{"id":114342,"date":"2024-01-19T09:12:16","date_gmt":"2024-01-19T06:12:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114342"},"modified":"2024-01-19T09:12:19","modified_gmt":"2024-01-19T06:12:19","slug":"napoleon-urushlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/napoleon-urushlari\/","title":{"rendered":"Napoleon urushlari"},"content":{"rendered":"\n<p>Napoleon urushlari &#8212; Napoleon konsulligi (1790-1804) va imperatorligi (1804-14, 1815) davrida Frantsiya olib borgan urushlar. Napoleon urushlari bosqinchilik xarakterida bo&#8217;lgan. Frantsiya Napoleon harbiy diktaturasi o&#8217;rnatilgan vaqtda (1799) 1789-99 yillarda tuzilgan 2-antifrantsuz koalitsiya (Rossiya, Buyuk Britaniya, Avstriya, Turkiya, Neapol qirolligi va boshqalar) bilan urush holatida edi. 1800 yil Rossiya ittifoqchilar bilan kelisha olmay koalitsiyadan chiqqan. Natijada 2-koalitsiya rasman o&#8217;z faoliyatini tugatgan. Faqat Buyuk Britaniya urushni davom ettirgan. 1805 yil 3-antifrantsuz koalitsiyasi (Buyuk Britaniya, Avstriya, Shvesiya, Rossiya) tashkil topgan. Shu yili ingliz floti admiral Nelson rahbarligida Birlashgan ispan-frantsuz flotini tor-mor qilgan. Biroq Napoleon quruqlikda katta muvaffaqiyatga erishgan. U Austerlis yaqinidagi jangda (1805 yil 2 dekabr) Rossiya-Avstriya qo&#8217;shinlarini og&#8217;ir talafotga uchratdi. Avstriya Frantsiya bilan sulh tuzishga majbur bo&#8217;lgan (1805 yil 26 dekabr). Rossiya va Buyuk Britaniya, Prussiya bilan Shvetsiya qo&#8217;shilib 4-antifrantsuz koalisiyasi vujudga kelgan (1806 yil sentabr). 1806 yil oktabrda Prussiya frantsuz qo&#8217;shinlari tomonidan bosib olingan. 1807 yil iyunda Napoleon I Fridland ostonasida rus qo&#8217;shinlarini yenggan. 1809 yil Buyuk Britaniya bilan yana ittifoq tuzgan (5-antifrantsuz koalitsiyasi) Avstriya qushinlarini tor-mor keltirgan. Napoleon imperiyasiga xal qiluvchi zarba Rossiyada berilgan. M. I. Kutuzov qo&#8217;mondonligida rus armiyasining kurashi natijasida Napoleonning &#171;Buyuk armiyasi&#187; mag&#8217;lub bo&#8217;lgan. Rossiyadan chekinayotgan frantsuzlarga qarshi Yevropa mamlakatlarida ozodlik urushi boshlanib ketgan. 1813 yil Fevralda Prussiya Rossiya bilan ittifoq tuzgan. Bu ittifoq 6-antifrantsuz koalitsiya (Rossiya, Buyuk Britaniya, Prussiya, Shvetsiya, Avstriya va boshqalar)ning tashkil topishiga asos bo&#8217;lgan. Shu yili Leypsig jangida Germaniya ozod qilindi. 1814 yil mart oxirida ittifoqchilar armiyasi Parijni ishg&#8217;ol qilgan. Aprelda Napoleon 1 taxtdan voz kechishga majbur bo&#8217;lgan (6 aprel) va u elba oroliga surgun qilingan. 1815 yil 1 martda Napoleon I 1000 kishilik otryad bilan oroldan chiqib Parijga yurish qilgan va 20 martda qayta taxtga o&#8217;tirgan. Lekin, Yevropa davlatlari uni tan olmaganlar. 25 martda Rossiya, Buyuk Britaniya, Avstriya, Prussiya o&#8217;rtasida Napoleon Frantsiyasiga qarshi ittifoq (7-anti-frantsuz koalitsiyasi) tuzilgan. 18 iyunda Napoleon armiyasi Vaterloo jangida ingliz-pruss qo&#8217;shinlari tomonidan tor-mor keltirilgan. 22 iyunda Napoleon taxtdan voz kechgan. 1815 yil 20 noyabrda ittifoqchilar bilan Frantsiya o&#8217;rtasida Parij sulh shartnomasi imzolanib, unga ko&#8217;ra Burbonlar hokimiyati yana qayta tiklangan. Shodmonqul Pirimqulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Napoleon urushlari &#8212; Napoleon konsulligi (1790-1804) va imperatorligi (1804-14, 1815) davrida Frantsiya olib borgan urushlar. Napoleon urushlari bosqinchilik xarakterida bo&#8217;lgan. Frantsiya Napoleon harbiy diktaturasi o&#8217;rnatilgan vaqtda (1799) 1789-99 yillarda tuzilgan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/napoleon-urushlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114342","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114342","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114342"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114342\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114358,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114342\/revisions\/114358"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114342"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114342"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114342"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}