. Norinning qayir tekisligi Uchqo&#8217;rg&#8217;on qishlog&#8217;idan boshlab 2-3 kilometrga kengayadi; bu yerda qumoq hamda qumloq jinslar keng tarqalgan. Tuman hududining shimoldan Janubga tomon katta Andijon kanali kesib o&#8217;tadi (tuman hududida uzunligi 13,5 kilometr). Tumanning Janubiy-g&#8217;arbiy tomonidan Qoradaryoning eski o&#8217;zanidan o&#8217;tadigan Qolgandaryo barcha sizot suvlarni yig&#8217;ib Qoradaryoga qo&#8217;shiladi. Tuprog&#8217;i Janub qismida botqoq-torfli, shimolda b,o&#8217;z tuproq. Norin Qoradaryoga qo&#8217;shiladigan yerda o&#8217;tloqli, botqoq-o&#8217;tloqi tuproqlar uchraydi. Iqlimi quruq kontinental. Yozi issiq, qishi sovuq. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -6\u00b0, iyulniki 27\u00b0. Yillik yog&#8217;in 190-215 mm. Vegetatsiya davri 233 kun. Tuman hududi haydaladigan yerlardan iborat. Yovvoyi o&#8217;simliklardan faqat daryo bo&#8217;ylarida, kanal, zovur chetlaridagina qamish, ajriq, yalpiz, qirq-bo&#8217;g&#8217;in, qo&#8217;ypechak, qizilmiya, burgan, g&#8217;umay, yantoq, sho&#8217;ra, otquloq, shuvoq, yovvoyi jiyda, momoqaymoq, sambit, yulg&#8217;un va boshqalar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlar juda kam qolgan. Ilonlar, suv havzalarida ondatra, shuningdek, tulki, kuyon, kalta-kesak, yumronqoziq, baliklardan sazan, laqqa, cho&#8217;rtan va boshqalar bor. Qushlardan yovvoyi o&#8217;rdak, loyxo&#8217;rak, qaldirg&#8217;och, bulbul, chumchuq, chug&#8217;urchiq, musicha, hakka, qarg&#8217;a, so&#8217;fito&#8217;rg&#8217;ay, Sinchalak, karqunoq, qumri, laylak va boshqalar uchraydi. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar; shuningdek, tojik, qirg&#8217;iz, rus, tatar, koreys va boshqalar ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 km2 ga 571 kishi (2003). Xo&#8217;jaligi. Tuman xo&#8217;jaligi, asosan, qishloq xo\u2019jaligiga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa korxonalari bor. Shirkat xo&#8217;jaliklari paxtachilik, g&#8217;allachilik, bog&#8217;dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik va pillachilik bilan shug&#8217;ullanadi. Tumanda 2 (O&#8217;zbek-Litva &#171;Klayna tekstil&#187; va &#171;Haqqulobod pik&#187;) qo&#8217;shma korxonasi, kichik va xususiy korxonalar, &#171;Norintola&#187; aktsiyadorlik jamiyati va boshqalar mavjud (2003). Qishloq xo\u2019jaligining yetakchi tarmog&#8217;i \u2014 paxtachilik. Qishloq xo\u2019jaligida sug&#8217;oriladigan yerlar 13 ming gektar, ekinzorlar 12 ming gektardan ziyod. Shu jumladan, 6,7 ming gektar yerga paxta, 4,6 ming gektar yerga bug&#8217;doy, 563 gektar yerga yem- xashak, Norin tumanidagi O\u2019zbek\u2014Litva &#171;Klayna tekstil&#187; qo&#8217;shma korxonasi tsexi. 80 gektar yerga sabzavot, 30 gektar yerga kartoshka va boshqa ekinlar ekiladi (2003). Norin tumanida 9 shirkat xo&#8217;jaligi, 2 fermer xo&#8217;jaliklar uyushmasi, 245 fermer xo&#8217;jaligi faoliyat ko&#8217;rsatmoqda. Tuman shirkat va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 19,9 ming qoramol, 19,3 ming qo&#8217;y, 44,2 ming parranda boqiladi (2003). 2002\/2003 o&#8217;quv yilida 44 umumiy ta&#8217;lim maktabi bo&#8217;lib, 28,0 ming o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oldi, 4 kasb-hunar kolleji va iqtidorli bolalar litseyida 1530 o&#8217;quvchi o&#8217;qidi. 37 kutubxona, madaniyat saroyi, 11 qishloq madaniyat uylari, muzey, &#171;Guldasta&#187; xalq ansambli, &#171;xo&#8217;rozcha&#187; xalq qo&#8217;g&#8217;irchoq teatri hamda xalq dorbozlar guruhi faoliyat ko&#8217;rsatmoqda. Norin tumanida Markaziy kasalxona va 21 ta davolash va tibbiyot muassasasida 231 vrach, 1210 o&#8217;rta tibbiy xodim ishlaydi. Tumanda har 10 ming aholiga 19,7 ta vrach, 103,2 o&#8217;rta tibbiy xodim to&#8217;g&#8217;ri keladi (2003). 1931 yildan &#171;Norin ovozi&#187; tuman gazetasi chiqadi (adadi 5000). Murodulla Haydarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Norin tumani \u2014 Namangan viloyatining Janubiy-Sharqiy qismida joylashgan tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1962-1973 yillarda va 1988-89 yillarda Uchqo&#8217;rg&#8217;on tumani tarkibida bo&#8217;lgan. Norin tumani g&#8217;arbdan viloyatning Namangan va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/norin-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114285","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114285","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114285"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114285\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114286,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114285\/revisions\/114286"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114285"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114285"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114285"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}