{"id":114344,"date":"2024-01-19T09:12:18","date_gmt":"2024-01-19T06:12:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=114344"},"modified":"2024-01-19T09:12:23","modified_gmt":"2024-01-19T06:12:23","slug":"napoleon-i","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/napoleon-i\/","title":{"rendered":"Napoleon I"},"content":{"rendered":"\n<p>Napoleon I, Napoleon Bonapart (1769.15.8, Ayachcho shahri, Korsika oroli \u2014 1821.5.5, Muqaddas Yelena oroli) \u2014 Fransuz davlat arbobi va sarkardasi, Frantsiya Respublikasining birinchi konsuli (1799-1804), Frantsiya imperatori (1804-14 va 1815). 10 yoshida Frantsiyaning Oten kollejiga kirgan, so&#8217;ng o&#8217;sha 1779 yilda Brienn harbiy o&#8217;quv yurtiga ko&#8217;chirilgan. 1784 yil mazkur o&#8217;quv yurtini muvaffaqiyatli tamomlab, Parij harbiy maktabiga (1784-85) o&#8217;tgan. 1785 yil podporuchik unvonida armiya xizmatini boshlagan. Maxsus, umumiy ilmiy, falsafiy, siyosiy, badiiy adabiyotni o&#8217;qib o&#8217;rgangan. Ilg&#8217;or frantsuz ma&#8217;rifatparvarlari ruhida tarbiyalangan Napoleon I 1789 yil Buyuk frantsuz inqilobini iliq kutib olgan. 1792 yil Yakobinchilar klubiga a&#8217;zo bo&#8217;lgan. U Parij shahri garnizoni qo&#8217;mondoni va 1796 yilda Italiyada harakat qilayotgan frantsuz armiyasining bosh qo&#8217;mondoni etib tayinlangan. Italiya kompaniyasida Napoleon I o&#8217;zini buyuk sarkarda ekanligini namoyon qilgan. G&#8217;olib sifatida Parijga kirib kelgan Napoleon I Misrga harbiy yurish qilish haqidagi qarorini direktoriyadan o&#8217;tkazgan. Lekin, o&#8217;z xohishi bilan u Misrni tashlab, 1799 yil oktabrda Parijga qaytib kelgan va 9-10 noyabrda davlat to&#8217;ntarishi o&#8217;tkazib, konsullkk rejimini joriy etgan va amalda butun hokimiyatni o&#8217;z qo&#8217;liga olgan. U inqilob qo&#8217;lga kiritgan demokratik yutuqlarni bekorga chiqargan. Ammo, iqtisodiy sohada inqilob samaralarini, shu jumladan, mulkni qayta taqsimlash tadbirini himoya qilgan, sanoat va savdoning rivojlanishiga katta e&#8217;tibor bergan. 1800 yil frantsuz bankiga asos solgan. 1802 yil Napoleon I o&#8217;zini umrbod konsul etib tayinlanishiga erishgan. 1804 yilda esa imperator deb e&#8217;lon qilingan. Yangi burjua monarxiyasini mustahkamlash maqsadida Napoleon I 1-xotini Jozefina bilan nikohni buzgan va 1810 yil Avstriya imperatori Frans I ning qizi Mariya Luizaga uylangan. Buyuk davlatlar Ittifoqiga qarshi olib borgan zafarli urushlari, Marengo (1800), Austerlis (1805), Iena (1806)dagi ajoyib g\u2019alabalari, imperiya hududini tez sur&#8217;atda kengayishi, Napoleon I ni amalda butun G&#8217;arbda (Angliyadan tashqari) va Markaziy Yevropada hukmdorga aylanishi uning shon-shuhratini yanada oshirgan. 1812 yilda Rossiyaga qarshi yurishidagi mag&#8217;lubiyatidan so&#8217;ng Napoleon I o&#8217;zini o&#8217;nglay olmadi, uning &#171;buyuk armiyasi&#187; tor-mor qilindi, Yevropada Napoleon I zulmiga qarshi xalq-ozodlik harakatlari ko&#8217;tarildi. Napoleon I ga qarshi ittifoqchilarning harbiy uyushmalari vujudga keldi. So&#8217;nggi urushlarda Napoleon I ning mag&#8217;lubiyatga uchrashi, ittifoqchi qo&#8217;shinlarning Parijga kirib kelishi (1814 yil 31 mart), uni taxtdan voz kechishga majbur qildi (1814 yil 31 mart). G&#8217;olib ittifoqchilar Napoleon I ning imperator unvonini saqlab qolib, Elba orolini uning ixtiyoriga berdilar. Napoleon I ning Frantsiyaga qaytadan kirib kelishi (1815 yil 1 mart) va &#171;yuz kun&#187; deb atalmish davrda (1815 yil 20 mart \u2014 22 iyun) uni 2-marotaba taxtni boshqarishi mamlakatda Napoleon I ni qo&#8217;llab-quvvatlaydigan ijtimoiy kuchlar hali ham mavjudligidan darak berardi. Ammo Vaterloo jangida u ittifoqchilar armiyasi tomonidan tor-mor qilindi va 1815 yil 22 iyunda batamom taxtdan voz kechdi. Muqaddas Yelena oroliga surgun qilingan Napoleon I 6 yildan so&#8217;ng inglizlar asirligida vafot etgan. 1840 yil uning xoki Parijga Nogironlar uyiga kuchirib keltirilgan. Napoleon.I harbiy qo&#8217;shinlarni kasbiy (professional) armiyaga aylantirdi. Yevropada eng ilg&#8217;or hisoblangan Fransuz qurolli kuchlarini yaratish, ularni harbiy san&#8217;atga o&#8217;rgatishga, strategiya va taktikani takomillashtirishga zamin yaratdi. U dushmanni tor-mor etishning asosiy yo&#8217;li unga qarshi qat&#8217;iy jang qilishdan iborat deb hisoblardi. Napoleon I strategik tashabbusning roli va ahamiyatiga alohida urg&#8217;u bergan. Napoleon I ning sarkardalik mahorati jahon harbiy san&#8217;atiga chuqur ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan. Ad.: Manfred A. Z., Napoleon Bonapart, M., 1971; Tarle E., Nashestvie Napoleona na Rossiyu. 1812 god, M., 1938; Tarle E. V., Napoleon, M., 1957; Levis- kiy N. A., Polkovodcheskoe iskusstvo Napoleona, M, 1938. Temur G&#8217;iyosov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Napoleon I, Napoleon Bonapart (1769.15.8, Ayachcho shahri, Korsika oroli \u2014 1821.5.5, Muqaddas Yelena oroli) \u2014 Fransuz davlat arbobi va sarkardasi, Frantsiya Respublikasining birinchi konsuli (1799-1804), Frantsiya imperatori (1804-14 va 1815). &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/napoleon-i\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":99837,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[221],"tags":[],"class_list":["post-114344","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-n-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114344","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=114344"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114344\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":114360,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/114344\/revisions\/114360"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/99837"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=114344"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=114344"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=114344"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}